|
15-mavzu: marketing muhiti
|
bet | 1/6 | Sana | 28.03.2024 | Hajmi | 0.67 Mb. | | #180101 |
Bog'liq 4-MAVZU Marketing 8 МАВЗУ 4-MAVZU: Marketing tizimi va sohasi.. 1. Marketing muhitini tushunchasi va mohiyati. 2. Korxona mikro-muhiti. 3. Korxona makro-muhiti.
1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati
Marketing muhiti deganda korxona marketing xizmati xodimlarining mijozlar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini o`rnatish va bu munosabatlarning saqlanishiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi su`ektlar va kuchlarning majmui tushuniladi. Muxit doimiy o`zgarishda ya`ni, u yoki bu salbiy yo ijobiy ta`sir ko`rsatishi mumkinligi sababli, uni tizimli o`rganish, alohida jarayonlarni va ularning o`zaro kuzatish zaruriyati marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir bo`lib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas o`zgarishiga e`tibor bermaslik yoki nazoratni susaytirish korxonaning va bozorning boshqa sub`ektlri ishida juda og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Marketing muhiti
Makro-muhit
Mikro – muhit
.
Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor doirasidagi omillardan iborat. Bu erga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, demokrafik, geografik, milliy ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa xarakterdagi ta`sirlarning keng spektri kiradi.
Mikro – muhit yoki ichki sharoitlar omillar korxonaning faoliyat va uning imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi firma boshqaruvining nazorati ostida bo`ladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar segmentlar) ni tovarlar harakatining yo`llarini tanlash, raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini echish.
Shunday qilib, mikro-muhitni o`rganish bozorning aniq sub`ektiga nisbatan qo`llanilgan holda amalalga oshiriladi, undan farqli ravishda makro-muhit esa marketing va bozor su`ektlari, mamlakat va xalq iste`moli tovarlari sohalari uchun umumiy ko`rinishda namoyon bo`ladi.
Korxonaning mikro-muhit tarkibiga ta`minotchilar, vositachilar, raqobatchilar, mijozlar (iste`molchilar) va aloqalar o`rnatiluvchi auditorilar kiradi. Biroq marketing faoliyatini uyushtirish jarayonida orxona qaramog`ida bo`lgan qismlarning manfaati ham hisobga olinishi zarur, shu jumladan, yuqori rahbariyat, moliyaviy xizmat, moddiy texnika ta`minoti xizmati, ishlab chiqarish, buxgalteriya, ilmiy va konstruktorlik ishlari xizmati.
|
| |