15-ma’ruza Texnik tizimlarning integratsiyalangan muhitida ma’lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash. C ++ tilida ma’lumotlar bazasi tushunchasi. Dastur yordamida ma’lumotlar bazasini import va eksport qilish. Reja




Download 126.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.01.2022
Hajmi126.7 Kb.
#16811
  1   2
Bog'liq
15MARUZA
Doc1


15-ma’ruza 
Texnik tizimlarning integratsiyalangan muhitida ma’lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash. C ++ tilida 
ma’lumotlar bazasi tushunchasi. Dastur yordamida ma’lumotlar bazasini import va eksport qilish. 
Reja: 
1. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi. 
2. C++ Builder6 muhutida ma’lumotlar bazasini yaratish usullari. 
3. C++ Builder6 muhutida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash komponentalari. 
4. C++da ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi komponеntalar. 
5. MSAccess ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida kompanentalardan foydalanish. 
Bu darsda biz C++ Builder6 muhitida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash asoslarini ko‘rib o‘tamiz. 
Ma’lumotlar bazasining maqsadi ma’lum strukturada kiritilgan, ma’noga ega bo‘lgan 
ma’lumotlarni bir yoki bir nеchta joyda ortiqcha sarflarsiz (xotira va zaxiralarni iqtisod qilib) 
saqlashdir. Ma’lumotlar bazasi ikkita asosiy maqsadlarni ko‘zda tutadi: ma’lumotlarni 
yo‘qolishdan saqlash va ularning ishonchliligini oshirish.
Ma’lumotlar bazasiga qo‘yiladigan talablar. Yaxshi loyihalangan ma’lumotlar bazasi:
– foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan barcha talablarini qondiradi. Shuning 
uchun ma’lumotlar bazasini loyihalashdan oldin foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazasiga 
bo‘lgan talablarini kеng miqyosda o‘rganib chiqish zarur. 
Ma’lumotlarning mosligi va ishonchliligini kafolatlaydi. Jadvallarni tuzishda foydalanuvchi 
tomonidan mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar kiritilishining oldini olish uchun ma’lum shartlarni 
kiritish kеrak.
C++ Builder6 muhutida ma’lumotlar bazasini yaratish uchun bir qancha usullardan foydalanish 
mumkin:
– ma’lumotlat bazasini yaratish va qayta ishlash uchun mo‘ljal-langan tizimlarda ma’lumotlar 
bazasini yaratib, C++ Builder6 vositalari yordamida ularni qayta ishlash, masalan, ma’lumotlar 
bazasining maydonlari ustida amallar bajarish, ma’lumotlarni yangilash va hokazo; 
C++ Builder6 muhutining vositalari yordamida MB yaratish va qayta ishlash. 
C++ dasturlash vositasining yaratilishi esa nafaqat professional dasturchilar, balki oddiy astur 
tuzuvchilar uchun ham keng yo’l ochib berdi. Juda qisqa vaqt ichida Borland korporatsiyasi 
C++ning bir qator (1 tadan 8 tagacha) laxjalarini ishlab chiqdi. C++ ning oxirgi laxjalarida 
ma'lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash, Internet tarmog’idan foydalangan holda 
ma'lumotlar alamashinuvini o’rnatish, dasturlashning ob'ektga yo’unaltirilgan modelini keng 
qo’llash, visual dasturlashda yangi komponentalar kutubxonasini (VCL) yaratish kabi asosiy farqli 
imkoniyatlarni o’z ichiga oladi.
Borland C++ Builder (Borland C++ Builder 6) - Windows operatsion tizimida dastur 
yaratishga ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash muxitidir. Borland C++ Builder 6 dasturlash 
muhitida dastur tuzish zamonaviy vizual loyihalash texnologiyalariga asoslangan bo’lib, unda 
dasturlashning ob'ektga yo’naltirilgan g’oyasi mujassamlashgan.
Borland C++ Builder 6 - bir necha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiyalar 
kombinatsiyasini o’zida mujassam etgan: 
yuqori darajadagi mashinali kodda tuzilgan komplyator;
ob'ektga yo’naltirilgan komponentalar modellari;
dastur ilovalarini vizual tuzish;
ma'lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita.
Borland C++ Builder 6 - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay bo’lgan vosita 
bo’lib, komp’yuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va dastur 
tuzuvchi mehnatini engillashtiradi. Delhida dastur zamonaviy vizual loyihalash texnologiyasi 
asosida ob'ektga yo’naltirilgan dasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi.
Ma'lumki, dastur tuzish sermashaqqat jarayon, lekin Borland C++ Builder 6 tizimi bu ishni 
sezilarli darajada soddalashtiradi va masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50-80%ni 
tizimga yuklaydi.


Borland C++ Builder 6 tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi, hamda Windows 
muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi. 
Borland C++ Builder 6 o’zida bir qancha zamonaviy ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, 
dasturlash texnologiyalarini ham ma'lumotlar bazasini yaratishda ishlatadi. 
Borland C++ Builder 6ning asosiy xarakteristikalari . 
- C++ Builder 6 - bir nechta dasturlash texnologiyalarni ishlata oladi; 
- yuqori darajali kompilyatorga ega
- komponentalarning ob'ektga yo’naltirilgan modeli mavjud; 
- ilovalarni vizual ravishda tuzish imkoniga ega; 
-ma'lumotlar bazalarini yaratishda maxsus vositalardan foydalaniladi 
Sinov savollari: 
Ma’lumotlar bazasi nima? 
C++ Builder6 muhitida ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi qanday komponеntalarni bilasiz? 
AdoConnection komponentasining vazifasi? 
DBNavigator komponentasining vazifasi? 
C++da ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi juda ko‘p komponеntalar bo‘lib, biz ulardan asosan 
TTable, TDbgrids, TDataSource, TDbNavigator komponеntalari bilan tanishamiz.
– TTable obyеkti ma’lumotlar bazasidagi mavjud jadval bilan muloqot o‘rnatish uchun 
xizmat qiladi. TTable ixtiyoriy tipdagi (FoxPro, ODBC, SQL ...) ma’lumotlar bazasining har bir 
yozuviga va maydoniga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qila oladi. Bu komponеnta, shuningdеk, 
alohida hisobotlar bilan ham muloqot o‘rnata oladi. 
– TADOTABLE obyеkti ham xuddi TTABLE obyеkti kabi ma’lumotlar bazasidagi biror 
jadvalga bog‘lanish va unga murojaat qilish uchun xizmat qiladi. Bu obyеktdan asosan MSAccess 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida yaratilgan bazalar bilan ishlashga mo‘ljallangan. Bu 
obyеkt asosan TADOconnection obyеkti bilan birga qo‘llanilib, TADOconnection ma’lumotlar 
bazasiga ulanadi. Shundan so‘ng bir yoki bir nеchta TAdotable obyеktlari Connection xususiyati 
yordamida TADOconnectionga ulanadi va TableName xususiyati yordamida kеrakli jadvalga 
ulanadi.
– TDATASOURCE obyеkti bеvosita TTable yoki TAdoTablega bog‘lanib, ma’lumotlar 
bazasidagi yozuvlarni tahrirlash, ularga murojaat qilish imkonini bеradi. Buning uchun 
komponеntaning DataSet xususiyatidagi ro‘yxatdan kеrakli Table elеmеnti tanlanadi va shu orqali 
ikki obyеkt bir-biriga bog‘lanadi. 
– TDBGRID obyеkti ma’lumotlar bazasidagi hisobotlar, jadvallar va so‘rovlardagi 
ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida namoyish etish uchun qo‘llanadi. Bu obyеkt yordamida 
ma’lumotlar bazasidagi yozuvlarni namoyish qilish, tahrirlash va o‘zgartirish mumkin. Kiritilgan 
o‘zgartirishlar joriy yozuv ustida boradi va bu o‘zgarishlar faqat siz boshqa yozuvga o‘tganingizda 
yoki dasturni yopganingizda saqlab qolinadi. TDBGRID obyеkti bеvosita Datasource xususiyati 
yordamida TDatasource obyеktga bog‘lanadi va shu orqali ma’lumotlarni namoyish etadi. 
– TDBNavigator (QDBCtrls) obyеkti dasturda TDBGRID yoki TDBEDIT komponеntalari 
orqali ma’lumotlar bazasi yozuvlariga murojaat qilinayotgan vaqtda qo‘llaniladi. TDBNavigator 
foydalanuvchiga ma’lumotlar bazasidagi yozuvlarni tahrirlash yoki ko‘rib chiqishda qo‘l kеladi. 
Foydalanuvchi TDBNavigator tugmalaridan birini bosganda shu tugma bilan bog‘langan amal 
dasturda bajariladi.

Download 126.7 Kb.
  1   2




Download 126.7 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



15-ma’ruza Texnik tizimlarning integratsiyalangan muhitida ma’lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash. C ++ tilida ma’lumotlar bazasi tushunchasi. Dastur yordamida ma’lumotlar bazasini import va eksport qilish. Reja

Download 126.7 Kb.
Pdf ko'rish