18-mavzu: Аudio, Video maʼlumotlar bilan ishlash va ularni chop etish




Download 160.28 Kb.
Sana19.01.2024
Hajmi160.28 Kb.
#141331
Bog'liq
18-mavzu 6-22
921 20 nazorat ishlari taqsimoti M va M, Taqvim Diplom oldi Ishlab chiqarish, KXYP namunaviy ish rejasi (1-yarim yillik), 6, 3-mavzu, 7-mavzu SMM , 19 декабр, СВОД Маълумотнома-23.12.22, 2511ED59 39A7 41F3 9917 5DADA15B7A8B reqitxjjf8e5wdovgncya08c5bz3apig, 17-mavzu 6-22, 19-mavzu 7-23, 20-mavzu Microsoft Power Point dasturida ishlash va menyulardan foydalanish



18-mavzu: Аudio, Video maʼlumotlar bilan ishlash va ularni chop etish
Reja:

  1. Audio va video malumotlar bilan tanishish

  2. Audio va video malumotlar bilan ishlovchi dasturlar bilan tanish.

  3. Audio va video malumotlarni tahrirlash

Audio va videoni yozish, ularni tahrirlash nafaqat professional musiqachi, qo‘shiqchilarni, balki havaskorlarni ham qiziqtiradi. Audio va videoni yozish va tahrirlash uchun sodda va qulay dasturgina jurnalist, o‘quvchi, talaba va havaskorlarga yordam berishi mumkin. Shaxsiy ovoz yoki musiqiy eskizlarni yozib olish uchun zamonaviy dasturiy ta’minotning bir necha funksiyalari kerak bo‘ladi. Biror loyiha ishini yaratishda faqat matnli axborotdangina emas, balki turli multimediali axborotlardan foydalanish uning sifatini yanada oshiradi.
Audio (lotincha eshitmoq) – yozilgan ovoz, tovush hamda ovoz bilan ishlash tizimi va texnologiyalariKadr (fr. cadre – kadr) – film parchasi yoki video ketma-ketligi, alohida tasvir. Fotokadr – buyum, manzara vа hokazolarning yagona fotografik tasviri. Pleylist – audio yoki videofayllardan ixtiyoriy tarzda terib olingan ro‘yxat.
Audioaxborot – biror usul yordamida yozilgan hamda ijro etish mumkin bo‘lgan ovozli axborot.Audioaxborotlar analogli va raqamli ko‘rinishda bo‘ladi. Tovushning havodagi tebranishi (ovozli signallar), ya’ni to‘lqinlar – audioaxborotning analog shakli deb ataladi. Avvallari analog shakldagi audioaxborotlar studiyalarda yozib olingan hamda patefon va magnitofonlar yordamida ijro etilgan. Kompyuterlar rivojlanishi bilan tovush signallari raqamlashtirila boshlandi, ya’ni to‘lqinlar nuqtali (impuls) signallar to‘plamlari bilan almashtirilishi natijasida diskret shakli paydo bo‘ldi. So‘ngra impulslarning kattaligi raqamli kodlar bilan almashtirildi, natijada audioaxborotning raqamli shakli vujudga keldi. Audiofayl – raqamli shakldagi audioaxborotlarga ega fayl Videoaxborot – biror usul yordamida yozilgan, ijro etish mumkin bo‘lgan harakatlanuvchi obyektlar tasviri. Namoyish vaqtida kinolentadagi alohida fotokadrlar ekranda birlashib, harakatlanuvchi tasvirlarni hosil qiladi. Raqamli shakldagi videoaxborot audioaxborot va elektron fototasvirlar to‘plami hisoblanadi. Videofayl – audioaxborot jo‘rligida yozilgan raqamli shakldagi videoaxborot fayli. Format nomi audiofayl nomining kengaytmasi sifatida xizmat qiladi. Masalan, tor.mp3, musiqa.wma, music.mid. Raqamli audioyozuv bir necha kanaldan iborat bo‘lishi mumkin: mono (1 ta kanal), stereo (2 ta kanal), Dolby Digital (6 ta kanal) va hokazo. WAV formati yuqori sifatli ovoz yozish uchun ishlatiladi. Boshqa formatdagi fayllar bilan taqqoslaganda, ushbu formatdagi fayllar hajmi katta bo‘ladi. Bunday fayllarni maxsus siqish usuli yordamida hajmini kichraytirish mumkin. Biroq siqish jarayonida audioning sifati ham pasayishi mumkin. MP3 – eng keng tarqalgan format. WAV formatdan MP3 formatga o‘tkazish jarayonida faylning hajmi kichrayadi. Video fayl formati – audioaxborot jo‘rligida raqamli videoaxborotni yozish usuli va xususiyatlari. Format nomi videofaylning kengaytmasi sifatida xizmat qiladi. Bugungi kunda 70 dan ortiq videofayl formatlari mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari quyidagi jadvalda keltirilgan:Fayl formati nomi Fayl kengaytmasi Fayl formati nomi Fayl kengaytmasiWMA Audio .wma Free Lossless Audio Codec .flac WAVE Audio .wav MP2 Audio .mp2 MP3 Audio .mp3 OGG Vorbis Audio .ogg MIDI .mid Digital Theater Systems .dts MOD .mod AAC Audio .aac AC3 Audio .ac3 AIFF Audio .aiff Audio va videofayl formati Audiofayl formati – raqamli audioaxborotni faylga yozish usuli va xususiyatlari. Bugungi kunda 40 dan ortiq audiofayl formatlari mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari quyidagi jadvalda keltirilgan.Fayl formati nomi Fayl kengaytmasi Fayl formati nomi Fayl kengaytmasi Audio-Video Interleav .avi Flash Video .flv Moving Picture Experts Group - 4 .mp4 Shockwave Flash .swf Windows Media Video .wmv 3gp .3gp Moving Picture Experts Group .mpeg MOV .mov Audio va videokodek nomlari Audio va videoaxborotlarni yozish
Masalan, videofaylni yozishda va ijro etishda har doim video va audiokodek juftligi ishlatiladi. Videofayl formatlari turli juft kodeklardan foydalanadi. Mashhur AVI videofayl formatida H.264 videokodek va MP3 audiokodek ishlatilishi mumkin. MPEG4 videokodek va AC3 audiokodek juftligi, XviD videokodek va MP3 audiokodek juftligi kabi boshqa kombinatsiyalar ham mavjud.udiokodeklar VideokodeklarMP3 ,H.264, WMA, DivX Ogg ,Vorbis ,XvidAC3 MPEG-4
Audio va videofayllarni yozib olish uchun dasturlardan tashqari kodeklardan ham foydalaniladi. Kodek – audio yoki videofaylni siqadigan (qisqartiradigan) va asl hajmini tiklaydigan maxsus dastur. Audio va videokodeklar bir-biridan farq qiladi. Audiokodeklarga audiofayl formatlarining nomi berilgan. Videokodek nomlari format nomlariga mos kelmaydi. Audio Cutter (http://mp3cut.net/) – audio faylni kesish; • Audio Converter (http://online-audio-converter.com/) – audiofayllarni onlayn ravishda bir formatdan ikkinchisiga o‘tkazish; • Audio Joiner (http://audio-joiner.com/) – bir nechta audiofaylni bitta faylga birlashtirish; • Video Converter (http://convert-video-online.com/) – videofayllarni bir formatdan ikkinchisiga o‘tkazish; • Video Cutter (http://online-video-cutter.com/) – videoning biror qismini kesish; • Voice Recorder (http://online-voice-recorder.com/) – mikrofon yordamida ovoz yozish; • Video Recorder (http://webcamera.io/) – veb-kamera yordamida video yozish.
Kompyuterda mikrofon orqali ovoz yozish uchun 123apps.com saytiga kiriladi: 1) ovoz yozish bo‘limiga o‘tish. Buning uchun: 1-usul. Menyular qatoridan “Audio Tools” → “Voice Recorder” tanlanadi (1). 2-usul. Sichqoncha orqali sahifaning pastiga tushiladi va “Audio Tools” tarkibidan “Voice Recorder” tanlanadi (2).2) ovoz yozish uchun mikrofon rasmi ustiga bosiladi (3). So‘ngra kerakli jumlalar ovoz chiqarib o‘qiladi;3) ovoz yozish vaqtida jarayonni vaqtincha to‘xtatib turish uchun “Pause” (4) tugmachasi bosiladi. Keyin yana shu tugmachani bosib, jarayonni davom ettirish mumkin. Ovoz yozish jarayoni tugaganidan keyin “Stop” (5) tugmachasi bosiladi; Audio va videofayllarni ijro etishAudiofayllarni ijro etish uchun maxsus dastur – audiopleyer ishlab chiqilgan. Mediaplayer – ham audio, ham videofaylni ijro etuvchi dastur.
Hozirgi kunda kompyuter uchun bir qancha audio va mediapleyer dasturlari ishlab chiqilgan. KMPlayer – bugungi kunda Windows uchun eng kuchli multimedia pleyerlaridan biri. Bir qancha vizual va tovush effektlarini o‘z ichiga oladi. Videokliplarni ijro etish tezligi hamda tasvirlar yorqinligini sozlash imkonini beradi. Unda skrinshot yaratish, audio va video yozish imkoniyatlari mavjud. Winamp – turli multimedia fayllarini ijro etish uchun yillar davomida sinovdan o‘tgan yordamchi dastur. Foydalanuvchilarga interfeysni o‘zgartirish imkonini beruvchi bir nechta qobiqlari mavjud. Ma’lumotlarni optik disklarga yozish vositasi mavjud. AIMP media pleyeri deyarli har qanday formatdagi musiqa (WAV, FLAC, MP3, OGG, CDA va h. k.)ni bemalol tinglash imkonini beradi. Unda ovoz yozish, musiqalarni qayta nomlash funksiyalari mavjud bo‘lib, ularni boshqa mashhur pleyerlarda topish qiyin. Uning yordamida sevimli qo‘shiqlardan tarkib topgan pleylistlarni ham yaratish mumkin. Windows Media Player – Microsoft operatsion tizimiga kiritilgan standart mediapleyer. MP3, AAC, WAV, AIFF, FLAC, APE, WMA, WMV, MP4, M4A va hokazolarni qo‘llab-quvvatlaydi. Sevimli audiolarning katta ro‘yxatlarini tez ijro etish imkonini beradi. Dastur rasmiy Microsoft veb-saytidan muntazam ravishda yangilanib turiladi. Windows Media Player dasturida audio va videoaxborotni ijro etish Windows Media Player dasturi kompyuterda o‘rnatilgan operatsion tizim tarkibidagi standart dasturlardan biri bo‘lib, uni ishga tushirish uchun: 1) “Пуск” – “Все программы” – “Стандартные” – “Windows Media Player” ketma-ketligi bajariladi; 2) audio yoki videoaxborotni yuklash uchun: (a) “Mузыкa” (1) yoki “Видео” (2) tanlanadi. Audio yoki videoaxborot sichqoncha bilan ushlangan holda o‘rtadagi fayllar turgan joyga olib o‘tiladi; (b) “Упорядочить” (3) – “Управление библиотеками” – “Фонотека” yoki “Видeo” tanlanadi. “Добавить” tugmachasi orqali audio yoki videofayl yuklanadi; 3) audio yoki videoni ijro etish uchun fayl tanlanib, “Play” tugmachasi bosiladi (4) va to‘xtatib turish uchun shu tugmachaning o‘rnidagi “Pause” tugmachasidan foydalaniladi; 4) dastur yordamida avvalgi kadrga qaytish (5) va keyingi kadrga o‘tish (6) imkoniyatlari mavjud; 5) ovozni boshqarish tugmasi (7) yordamida uning

Nazorat topshiriqlari :


1. Ovoz yozish dasturlari haqida gapirib bering va ularni turlarini sanang.
2. Ovoz yozish dasturidan foydalanib ovozlarni tahrirlash
3. Camtasio studio daturi yordamida video mantaj qilish
Download 160.28 Kb.




Download 160.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



18-mavzu: Аudio, Video maʼlumotlar bilan ishlash va ularni chop etish

Download 160.28 Kb.