• Ushbu holat, foydalanishga qulay vositaga ehtiyojni vujudga keltirdi. Endi foydalanuvchilar oldida v
  • 12-seminar. WordPress cms dasturi bilan ishlash. Reja: WordPress nima?




    Download 416.26 Kb.
    bet1/5
    Sana19.04.2022
    Hajmi416.26 Kb.
    #19950
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    12-семинар WordPress CMS dasturi
    otkir-ichak-tutilishi, Raqamli va dastiriy boshqarish-fayllar.org, Exercises Tests Beginner 1, KURS ISHI JABBOROV SHUXRATBEK, Shtangali chuqurlik nasoslari, 1-мавзу, vgJELOaKH6mBBV9TFyRGRDLgjSNn4ccgz0kNsK5g, IBA KO\'RGAZMA, Hisob(Calculac) Silabusi, Moliya UMK, 5. Ta’lim mazmuni Reja, kurs ishi, Algebraik sistemalar. Yarim gruppa, gruppa, halqa va maydon tush-fayllar.org, 5-AMALIY MASHG‘ULOT

    12-seminar. WordPress CMS dasturi bilan ishlash.


    Reja:

      1. WordPress nima?

      2. CMS mazmuni, mohiyati.



    WordPress - bu kirish, ishlash, xavfsizlik va ulardan foydalanish qulayligiga e'tiborni qaratgan holda ishlab chiqilgan dasturiy ta'minot bo'lib, u bugungi kunda eng ommabop CMSga aylandi. Minimal konfiguratsiya bilan osonlikcha ishlaydigan ajoyib veb-sayt ma'murlari va har qanday Blogger yoki Raqamli content yaratuvchisi o'z ishlarini boshqarishga va o'zlarining nashrlarini, mahsulotlarini yoki xizmatlarini baham ko'rishga osonlikcha erishadilar.
    CMS (inglizcha kontent(tarkib)ni boshqarish tizimi). WordPress nafaqat asosiy mahsulot, balki sodda va betakror ko’rinishda boshqarish imkoniyati. Shuningdek kuchli funksiyalar va qo'shimcha plaginlarni taqdim etadi. Dastur sifatida yaratilgan veb-saytlarning o'sishi, rivojlanishi va muvaffaqiyatiga yordam beradi.
    CMS nima ekanligini batafsil tushuntirishdan oldin, shuni anglash lozimki, yuqori standartlar asosida veb-sayt yaratish juda murakkab va mashaqqatli vazifadir.
    Statik veb saytlarni yaratish uchun dasturchilardan turli xil texnologiyalarni yaxshi darajada bilishni va/yoki o'zlashtirishni talab qilar edi. Ya’ni HTML, JavaScript va CSS kabi dasturlarda ishlash ko’nikmasi talab qilinar edi. Ushbu holat, foydalanishga qulay vositaga ehtiyojni vujudga keltirdi. Endi foydalanuvchilar oldida veb-saytlarni mutaxassis kadrlar yordamisiz, ilg'or texnik resurslarsiz yoki boshqa tashqi vositalarsiz yaratish, hamda ularni boshqarish vazifasi turibdi. Shunday qilib, ushbu ehtiyojni qondirish uchun "Kontentni boshqarish tizimlari" yoki CMS yaratila boshlandi.

    Statik va dinamik veb-sahifalar
    Endi savol tug'ilishi mumkin: oddiy HTML kodida yozilgan sahifa bilan CMS nimasi bilan farq qiladi? Avvalombor, HTML da yozilgan sayt statik holda bo'lsa, zamonaviy saytlar dinamik ko'rinishga ega.
    Oddiy sayt qanday prinsip asosida ishlashini ko'rib chiqamiz. Foydalanuvchi biror-bir, masalan, page.html sahifasiga murojaat qildi deylik. Veb-server o'zidagi veb-sahifalar katalogini ko'rib chiqadi va agar page.html bo'lsa, foydalanuvchiga uni ko'rsatadi, aks holda esa – 404-chi xabarni ("Fayl topilmadi") yetkazadi.
    Dinamik sayt esa biroz boshqacha ishlaydi. Foydalanuvchi biror sahifaga murojaat qiladi, biroq bu murojaat diskdagi aniq bir faylga emas, balki sayt dvijokiga (agar dvijok PHP tilida yozilgan bo'lsa, odatda bu fayl index.php bo'ladi) qaratilgan bo'ladi. Dvijok foydalanuvchiga kerakli ma'lumotni biror manbadan (masalan, ma'lumotlar bazasi yoki diskdagi fayldan) oladi, uni HTML-sahifaga aylantiradi va veb-serverga uzatadi, u esa o'z navbatida, foydalanuvchi brauzeriga jo'natadi.
    Unda yana bir savol tug'iladi: agar bitta faylnigina so'rab, uni brauzerga uzatish mumkin bo'lsa, buncha murakkablashtirishning o'zi nimaga kerak? Shuning uchunki, bu saytni boshqarish qulay bo'lsin. Aytaylik, siz 100 sahifalik (bu unchalik ko'p emas) oddiy sayt yaratdingiz. Ertami-kech siz bu sayt dizaynini, ko'rinishini o'zgartirmoqchi bo'lasiz. U holda esa siz shu 100 sahifani qo'lda o'zgartirib chiqishingizga to'g'ri keladi. Ustiga-ustak, siz avvaliga bu 100 sahifani kompyuteringizdagi lokal serverga yuklab olishingiz, undan so'ng tahrirlab, kerakli o'zgartirishlarni kiritishingiz va oxirida yana serverga yuklashingiz kerak bo'ladi.

    Ana endi dinamik sayt qanday ishlashini ko'rib chiqaylik. Asosiy voqea – "HTML-sahifani yaratish". Ya'ni dvijok kontentni – matnli ma'lumotni (u rasm va jadvallar bilan ham bo'lishi mumkin) oladi va uni dizaynga "kiyintiradi". Demak, saytning dizaynini o'zgartirish uchun siz faqatgina tayyor grafik mavzuni o'rnatishingiz yoki bir-ikkita faylni – sayt shabloni fayllarini o'zgartirishingiz kerak.
    CMS tizimi sahifalarni dinamik ko'rinishga keltiradi: ular foydalanuvchi sahifani ko'rmoqchi bo'lgandagina amalda yaratiladi. Bu degani, sahifalar foydalanuvchi tomonidan bevosita ko'rilayotganda yangilanishi yoki o'zgartirilishi mumkin.


    Download 416.26 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 416.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-seminar. WordPress cms dasturi bilan ishlash. Reja: WordPress nima?

    Download 416.26 Kb.