Оптималлаштирилган ўқув дастури




Download 1.7 Mb.
bet224/434
Sana15.03.2017
Hajmi1.7 Mb.
#158
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   434
San’atshunoslik asoslari bo’yicha faoliyat turi san’at tarixi va nazariyasining oddiydan murakkabga o’tish tamoyiliga asosan quriladi. Bu faoliyat turi o’quvchilarning nazariy jihatdan tasviriy va kompozitsion faoliyatga, shuningdek, badiiy obrazlarni umumlashtirish, professional san’at asarlaridagi obrazlar yechimini sharhlay bilish malakalarini hosil qila borib, ularga badiiy tanqidchilik asoslaridan elementar bilimlar beradi. Shu tariqa o’quvchilar bu faoliyat turlarida tasviriy, amaliy san’atninig badiiy-ifodaviy vositalari va qonuniyatlarining (rang, mazmun, shakl, faktura, nisbat, perspektiva, kompozitsion markaz, muvozanat, tasvirlash texnikasi, texnologiyasi va h.k.) mavzu va mazmunga monand tarzda qo’llay bilish, unda eskizlardan foydalanish kabi vazifalarni hal etishni o’zlashtira boradilar.

Dasturda milliy va umuminsoniy badiiy qadriyatlarni hamohang tarzda o’rgatishga alohida e’tibor qaratilgan. Milliy san’atga oid o’quv materiallari doirasida Sharq va G’arb san’ati tarixi, miniatyurachi rassomlarning hayoti va ijodini o’rganish, san’at turining tasviriy talqini (qutichaga naqsh va rasm ishlash, Sharq va o’zbek xalq ertaklariga miniatyura usulida illyustrasiya ishlash va h.k.) ham o’quv vazifasi sifatida tavsiya etiladi.




Download 1.7 Mb.
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   434




Download 1.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Оптималлаштирилган ўқув дастури

Download 1.7 Mb.