15-Ma’ruza: Kuchlanishi 1000 V dan yuqori generatorlarning stator chulg’amida erga tutashuvdan himoya




Download 118.5 Kb.
Sana15.01.2024
Hajmi118.5 Kb.
#138010
Bog'liq
15-Ma\'ruza
Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2-TOM NAMMTI YSMKT, 2.2 reja, 2.2 docx

15-Ma’ruza: . Kuchlanishi 1000 V dan yuqori generatorlarning stator chulg’amida erga tutashuvdan himoya


Kuchlanish 1000 v dan yuqori, quvvati 1 mVt gacha bo‘lgan generatorlar uchun ko‘p fazali qisqa tutashuvlardan, generatorning yig’ma shinalar tomonga chiqishlariga tok otsechkasi o‘rnatiladi. Tok otsechkasining sezgirligi 2 dan kichik bo‘lsa bo‘ylama differensial himoya qo‘llaniladi. Quvvati kichik yakka ishlaydigan generatorlar uchun neytral tomonga o‘rnatiladigan MTH dan foydalanishga ruhsat beriladi. Agar generator fazalarining neytral tomonda chiqishlari bo‘lmasa, ko‘p fazali qisqa tutashuvlarda minimal kuchlanish himoyasidan foydalanish mumkin.
Quvvati 1 mVt dan katta generatorlar uchun ko‘p fazali qisqa tutashuvlardan asosiy himoya bo‘lib bo‘ylama differensial himoya hisoblanadi, uning sxemasi 28 - rasmda keltirilgan. Himoya RT- 40 turdagi relelar (KA1 va KA2) yordamida bajarilgan. Hobalans toklarini kamaytirish uchun ular 5...10 Om ga teng bo‘lgan KR1 va KR2 qarshiliklar orqali ulanadi.

28-rasm. Generator bo‘ylama differensial himoyasining sxemasi

Bevosita shinalarga ishlaydigan generatorlarda erga tutashuvdan himoya sifatida nol ketma - ketlik tok himoyasi qo‘llaniladi. Himoya generatorning shinalar tomonga chiqishlariga o‘rnatilgan nol ketma - ketlik tok transformatoriga ulanadi. Statorda erga tutashuv hosil bo‘lganda tarmoqdan erga tutashuv nuqtasi tomonga yo‘nalgan nol ketma - ketlik toklari 3Ioek hosil bo‘ladi. U tok generator kuchlanishi zanjirdagi hamma shikastlanmagan elementlarning umumiy sig’imi bilan belgilanadi. Tashqi erga tutashuvlarda generatordan tarmoq yo‘nalishda generatorning sig’imi bilan belgilanuvchi 3Iog nol ketma - ketlik toki hosil bo‘ladi. Ushbu tok odatda umumiy nol ketma-ketlik tokidan kichik bo‘ladi


3Ioek > 3Iog.
Demak himoyani generatorning xususiy sig’im tokidan chetlashtirib, tanlash xususiyatiga va etarli sezgirlikka ega bo‘lgan erga tutashuvdan himoyani bajarish mumkin.
Generator stator cho‘lg’amiga o‘rnatiladigan erga tutashuvdan himoyaning sxemasi 29-rasmda ko‘rsatilgan. Himoya qo‘shimcha magnitlashga ega bo‘lgan TAZT nol ketma- ketlik tok transformatoriga ulangan. Qo‘shimcha magnitlash ishchi zonani magnit o‘zak magnitlanish xarakteristikasining boshlang’ich chiziqli bo‘lmagan qismidan chiziqli qismiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.



29-rasm. Generatorning erga tutashuvdan himoyasi

Tashqi ko‘p fazali qisqa tutashuv vaqtida himoyada katta nobalans toklari hosil bo‘ladi. Bu toklardan chetlashtirish himoyaning sezgirligini yo‘l qo‘yib bo‘lmas darajada kamaytirmasligi uchun KL1 rele yordamida blakirovka qilinadi. Lekin bu holda himoya ikki nuqtada erga tutashuv bo‘lganda ishlamasligi mumkin. SHuning uchun qo‘shimcha biri generatordan tashqarida bo‘lgan ikki nuqtada erga tutashuvda ham ishlaydigan himoya ishlatiladi. Odatda bunday himoya generatorning erga tutashuvdan himoyasi bilan birlashtiriladi. Natijada har xil sezgirlikka ega bo‘lgan ikkita tok relesi (KA1 va KA2) bitta nol ketma-ketlik tok transformatoriga ulangan himoya hosil bo‘ladi, yaoni himoya sezgir va sezgir bo‘lmagan komplektlardan iborat bo‘ladi.


Erga tutashuvdan himoya sezgir komplektining (KA1, KT va KN2 relelar) ishga tushish toki quyidagicha aniqlanadi
Ihi1=(k1Ih,s+k2Inb)/kq ,
bu erda k1=2…3 va k2=1,3…1,5 – sig’im tokining sakrashini va nobalans toklarini hisoblash xatoliklarini hisobga oluvchi koeffitsientlar, Ih,s-generatorning xususiy sig’im toki (generatorlarning pasport maolumotlarida beriladi, masalan TGV-300 turdagi generator uchun Ih,s=4,56A), Inb - TNP turdagi nol ketma-ketlik tok transformatorining birlamchi tamoniga keltirilgan nobalans toki (kabel turdagi TNPdan foydalanilganda Inb≈1A olinadi), kq=0,8-tok relesining qaytish koeffitsienti.
Himoyaning sezgir bo‘lmagan komplekti (KA2 rele) biri generatorda ikkinchisi esa generatordan tashqarida bo‘lgan ikki nuqtada erga tutashuv sodir bo‘lganda tezlik bilan (hayallash vaqtisiz) generatorni uzishga ishlaydi. Uning ishga tushish toki odatda Ihi2= 100200A olinadi.
Nazorat savollari
Stator cho‘lg’amining shikastlanish turlari.
Rotor cho‘lg’amining shikastlanish turlari.
Sinxron generatorlarning normal bo‘lmagan rejimlari.
Kuchlanishi 1000 Vgacha va 1000 V dan yuqori generatorlarda qanday himoyalar qo‘llaniladi?
Stator cho‘lg’amini erga tutashuvdan himoya qanday bajariladi?
Quvvatli 150 kVt undan kichik generatorlarning qisqa tutashuvlardan himoyasi qanday bajariladi?
Quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan generatorlarning himoyasi.
Quvvati 1 MVt dan katta generatorlarning himoyasi.
Generatorning erga tutashuvda himoyasi nima uchun uning xususiy erga tutashuv tokidan chetlashtiriladi?
Stator cho‘lg’amining erga tutashuvdan himoyasi tashqi ko‘p fazali qisqa tutashuvlar vaqtida qanday ishlaydi?
Download 118.5 Kb.




Download 118.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



15-Ma’ruza: Kuchlanishi 1000 V dan yuqori generatorlarning stator chulg’amida erga tutashuvdan himoya

Download 118.5 Kb.