12-Mavzu: Borland C++ Builderda multimedia va animatsiyalar. Reja




Download 21,48 Kb.
Sana18.05.2024
Hajmi21,48 Kb.
#242187
Bog'liq
portal.guldu.uz-Borland С Builderda multimedia va animatsiyalar.


12-Mavzu: Borland C++ Builderda multimedia va animatsiyalar.


Reja:

  1. Borland C++ Builderda AlphaLite komponentalar palitrasi.

  2. Borland C++ Builderda MediaPlayer komponentasidan foydalanish.

AlphaLite komponentalar palitrasi asosan dizaynni o`zgartirish uchun ishlatiladi. Bu palitra tarkibida ham Standart palitradagi TButton, TEdit … komponentalari mavjud faqat AlphaLite palitrasidagi komponentlarni rangi, shakli umuman dizaynini o`zgartirish mumkin. Dizaynlar skinlar yordamida tanlanadi. Skinslar ro`yxati Skins papkasida joylashgan. Papkani C diskka nusxalaymiz. Palitrani kompyuterga o`rnatish uchun komponentalar joylashgan D7 papkasini C:\Program Files\Borland\C++ Builder7\Lib papkasiga nusxalaymiz. C++ Builder dasturini ishga tushiramiz va File/Open amalini bajaramiz. Ochilgan muloqot oynasida D7 papkasida joylashgan acntD7_R.dpk faylini tanlaymiz va Открыть tugmasini bosamiz. Ochilgan dastur oynasidan Compile tugmasini bosamiz, faylni saqlab oynani yopamiz. Bundan keyin yana File/Open amalini bajaramiz. Ochilgan muloqot oynasida D7 papkasida joylashgan acntD7.dpk


faylini tanlaymiz va Открыть tugmasini bosamiz. Ochilgan dastur oynasidan Install tugmasini bosamiz so`ngra dasturdan chiqamiz.
C++ Builder dasturning Tools menyusining Environment Options… bandini tanlaymiz. Natijada Environment Options… darchasi ochiladi. Darchaning Library bandini ochamiz. Bo`limning Library path bandini ochib C:\Program Files\Borland\C++ Builder7\Lib\D7 papkasini kutubxonaga qo`shamiz. Natijada dasturning komponentalar palitrasining so`ngida AlphaLite palitrasi qo`shiladi. Palitraning joylashgan o`rnini sichqoncha yordamida o`zgartirish mumkin. Buning uchun AlphaLite yozuvi ustida sichqoncha chap tugmasini bosgan holda kerakli joyga joylashtiramiz.

AlphaLite komponentalar palitrasida quyidagi komponentalar joylashgan: sSkinManager


sSkinProvider sEdit sCheckBox sPanel sButton sBitBtn sScrollBar sLabel sWebLabel sLabelFX sComboBox sListBox
sCheckListBox sGauge sAlphaImageList

Ushbu komponentalar ham odatiy komponentalar kabi ishlatiladi. Biroq komponentalarning nomi “s” harfi bilan boshlangan. Bu skin so`zidan kelib chiqqan.


Komponentalarga murojaat qilish ham ushbu nomlar orqali amalga oshiriladi. Masalan sEdit1-
>text, sLabel2->caption yoki sComboBox1 … .
Endi ushbu komponentalardan foylanishni ko`rib chiqamiz. Buning uchun C++ Builder dasturini ishga tushiramiz. Forma oynasiga AlphaLite komponentalar palitrasidan sSkinManager, sEdit, sLabel va boshqa komponentalarni joylashtiramiz. Komponentalar odatdagidek ko`rinishda bo`ladi. Ularning ko`rinishini o`zgartirish uchun sSkinManager komponentasini sichqoncha bilan belgilaymiz. Object Inspector oynasining Skin Name bo`limi ro`yxatidan kerakli skin nomini tanlaymiz. Natijada formadagi komponentalar tanlangan skinga mos holda ko`rinishini o`zgartiradi. Masalan,
LikeOperaStyle skini Retro skini
SoapSky – Lime skini
Borland C++ Builderda multimediali ilova yaratish (mp3 player misolida)
Endi esa C++ Builder muhitida audio player dasturini yaratishni ko`rib chiqamiz.
Buning uchun C++ Builder dasturini ishga tushiramiz. Forma oynasiga Win3->1 komponentalar palitrasidan DirectoryListBox1, FileListBox1, DriveComboBox1, FilterComboBox1 komponentalarni joylashtiramiz. System komponentalar palitrasidan Timer1 va MediaPlayer1 komponentasini joylashtiramiz. AlphaLite komponentalar palitrasidan sSkinManager1, sPanel1,
sComboBox1, sLabel1, sGauge1, sScrollBar1, sBitBtn1, sLabel2 komponentalarini joylashtiramiz. Formaning ko`rinishi quyidagicha:

Forma oynasini tayyorlab oldik. Keyingi bosqich dastur kodlarini kiritib chiqish. Buning uchun DriveComboBox1 komponentasini belgilab Object Inspector oynasining DirList bo`limiga DirectoryListBox1 ni kiritamiz. DirectoryListBox1 ni belgilab Object Inspectorning FileList bo`limiga FileListBox1 ni kiritamiz. FilterComboBox1ni belgilab Object Inspectorning FileList bo`limiga FileListBox1 ni Filter bo`limiga Audio- *.mp3; *.wav ni kiritamiz. sScrollBar1 ni belgilab Object Inspectorning Position bo`limiga 0 (nol), SkinManager bo`limiga sSkinManager1 ni kiritamiz. sGuage1 ni belgilab Object Inspectorning Position bo`limiga 0 (nol) kiritamiz. MediaPlayer1 ni belgilab Object Inspectorning VisibleButtons bo`limining btPlay, btPause, btStop bandlariga true, qolgand bandlariga falseni moslaymiz. sComboBox1 ni belgilab Object Inspectorning Items bo`limini tanlaymiz. Hosil bo`lgan Items oynasiga bir nechta skinlar nomini kiritamiz va OK tugmasini bosamiz.


Forma oynasining dastur oynasiga o`tamiz va quyidagi buyruqlarni kiritamiz:
{
sSkinManager1->SkinDirectory= 'c:\Skins\'; sSkinManager1->SkinName = sComboBox1->Text; sSkinManager1->Active = true;
mediaplayer1->FileName=ExtractFilePath(Application.ExeName)+'musiqa.mp3'; mediaplayer1->AutoOpen=true;
mediaplayer1->DeviceType=dtAutoSelect; mediaplayer1->Open;
mediaplayer1->Play;
sScrollBar1->Max=Mediaplayer1->Length; sScrollBar1->Position=0;
sgauge1->MaxValue=Mediaplayer1->Length; sgauge1->Progress=0;
}

sComboBox1 komponentasining dastur oynasiga o`tamiz va quyidagi buyruqlarni kiritamiz:


{
sSkinManager1->SkinDirectory= 'c:\Skins\'; sSkinManager1->SkinName = sComboBox1->Text; sSkinManager1->Active = true;
}

FileListBox1 komponentasining Events – DblClick hususiyatiga quyidagi buyruqlarni kiritamiz:


{
MediaPlayer1->FileName =fileListBox1->Items.Strings[fileListBox1->ItemIndex]; MediaPlayer1->Visible = true;
MediaPlayer1->DeviceType = dtAutoSelect; MediaPlayer1->Open;
MediaPlayer1->Play;
sScrollBar1->Max=Mediaplayer1->Length; sScrollBar1->Position=0;
}

Timer1 komponentasining dastur oynasiga quyidagi buyruqlarni kiritamiz:


{
sScrollBar1->Position=Mediaplayer1->Position; sgauge1->Progress=mediaplayer1->Position;
}

sScrollBar1 komponentasining Event – OnScroll hususiyatida quyidagi buyruqlarni kiritamiz:


{
Mediaplayer1->Position= sScrollBar1->Position; Mediaplayer1->Play;
}

sBitBtn1 komponentasining dastur oynasiga quyidagi buyruqlarni kiritamiz:


{
form1->Close;
}

Buyruqlarni kiritib bo`ldik. Dasturni ishga tushirishdan oldin loyiha saqlangan papka ichiga musiqa.mp3 faylini joylashtiramiz. Buning sababi dastur ishga tushganda birinchi bo`lib musiqa.mp3 fayli ijro etiladi. Keyinchalik DirectoryListBox1 dan kerakli papkaga o`tamiz va FileListBox1 ro`yxatidan ijro etilishi kerak bo`lgan faylni sichqoncha yordamida ikki marta chertamiz. Natijada tanlangan fayl ijro etiladi.


Loyihani saqlaymiz va F9 tugmasi orqali dasturni ishga tushiramiz.







Download 21,48 Kb.




Download 21,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-Mavzu: Borland C++ Builderda multimedia va animatsiyalar. Reja

Download 21,48 Kb.