Оптималлаштирилган ўқув дастури




Download 1.95 Mb.
bet222/434
Sana15.03.2017
Hajmi1.95 Mb.
#158
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   434
Grafika (qalamtasvir) yo’nalishidagi mashg’ulotlar ham keng qamrovli materiallarni o’qitishni nazarda tutadi. Eng muhimi, o’quvchilarda qalamtasvir badiiy ijodning barcha turlarining asosi ekanligini amaliy-tasviriy faoliyatda his etishga imkon yaratadi.

Haykaltaroshlik mashg’ulotlarining salmog’i boshlang’ich sinfdagiga nisbatan kamaygan bo’lsada, uning mazmuni, shakl va kompozitsion «yuklamalari» ancha murakkablashganligi bois o’qituvchidan har bir darsga puhta tayyorgarlik ko’rishni talab etadi.

Dasturda haykaltaroshlik mashg’ulotlari mavzularining umumiyligi (rangtasvirda portret, qalamtasvirda portret, haykaltaroshlikda portret), o’zaro bog’liqligi bilan bir qatorda xususiyligi (haykaltaroshlikda lirizm va dramatizm), uning o’ziga xos turlari (dastgoh, monument, xiyobonlar uchun ishlanadigan dekorativ haykallar, hajmli haykaltaroshlik, yarim qabariq ((relef) haykaltaroshlik), haykaltaroshlikning ifodaviy vositalari kabi komponentlariga alohida e’tibor berish lozim.



Me’morlik san’atiga oid materiallarni o’tishda ham kompleks yondashuv talab etiladi. 5-sinfda asosan me’morlik tarixiga oid materiallar, 6-7-sinflarda me’moriy ko’rinishlar aks ettirilgan manzara, me’moriy mavzuda tarixiy xarakter kasb etuvchi kompozitsiyalar va nihoyat, me’morlik obidalarining elementlarini yasash va ularni yaxlit kompozitsion ansamblga yig’ish.



Download 1.95 Mb.
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   434




Download 1.95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Оптималлаштирилган ўқув дастури

Download 1.95 Mb.