Оптималлаштирилган ўқув дастури




Download 1.95 Mb.
bet214/434
Sana15.03.2017
Hajmi1.95 Mb.
#158
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   434
Tasviriy san’at fanidan o’quv dasturi

Uqtirish xati


Tasviriy san’at o’quv fani umumiy o’rta ta’lim fanlari ichida ma’naviy sog’lom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy hal etishda keng imkoniyatlarga ega. Tasviriy san’at darslarida san’at va san’atkor olami, san’atning ijtimoiy vazifasi va o’ziga xos xususiyati, uning tasviriy ifodaviy vositalarini o’rganib borish orqali o’quvchilar atrof muhit, tasviriy, amaliy san’at va me’morchilikdagi go’zalliklarni ko’ra bilish, qadrlash va muhofaza qilishni o’rganib boradilar. O’quv fanining bosh maqsadi o’quvchilarda estetik madaniyatni va badiiy tafakkurni yuksaltirish hamda tasviriy savodxonlikni tarbiyalashdan iboratdir.

Estetik madaniyat san’at tarixi va undagi badiiy jarayonlarni to’g’ri tushuna bilish, o’z fikrini o’zgalarga gapirib berish, badiiy tafakkur tushuniladi. Tasviriy savodxonlik esa tasviriy san’atning barcha turlaridan (rang tasvir, grafika va haykaltaroshlik), shuningdek, amaliy san’at, dizayn va me’morchilikning o’ziga xos tasviriy usullaridan, ifodaviy vositalardan amaliy-ijodiy faoliyatda to’g’ri foydalana olishni nazarda tutiladi.

Tasviriy san’at ta’limining vazifalari quyidagilardan iborat:

- tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardagi go’zalliklarni ko’ra bilish va idrok etish hamda kuzatish asosida olingan taassurotlarni hayotga tatbiq etishga o’rgatish;

- o’quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni o’stirish;

- o’quvchilarning tasviriy-ijodiy malakalarini shakllantirish;

- bolalarda ko’rish xotirasini, chamalash qobiliyatini, rang sezishni, kompozitsion madaniyatni, fazoviy fikrlash, obrazli tasavvur va kombinatsiyalash kabi xususiyatlarni rivojlantirish;

- xalq amaliy san’ati, tasviriy san’at bilan tanishtirish orqali bolalarni badiiy-estetik didini o’stirish;

- o’quvchilarni tasviriy va amaliy- bezak san’ati bilan tanishtira borib, ularda ushbu san’at turlarining o’ziga xos xususiyatlarini idrok etishga o’rgatish vositasida ularni badiiy fikr doirasini kengaytirish;

- o’quvchilarda amaliy va tasviriy san’atga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash;

- estetik va emotsional sezgirlikni o’stirish.

Mazkur o’quv fanidagi ta’lim va tarbiya asosan ikki bo’limdan (amaliy va nazariy) tashkil topadi:

Amaliy ishlar 1- sinfdan 4- sinfgacha, asosan to’rtta o’quv masalalarini hal qilishga qaratiladi:

1. Kompozitsion faoliyat.

2. Rang va bo’yoqlar.

3. Shakl, proporsiya, konstruktsiya.

Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan amaliy mashg’ulotlar jarayonida bolalarda ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish va ishlash qobiliyatlarini tarbiyalash yetakchi o’rinni egallaydi.

1-4 sinflarda bo’yoq bilan ishlash mashg’ulotlarida ranglarning turli tus va och-to’qligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni tanlay olishga o’rgatish asosiy vazifadir. Bu sinflarda ko’proq guash, akvarel bo’yog’i va ularning aralashmalaridan foydalaniladi.




Download 1.95 Mb.
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   434




Download 1.95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Оптималлаштирилган ўқув дастури

Download 1.95 Mb.