• Annotatsiya
  • Kalit sozlar
  • 182 markaziy osiyo davlatlarining energetik siyosati




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana20.01.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #38796
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    markaziy-osiyo-davlatlarining-energetik-siyosati (1)
    politika-stran-tsentralnoy-azii-v-oblasti-ispolzovaniya-vodnyh-resursov-transgranichnyh-rek, 1671530956


    182 
    MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING ENERGETIK SIYOSATI 
    Kasimov Akmaljon Naimovich 
    (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti) 
    +998909779992 
    a.kasimov@outlook.com 
    Annotatsiya 
    Ushbu tadqiqotning diqqat markazida Markaziy Osiyo davlatlari: 
    Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning energetik 
    siyosatining shakllanishi, bugungi holati va istiqbollari yotadi. Shuningdek, 
    Markaziy Osiyo mamlakatlari energiya resurslarini jahon bozorlariga olib chiqish 
    bo‘yicha mintaqadagi hamkorlikning jihatlarini aniqlash alohida qiziqish uyg‘otadi. 
    Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, uglevodorodlar, energetik infratuzilmalar, 
    energetik siyosat, atom energetikasi. 
    Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyoning energetika xavfsizligi muammosi 
    atrofida bir qancha umumiy masalalar mavjud. Mintaqada energiyaga bo'lgan talab 
    doimiy ravishda o'sib bormoqda va ba'zi prognozlar kelgusi yigirma yil ichida bu 
    ko'rsatkich 60% dan 80% gacha oshishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Mamlakatlar 
    bu muammoni mavjud energetika inshootlarini qayta tiklash va yangilarini qurish 
    orqali hal qilishni rejalashtirmoqda. Biroq, bu niyatlar ko'plab iqtisodiy va tashkiliy 
    to'siqlarga duch keladi. 
    Markaziy Osiyo davlatlarida mustaqillikning ilk 20 yilligida olib borilgan 
    energetik siyosatning, hozirgi kunga kelib tubdan isloh qilinayotgani va mazkur 
    islohotlarning natijasi o’laroq energetika sohasining modernizatsiyasi yo’lidagi 
    asosiy munozaralarni, tahdidlarni va muammolarni ilmiy jihatdan o’rganishga 
    bo’lgan talab oshib bormoqdi.


    183 
    Oxirgi 10 yillikda Markaziy Osiyoda energetik resurslarga bo’lgan talabning 
    keskin oshishi, mintaqada energetik xavfsizlikni ta’minlashning IES va GESlardan 
    tashqari boshqa turlarini tadbiq etish bo’yicha amaliy harakatlar olib borilmoqda. 
    Xususan, mintaqa yashil energiyadan (qayta tiklanuvchi energiya) foydalanishda 
    ulkan tabiiy va geografik imkoniyatlarga ega bo’lib, mazkur imkoniyatlardan 
    foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda. Energetik resurslarga oshirib borayotgan 
    talab va qayta tiklanmaydigan energetik resurslarning tugab borayotganini hisobga 
    olib, energetik siyosatda qayta tiklanadigan resurlardan foydalanish masalasini eng 
    yuqori darajaga ko’tarish maqsadida jamoatchilik e’tiborini jalb qilish muhim va 
    dolzarb masaladir.
    Bugungi kunda mintaqadagi energetika siyosatidagi eng muhim va bahsli 
    masalalardan biri bu Atom energiyasidan foydalanish masalasidir. Markaziy Osiyo 
    mintaqasi uran qazib chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. Mazkur 
    faktor mintaqadagi energiya tanqisligi masalasi bilan uyg’unlashib, davlatlarni, 
    mintaqada AES qurish bo’yicha qilinayotgan takliflarga jiddiy e’tibor qaratishiga 
    undamoqda. Bu masalada Qozog’iston va O’zbekistonda AES qurish yo’lida ilk 
    amaliy qadamlar qo’yilgan, xususan atomshunoslik va yadroviy texnologiyalarni 
    rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, fundamental 
    tadqiqotlar tajriba-konstruktorlik ishlari va innovasion ishlanmalar, ilg‘or 
    texnologiyalarni joriy etish loyihalari amalga oshirilmoqda. Tojikiston va 
    Turkmanistonda bu masalada hech qanday tashabbuslar qilinmagan, lekin bu 
    davlatlar atomdan tinchlik yo’lida foydalanish dasturi negizida MAGATE tashkiloti 
    va Rosatom bilan doimiy muloqotlarni yo’lga qo’ygan. Uranga boy yana bir 
    Markaziy Osiyodagi davlat Qirg’izistonda esa atom energiyasiga keskin qarshilik 
    kayfiyatini kuzatish mumkin, xususan, 2019-yildan Qirg’iziston parlamenti 
    mamlakat hududida uran qazib chiqarish ta’qiqlab qo’ygan.
    34
    Ko’rib turganimizdek, 
    bu masalada mintaqadagi har bir davlatning o’ziga xos, ba’zan bir biriga zid siyosati 
    34
    Парламент Киргизии запретил добычу урана и тория в стране // Научный портал "Атомная энергия 
    2.0" - 2019. Электрон ресурс: https://www.atomic-energy.ru/news/2019/11/01/98764



    Download 0.68 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    182 markaziy osiyo davlatlarining energetik siyosati

    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish