2- ma’ruza: informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda internet va masofaviy ta’lim texnologiyalari




Download 279.26 Kb.
bet1/5
Sana05.09.2023
Hajmi279.26 Kb.
#80276
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Informatikani o`qitish metodikasi 1- mavzu
9-grade cw, 5-sinf 1-2-3-4-chorak test, Kурс иши кимё, 2 курс сиртқи КИАва ИЧТ (тмж), 50577454, sodapdf-converted, 2-3-bosqich qayta o\'qitish, Atrof muhitda resurlarni taqsimlash vaqt davomiyligi va qazib olish narxi, 1 мактаб ЖШ тайёр иловалари билан, Falsafaning taraqqiyot bosqichlari, 719, Calendar plan-Informatika o`qitish metodikasi (1), 35969 Qishloq xojaligida AKT1sabzavotchilik polizchilik, Qishloq xo’jaligida axborot texnologiyalari 1-modul

2- MA’RUZA: INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI 
O‘QITISHDA INTERNET VA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI 
 
REJA: 
1. Informatika va axborot texnologiyalari fanini mustaqil O‘zbekistonimizning 
rivojlanish davridagi istiqboli va ahamiyati.
2. Informatikani o‘qitishda internet tizimidan foydalanishning o‘ziga xos 
xususiyatlari.
3.Masofaviy ta’lim texnologiyalari va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish. 
Bugungi kunda о’qitish va о’rganish jarayonida Internet-texnologiyalariga 
katta о’rin ajratilmoqda. Bunday texnologiyalar ta‘lim jarayoniga kо’maklashib, 
о’qitish dasturlari, о’quv qо’llanmalari, elektron darslik va jurnallardan 
foydalanish imkoniyatini yaratmoqda, talabalarning testlarda, tadqiqot va ilmiy 
ishlar tanlovlarida, masofaviy loyihalarda, ilmiy maktab ishlarida ishtirokini 
ta‘minlamoqda. 
Talabalar о’rtasida о’tkazilgan sо’rov jarayonida ilmiy-ijodiy ishlarni bajarishda 
Internetdan foydalanuvchi talabalar Internetning quyidagi afzalliklarini kо’rsatib 
о’tishdi: turli-tuman qiziqarli materiallarning mavjudligi (50%), fan tarixi va uning 
rivoji 
yuzasidan 
materialning 
mavjudligi 
(31%), 
tadqiqot 
natijalarini 
umumlashtirish kо’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarining mavjudligi (28%), 
ilmiy ishlarga qiziqishning ortib borishi (27%), yangi tushunchalarni о’zlashtirish 
imkoniyati (21%), boshqalar bilan faol о’zaro muloqotga kirisha olish imkoniyati 
(20%).Bilim olish jarayonida Internet tarmog‘idan foydalanish talabalarning 
о’quv-tadqiqotchilik madaniyatini shakllantirish samaradorligini oshirishga imkon 
beradi. Talabaning о’quvtadqiqotchilik madaniyati shaxs madaniyatining tarkibiy 
qismi hisoblanib, dunyo yaxlit tasvirini bilish, ilmiy bilish kо’nikma va 
malakalariga ega bо’lish, uning natijalarini qadrlash, shaxsning ijodiy 
rivojlanishini ta‘minlash bilan xarakterlanadi. Sо’rov jarayonida shu narsa 
aniqlandiki, tanlangan mavzu bо’yicha referat tayyorlashda Internetdan 55% 
talabalar foydalanadi, ilmiy ijodiy ish uchun axborot izlab topishda – 48%, izlash 
jarayonida axborot olingan saytlarga xavola kо’rsatishda – 48%, qо’shimcha 
material topib, uning mazmunini tahlil qilishda – 45%, uyga berilgan mustaqil ish 
topshiriqlarini bajarishda – 36%, turli Internet-loyihalarda anjuman, tanlov, 
olimpiada va boshqalar) ishtirok etishda– 16% talabalar foydalaniladi Bugungi 
kunda Internetda juda kо’p veb-forumlar,hatlar mavjud bо’lib, talabalar bir-biri 
bilan muloqotga kirisha olishadi. Chatlarning imkoniyatlaridan ta‘lim-tarbiyaviy 
maqsadlarda foydalanish uchun о’qituvchi muayyan mavzuda muloqot, bahs, 
munozara tashkil etishi mumkin. Bunday maqsadlarga, masalan, ―Virtual 
auditoriya, ―Ta‘lim tarmog‘i kabi loyihalarni kiritish mumkin. Internetda bunday 
faoliyat shaklini qо’llash ta‘lim mazmunini boyitadi, talabalarni о’zaro g‘oyalar, 
fikrlar almashinuviga jalb etadi, bir-birlariga yordam berishga kо’maklashadi, 

hamkorlikda yangi bilimlarga ega bо’lish imkonini beradi, guruhdagi о’quv ishi 


uchun mas‘uliyatlarini kuchaytiradi, natijada esa ularning о’quv-tadqiqotchilik 
madaniyati yuksalib boradi. Internet tarmog‘idan foydalanishda yana bir jiddiy 
muammo mavjudki, u ham maxsus dasturiy ta‘minotning yо’qligi tufayli, internet-
sahifalarga narkotiklar, axloqsiz о’yinlar, diniy, irqiy diskriminatsiyani targ‘ib 
qiluvchi materiallar va boshqa salbiy, yot g‘oyalardan iborat materiallar kirib 
qolishi mumkin. Shuning uchun ham о’qituvchilarning vazifasi – Internet 
tarmog‘ida mavjud ma‘lumotlarni, axborotni tushunib, keraklisini tanlab olish 
sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Agar о’qituvchi о’z fani bо’yicha Internet-
saytlar rо’yxatini tuzib, resurslar bilan talabalarni tanishtirsa, ularning faoliyati 
maqsadga yо’naltirilgan bо’ladi, ular begona saytlardagi materiallar bilan 
tanishmay qо’yadilar. Har hafta bо’lib о’tadigan ma‘naviyat darslarida ham 
Internet ma‘lumotlaridan keng foydalanish mumkin. Xullas, Internet keng 
imkoniyatlar yaratib beruvchi tarmoq bо’lib, fan о’qituvchilari va talabalarda bu 
tarmoqda ishlash kо’nikma va malakalarini rivojlantirish, takomillashtirib borish 
ta‘lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilishi lozim. 
Internetda ma‘lumot axtarishning ikki yо’li mavjud: aniq manzilli hujjatni 
axtarish; manzili noaniq, ammo mavzusi yoki kalitli sо’zlari orqali hujjat yoki 
sahifani 
axtarishdan 
iboratdir.
Internetga joylashtirilgan ma‘lumotlarni oddiy, axborot shaklidagi hamda 
foydalanish uchun mо’ljallangan maxsus fayllardan (kо’chirishga tayyor va 
siqilgan holdagi *.zip, *.rar kengaytirmali fayllar) iborat deb qarash mumkin. Har 
ikkala holatdagi ma‘lumotlarni ham kо’chirib olish va keyinchalik undan 
foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun kerakli deb hisoblangan 
ma‘lumotlarni topish kerak. 
Kalitli sо’zlar yordamida internetda ma‘lumotlarni axtarish uchun qidiruvchi 
tizimlar (masalan, Google.ru, Google.uz, Yandex.ru va boshqalar) yoki biror bir 
provayderning bosh sahifasiga (masalan, rambler.ru,mail.ru, pedagog.uz va 
boshqalar) murojaat qilish kerak. Har bir provayderning о’z bosh sahifasi mavjud 
va unda albatta ma‘lumotlarni kalit sо’zlar bilan qidiruv tizimi faoliyat kо’rsatadi. 
Qidiruvni tashkillashtirish uchun maxsus oynacha yaratilgan. Oynachaga kerakli 
kalitli sо’zlarni kiritamiz va qidiruvniboshlaymiz. Tizim bir oz vaqtdan keyin 
annotatsiyalarida kalitli sо’zlarimiz mavjud barcha Web sahifa yoki hujjatlarning 
rо’yxatini ularning annotatsiyalari bilan birgalikda ishchi oynada paydo qiladi. 
Ishchi oynaning yuqorisida annotatsiyasida kalitli sо’zlar ishtirok Web sahifalar 
yoki 
ulardagi 
hujjatlar 
soni 
kо’rsatiladi. 
Faraz qilaylik, Informatikaga oid ma‘lumotlar kerak bо’lsin. Uni internetdan 
axtarish uchun Google ishga tushiriladi va uning qidiruv oynasiga « сайты 
информатика, скачать, бесплатно» degan sо’zlar yoziladi va Enter tugmasini 

bosish orqali qidiruv boshlanadi. 


Bu yerda internetdagi kalitli sо’zlar mavjud barcha sahifa va hujjatlarning 
rо’yxati keltiriladi. Faraz qilaylik, ushbu rо’yxatdagi biror sayt bizni qiziqtirib 
qoldi va u bilan tanishish istagi paydo bо’ldi. Rо’yxatdagi bu sahifani belgilaymiz 
va kursorni belgilashlardan chetlashtirmagan holda sichqonchaning о’ng tugmasi 
bosiladi. Natijada konteksli menyu deb ataluvchi bir necha buyruqlar rо’yxati hosil 
bо’ladi. 
Ushbu buyruqlarning « Открыть в новой вкладке » (ma‘lumotni yangi 
oynada paydo etish) sini tanlanadi. 
Internet sahifalar bо’ylab sayohat paytida bizni qiziqtirgan biror 
ma‘lumotga duch kelib qolsak, ma‘lumotni kursor orqali belgilab olinadi
belgilangan joydan kursorni chetlashtirmasdan uning о’ng tugmasini bosiladi. 
Hosil 
bо’lgan 
konteksli menyudan «Копировать» buyrug‘i tanlanadi. 
Ma‘lumotdan olingan nusxa buferga yuborildi.Ma‘lumotning buferdagi nusxasini 
kompyuter xotirasiga kiritish uchun biror matnli fayl, masalan, Word faylini 
yaratiladi. Yaratilgan faylning ichiga kirib sichqoncha о’ng tugmasi bosiladi. Hosil 
bо’lgan 
kontekstli menyuning ―Qо’yish buyrug‘ini tanlanadi.Natijada 
ma‘lumotning buferdagi nusxasi matn fayli tarkibiga qо’shiladi. Ushbu faylni 
saqlab va kerakli paytda foydalanish mumkin. Internetning paydo bo‘lishi 
masofali ta‘limning rivojlanishiga olib keldi. 
Masofali ta’lim – o‘quvchilarga o‘rganilayotgan material asosiy hajmini 
yetkazib berishni, o‘qitish jarayonida o‘quvchilar va o‘qituvchilarning interaktiv 
o‘zaro aloqalarini, talabalarga o‘rganilayotgan materialni mustaqil o‘zlashtirish 
bo‘yicha mustaqil ishlash imkonini berishni hamda o‘qish jarayonida ularning 
olgan bilimlarini va ko‘nikmalarini baholashni ta’minlovchi axborot 
texnologiyalari to‘plamidir. 
YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqiqot materiallarida 
("Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and 
Professional Development") keltirilgan masofali o‘qitish modellarini keltiramiz:
Yagonalik modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko‘ra faqat masofali 
o‘qitishda va "masofali" talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O‘qitish 
shunday amalga oshiriladiki, bunda ta`limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi. 
Barcha o‘qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o‘qitishda hududiy 
markazlar bo‘lib, ularda talabalar o‘qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy 
imtihon topshirishlari mumkin.
Bunday oliygohlarda o‘qituvchilarga ham talabalarga ham o‘quv 
faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o‘quv 
jadvallariga qa`tiy chegaralar qo‘yilmaydi.
Bunday tamoyilida o‘qitish ochiq universitetlarda, masalan, Buyuk 

Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University - http://www. 


open.ac.uk)da tashkil etilgan.
Ikkilangan modeli. Bunday tizimda oliygoh kunduzgi talabalarni ham, 
qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o‘qitadi. Har ikkalasida ham 
dars jadvallari, o‘qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil 
bo‘ladi. Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan oliygoh kunduzgi talabalar 
soni masofali o‘qiyotgan talabalar sonidan katta bo‘lgan ana`naviy oliygohlardir. 
Shuning uchun bir universitetning o‘zida ikki shaklning birgaligida ko‘proq 
o‘zlarida katta o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan 
kunduzgi talabalar yutadilar. Bunday oliygohlarda masofali kurslar har doim ham 
foyda keltirmaydi, ba`zan u qisman kunduzgi talabalarni o‘qitish hisobidan amalga 
oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urg‘u tajribaga, pedagogika va uslubiy 
innovasiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o‘qitishning bunday 
modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University of New England, 
Australia - http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan.
Aralash model. Bu model universitet talabalarini masofali o‘qitishning turli 
shakllarini, aniqrog‘i shakllarning integrasiyasini nazarda tutadi. Masalan, 
kunduzgi shaklda o‘qiyotgan talabalar masofali o‘qitish kurslarining 
dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetining o‘qituvchisi o‘qiyotgan kunduzgi 
kurslari bilan parallel ravishda qisman o‘qiydilar. Shuningdek, bu modelda 
an`anaviy 
kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma`ruzalar 
ko‘rinishidagi mashg‘ulotlar alohida shakllarining birlashmasi bo‘lishi mumkin. 
Universitet axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik 
yuqori jihozlangan bo‘lsa, shunchalik o‘qitish shakllari turli-tuman bo‘ladi. 
Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zellandiyadagi Massey universitetida 
(Massey University, New Zealand - http: //www.massey.ac.nz) tashkil etilgan.
Konsorsium. Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda 
ular o‘quv materiallari bilan almashadilar yoki ba`zi vazifalarni bo‘lishib oladilar. 
Masalan, bir universitet masofali o‘qitish uchun o‘quv materiallar ishlab chiqaradi, 
boshqasi virtual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan ta`minlaydi yoki masofali 
o‘qitish dasturlarini rasmiy akreditasiyasini o‘tkazadi. Bunday hollarda universitet 
butunlay yoki uning alohida markazalari, fakultetlari, hatto ta`lim xizmati bozorida 
ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor bo‘lishlari mumkin. 
Konsorsiumlar faqat qattiy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan 
ashyolarning mualliflik hamda material huquqlarini rioya etish shartlaridagina 
samarali bo‘ladi. Kanadadagi Ochiq o‘quv Agentligi (Open Learning Agency, 
Canada - http://www.ola.bc.ca) konsorsiumga misol bo‘lishi mumkin.
Franchayzing. Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o‘qitish 
modelida hamkor universitetlar bir - birlariga o‘zlarining masofali kurslarini 

beradilar. Bunda ta`lim xizmati bozorida o‘zini ko‘rsatgan qandaydir universitet 


o‘zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o‘qitishni endigina tashkil qilayotgan va 
masofali o‘qitish uchun o‘quv ashyolarini mustaqil ishlab chiqish tajribasiga ega 
bo‘lmagan boshqa oliygoh - hamkorlariga o‘qitish huquqini berishi mumkin.
Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o‘zlarining 
universitetida o‘qishga yozilib, konsorsiumga kirgan ilg‘or oliygoh talabasi kabi 
o‘sha hajmda va o‘sha sifatda ta`lim xizmatlalariga, o‘qishni bitirganlaridan keyin 
hatto diplomlariga ega bo‘ladilar. Bunda ilg‘or universitetning barcha atributikalari 
o‘z kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol sifatida Buyuk 
Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University 
Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Yevropadagi universitetlari bilan 
aloqasini olish mumkin.
Validasiya. Masofali o‘qitishning juda keng tarqalgan modeli bo‘lib, bunda 
ta`lim muassasalari masofali o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng 
darajada bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom 
validasiyasi, kurs va dasturlarni akreditasiyasini qiladi, rasman tan olinadigan 
diplom va sertifikatlarni berishga ma`sul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va hokazo. 
Bosh oliygoh (davlat akreditasiyasiga ega bo‘lgan taniqli oliygoh) va uning 
hududlardagi ko‘p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida 
tashkil etiladi.
Uzoqlashtirilgan 
auditoriyalar. 
Bu 
modelda 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. Oliy o‘quv yirtida o‘tkazilayotgan 
o‘quv kurslar, ma`ruzalar yoki seminarlar talabalar yig‘iladigan uzoqlashtirilgan 
o‘quv auditoriyalarga sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish 
ko‘rinishida telekommunikasiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o‘qituvchi bir 
vaqtning o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model 
bo‘yicha AQSh ning Viskonsin universiteti (Wisconsin University, USA) da, 
shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central 
Radio and TV University)da masofali o‘qitish tashkil etilgan.
Loyihalar. Davlat ta`lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng 
qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallangan masofali o‘qitish 
modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy ahamiyat o‘quv materiallarini ishlab 
chiquvchi asosiy mutaxasissis xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi 
o‘qituvchilar va olimlar yig‘iladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi. Markazda 
ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (hudud) ning katta 
auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o‘qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada 
mo‘ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan so‘ng tugatiladi. Bu modelga 
misol sifatida Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli 
xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan qishloq xo‘jaligi, agrotexnikaning yangi uslublari, 


Download 279.26 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 279.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2- ma’ruza: informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda internet va masofaviy ta’lim texnologiyalari

Download 279.26 Kb.