• II. To`liq tekshiruv.
  • Dinamik sinov.
  • YKTTMM larini texnik ko`rikdan o`tkazish




    Download 342 Kb.
    bet2/5
    Sana03.04.2021
    Hajmi342 Kb.
    #14040
    1   2   3   4   5
    YKTTMM larini texnik ko`rikdan o`tkazish.


    I-Qismiy tekshiruv.

    Bu tekshiruv mashinaning xar bir uzel, detal va elementlarini ko`rikdan o`tkazishdan iborat. Ko`rikda quyidagi ishlar bajariladi.

    1. Yorilishlar bor-yo`qligi tekshiriladi. Yoriqlar bo`lsa u detal almashtrilishi lozim.

    2.Yeyilish tekshiriladi.Ilmoqli yuk osish joyini vertical kesish 10% kam bo`lsa elektronaplavka (elektr yordamida metal eritilib yeyilgan joy to`lg`aziladi)

    3. Aylanadigan mexanizm va elementlarning yengil aylanishini tekshiriladi.

    4. Stopr qurilmalari tekshiriladi.Masalan ilmoqning gaykasini bo`shab ketishga qo`yilgan stopr planka yoki traversasini tayanchdan chiqib ketishiga qo`yilgan stopi.r

    5. Arqonni xolati tekshiriladi. Yeyilganlik darajasi barabanga maxkamlangan joyining xolati, simlarning titilmaganligi.

    6. Xavfsizlik mexanizimi va turbalarining xolati ularning normal ishlayotganligi.

    7. Zazemleniya va nolavaya zashita bor-yo`qligi

    8. Aylanuvchi uzellarda yopiqlar to`siqlar bor yo`qligi

    9. Ko`rik mehanizmlarini va elementlarini o`z joyida mashinadan ajratib olmagan xolatda o`tkaziladi.

    II. To`liq tekshiruv.

    Bu tekshiruvda YKT mashina va mexanizmlari ko`rikdan statik va dinamik sinovlardan o`tkaziladi. Ko`rikni qisman tekshiruvdagi ka`bi o`tkaziladi va undan keyin statik va dinamik sinovlarga tortiladi.



    1. Statik sinov

    Statik sinovda mashina va uning elementlarining mustahkamligi tekshiriladi. Strelali kranlarda strelani normal tekis xolatda turishi xam tekshiriladi.

    Bu sinovda sinash yuki og`irligi nominal yuk og`irligi 1,25 barovar bo`lishi kerak.Ko`prikli kranlar ko`prigi maksimal egilish bo`ladigan xolatda (yuk ko`prikining ortasida, konsil kranlarda yuk maksimal qulochda)

    Strelali kranlar minimal barqaror xolatida bo`lishi kerak.

    Ko`prikli kran quyidagi sxema bo`yicha sinovdan o`tkaziladi.

    Yuk poldan 200…300 mm balandlikka ko`tariladi shu xolatda 10 minut ushlab turiladi. Shu vaqt ichida yuk o`zidan o`zi tushib ketmasligi kerak. Kran ko`prigiga ingichka sim arqoni otves xolatida va yukni ko`tarishdan oldin ilmoqning xolatini sxemadagi singari belgilab oladi. 10 minutdan keyin yuk tushiriladi va kranning xolati tekshiriladi.

    1. Qoldiq deformatsiya bor yo`qligi otves yordamida tekshiriladi.

    2. Barqarorligini yo`qolmadimi yo`qmi (strelali kranlarda).

    3. Ilmoqlar arqonlar bloklarning xolati tekshiriladi.

    Yuk 10 minut davomida normal xolatda ko`targan bo`lsa, qoldiq deformatsiya bo`lmasa barqarorligi yo`qolmagan bo`lsa va boshqa organlar xam normal xolatini saqlagan bo`lsa (eshilishlar, arqonda sim uzilishlar va boshqalar yo`q bo`lsa) kran static sinovdan o`tgan bo`ladi va dinamik sinovga o`tkaziladi.

    Dinamik sinov.

    Bu sinovda mashinaning mexanizmlarini shu jumladan tormozni ish jarayonlari xarakatlari tekshiriladi.Bu sinovda yuk og`irligi nominal yuk og`irligidan 1,1 barovar ko`p bo`ladi. Strelali kranlarda quloch maksimal olinadi. Ko`prikli kranda yuk ko`prikning o`rtasida bo`ladi.

    Quyidagi ishlar bajariladi:

    1. Yuk nominal tezlikda bir necha marta ko`tarilib tushiriladi.

    2. Yukli strelani bir necha marta ko`tarib tushiriladi yani qulochni o`zgartriladi.

    3. Yukli teleshkani ko`prik yoki strela bo`ylab bir necha marta u tomonda bu tomonga yurgiziladi

    4. Yukli kranni bir necha marta bu tomon u tomonga aylantriladi.

    5. Yuruvchi kranlarni (ko`prikli, chorpoyali va boshqalar) u tomon bu tomonga yurgiziladi.

    6. Yurishlarni chegaralovchi oxirgi to`k o`chirgichlar ishini tekshiriladi bir necha marta.

    9. Tormoz ishi tekshiriladi.

    10. Yuk ko`taruvchanlikni chegaralovchi – to`k o`chirgich tekshiriladi.

    Yuqoridagi tekshiruvlarda mashina normalniy ishlasa mashina sinovdan o`tgan xisoblanadi va uni ishlatishga ruxsat beriladi. Sinov natijalari maxsus jurnalga yozib boriladi. Ko`tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo`lgan kranlar GOSGORTEXNOZOR nazoratida bo`ladi. Odam tashiyotgan liftlarning hammasi ularning nazoratida bo`ladi.






    1. Download 342 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 342 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YKTTMM larini texnik ko`rikdan o`tkazish

    Download 342 Kb.