Оптималлаштирилган ўқув дастури




Download 1.7 Mb.
bet239/434
Sana15.03.2017
Hajmi1.7 Mb.
#158
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   434

Namunaviy topshiriqlar


“Kuzgi ishlar”, “Qishgi o’yinlar”, “Shimoldagi bug’ular”, “Akvariumdagi baliqlar”, “Fantastik daraxt”, “Dorboz bola”, “Yomg’irli kun”, “Jonajon o’lka”, “Tog’da kuz”, “Tog’larning bahorgi ko’rinishi”, “Qishgi o’yinlar”, “Hayvonot bog’ida” mavzularida jamoa bo’lib va yakka holda rasmlar ishlash.
b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)

Ijodiy qobiliyat va badiiy didni yanada o’stirish; to’rtburchak va doira shaklidagi naqshlarning xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, hamda ana shunday naqshlardan namuna ko’chirish va mustaqil ravishda ijodiy ishlashga o’rgatish; dekorativ amaliy san’atga doir iboralar va ularning ma’nosi bilan yaqindan tanishtirish; naqshlarda (yo’lsimon, to’rtburchak, doira) shakllar bilan birga ranglarning almashinib kelishi haqida tushunchalar berish; o’quvchilarning dekorativ ishlarda qo’llaniladigan materiallarning turli xususiyatlari haqidagi bilimlarini yanada kengaytirish; o’zbek xalq amaliy san’ati namunalari asosida loydan o’yinchoqlar yasashga doir bilim va malakalarni yanada mustahkamlash; o’quvchilarning rang tuslari va ularning nomlari haqidagi tushunchalarini yanada boyitish.

Illyustrativ rasm ishlashda rangtasvir mashg’ulotlaridagi kabi hayvon va odamlarning holatlarini ifodali tasvirlay olish; ertak va hikoyadagi biron bir vaqtni rasm uchun tanlay bilish, rasmda asosiy va IKKINCHI darajali ob’yektlarni ajratib ko’rsata bilishga oid bilim va malakalarni rivojlantirish.



Download 1.7 Mb.
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   434




Download 1.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Оптималлаштирилган ўқув дастури

Download 1.7 Mb.