• 1. Asosiy tushunchalar
  • 2. O’zgarmas hajmda issiqlik keltirilishi bilan boradigan sikl
  • 13 ma’ruza. Ichki yonuv dvigatellari sikllari




    Download 96.4 Kb.
    bet1/5
    Sana03.02.2021
    Hajmi96.4 Kb.
      1   2   3   4   5

    13 - MA’RUZA. ICHKI YONUV DVIGATELLARI SIKLLARI
    REJA:

    1. Asosiy tushunchalar.

    2. O’zgarmas hajmda issiqlik keltirilishi bilan boradigan sikl.

    3. O’zgarmas bosimda issiqlik keltirilishi bilan boradigan sikl.

    4. Aralash yonuv sikli.

    1. Asosiy tushunchalar


    Ichki yonuv dvigatellari shunday issiqlik mashinasiki, unda ishchi jismga issiqlik keltirilishi dvigatelning o’zining ichida yoqilg’i yoqish hisobiga amalga oshiriladi.

    O’tgan asrning 70-80 yillarigacha mexanik ish olishning asosiy manbasi bug’ mashinalari edi. Ularda bug’ past bosim va past tem­peraturada foydalanilar edi. Yoqilg’ini yonishidan hosil bo’ladigan yuqori temperaturali gazlar ishchi jism bo’lgan past bosimli bug’ olish uchun avval bug’ qozonlariga yuboriladi. Yoqilg’ini issiqligidan bunday foydalanish bug’-kuch qurilmalari f.i.k.ni kichik bo’lishiga olib keladi.

    Olim va ixtirochilarning izlanishlari natijasida, yoqilg’ining yonishidan hosil bo’ladigan gazlar bevosita mashina porsheniga ta’sir etadigan yangi tipdagi dvigatel yaratildi.

    Bunday ichki yonuv dvigateli yaratish mumkinligi g’oyasini bi­rinchi bo’lib 1824 yilda Sadi Karno e’tirof etgan.

    1860 yilda frantsuz mexanigi Lenuar ishchi jismni oldindan siqmasdan, yoritilgan gazda ishlaydigan ichki yonuv dvigateli yaratdi.

    1862 yil frantsuz injeneri Bo-de-Rosha Karno g’oyasiga mos ke­ladigan dvigatel yaratadi.

    1877 yilda nemis injeneri Otto Bo-de-Rosha taklif qilgan printsipda benzin bilan ishlaydigan dvigatel yaratdi.

    1897 yilda nemis injeneri Dizel kerosinda,yuqori bosimda kompressordan tsilindrga havo purkalib yuqori siqishda ishlaydigan dvigatel yaratdi.

    1904 yilda rus injeneri Trinkler tomonidan yoqilg’i oldin o’zgarmas hajmda, so’ngra o’zgarmas bosimda yonadigan kompressorsiz dvigatel yaratildi. Yoqilg’i aralash yonadigan bu tipdagi dvigatel hozirgi paytda barcha mamlakatlarda keng qo’llanilyapti.

    Barcha takomillashgan ichki yonuv dvigatellari 3-guruxga bo’linadi:

    1-o’zgarmas hajmda yoqilg’ini tezda yonishi bilan boradigan;

    2-o’zgarmas bosimda yoqilg’ini asta sekin-yonishi bilan boradigan;

    3-bir qismi o’zgarmas hajmda,bir qismi o’zgarmas bosimda yoqilg’ini aralash yonishi bilan boradigan.

    Ideal termodinamik ichki yonuv dvigatellari sikllarini tahlil qilishda keltirilgan va olingan issiqlik miqdori, siklning xarakterli nuqtalarida ishchi jismning asosiy termodinamik para­metrlari,siklning termik f.i.k. asosiy xarakteristika (para­metr)lar yordamida aniqlanadi.

    Barcha ichki yonuv dvigatellari sikllari uchun quyidagi o’lcham­siz asosiy xarakteristikalar yoki parametrlar o’rinlidir:

    Siqilish darajasi ishchi jism boshlang’ich solishtirma hajmini siqilish so’ngidagi solishtirma hajmiga nisbati; bosim ortishi darajasi o’zgarmas hajmda issiqlik berish protsessi oxiri va boshidagi bosimlar nisbati; oldindan kengayish darajasi izobarik issiqlik berish protsessi oxiri va boshidagi solishtirma hajmlar nisbati.

    Porshenli ichki yonuv dvigatellari sikllarining uchta asosiy turi mavjud: Otto sikli ( V=const da yonish); Dizel sikli (p=const da yonish); Trinkler sikli (V=const va so’ngra p=const da yonish).

    2. O’zgarmas hajmda issiqlik keltirilishi bilan boradigan sikl
    Real porshenli dvigatelni ishlashini sikl davomida porshenni holatiga qarab tsilindrda bosimni o’zgarishini ko’rsatadigan diag­rammada tekshirish qulayroq. Indikator nomli asbob yordamida oli­nadigan bunday diagrammani indikator diagrammasi deyiladi.

    P


    3
    2

    4

    0 5



    1




    Download 96.4 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 96.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13 ma’ruza. Ichki yonuv dvigatellari sikllari

    Download 96.4 Kb.