• Ichki atom bog‘lanishlari
  • Kovalent bog‘lanish
  • Ion bog‘lanish
  • Metall bog‘lanish
  • Nazorat savollari.
  • 2-Ma’ruza. Elektrotexnika materiallarining klassifikasiyasi Reja: Moddalarning tuzilishi Ichki atom bog‘lanishlari




    Download 2.32 Mb.
    Sana15.06.2022
    Hajmi2.32 Mb.
    #23677
    Bog'liq
    2-Ma’ruza. Elektrotexnika materiallarining klassifikasiyasi (1)
    10, Документ Microsoft Word, 25-var 2-lab, 5-maktab 2-kompyuterxona, FAVQULODDA VAZIYATLARDA AXOLIGA XABAR BERISH ALOQA VOSITALARI

    2-Ma’ruza. Elektrotexnika materiallarining klassifikasiyasi


    Reja:
    1.Moddalarning tuzilishi
    2.Ichki atom bog‘lanishlari
    3. Kovalent bog‘lanish
    4. Ion bog‘lanish
    5. Metall bog‘lanish

    Har bir atom proton va neytronlardan tashkil topgan yadrodan hamda uning


    atrofida aylanadigan elektronlardan tashkil topgan bо‘ladi. Atom yadrosi musbat
    zaryadlangan bо‘ladi va atom xajmining juda kichik qismini egallaydi. Atomning
    musbat zaryadli bо‘lishi unda protonnikidan biroz katta bо‘lgan neytronda xech
    qanday zaryad yо‘q, ya’ni u elektr jihatdan butkul neytral (2.1-rasm).



    2.1-rasm. Moddalar strukturasi
    Elektronlar manfiy zaryadlarni tashuvchilar hisoblanadi, elektronning massasiprotonnikidan taxminan 1840 marta kichikdir. Yadrodagi protonlar soni yadroniо‘rab turgan elektronlar soniga teng, shuning uchun ham atom umuman neytraldir,ya’ni elektr zaryadiga ega emas. Vodorod atomining tuzilish shemasiga e’tiborberaylik. Uning yadrosi bitta proton va bitta neytrondan iborat, yadro atrofida esabitta elektron harakatlanadi.
    Yadrodagi protonlar soni D.I. Mendeleyev davriy sistemasidagi elementning
    atom nomeriga teng. Protonlar soni Z va neytronlar soni N ning yig‘indisi massasi
    soni deb ataladi:
    A = Z + N
    Bundan tashqari mana shu elektron atomni tashqi qavatini tо‘ldiradi. Biz ximiyadan bilamiz agar ortiqcha bо‘lsa olamiz, kam bо‘lsa tо‘ldiramiz (2.2-rasm).

    2.2.–rasm. Vodorod atomining tuzilish shemasi


    Bu tо‘ldirish yoki olish о‘z-о‘zidan bо‘lmaydi albatta, buning uchun ham nimadir kerak bо‘ladi. Bu jarayon qandaydir reaksiyani talab etadi. Gaz, suyuq va qattiq jismlar atomlardan, molekula va ionlardan tashkil topganligi ma’lum (1.3-rasm).

    2.3-rasm. Moddalarning tuzilishi


    Atomlarning o’lchamlari angestren tartibida bо‘ladi. Gaz molekulalari esa har xil atomlar sonidan tuzilgan. Misol uchun – geliy, argon, neon bular bir atomli
    gazlar, vodorod, azot, kislorod - bular ikki atomli molekula, uch atomli, ammiak
    molekulasi 4 atomli; metan esa – 5 atomli. Bu atomlarni tashqi elektron qavatlariga qarab har xil bog‘lanishlar bо‘ladi. Shu sohada ba’zi bir bog‘lanishlarni kо‘rib
    chiqish maqsadga muvofiq bо‘ladi.


    Ichki atom bog‘lanishlari
    Kovalent bog‘lanish deb bog‘lanish elektronlar hisobiga atomlarni bir-biri
    bilan bog‘lanishida yuzaga keladigan jarayonga aytiladi, oxirida ikkita atomli
    molekulalar bitta umumiy holatga keladi (2.4-rasm).


    2.4-rasm. Kovalent bog‘lanish


    Kovalent bog‘lanish asosan molekulalarda kuzatiladi, bundan tashqari faqat
    molekulalarda emas balki atomlar orasida ham bо‘lishi mumkin, kristall panjarani
    tuzilishiga bog‘liq bо‘ladi. Kovalent boglanishni yana xususiyati unda faqat bir xil
    atomlar emas balki boshqa xil atomlar ham bо‘ladi (1.5-rasm)

    2.5-rasm. Gidrogen va Floura atomlarining kovalent bog‘lanishi
    Ion bog‘lanish - bu bog‘lanish asosan musbat va manfiy ionlarning tortishish
    kuchiga bog‘liq bо‘ladi. Qattiq jismlarda ion strukturasini harakterlanishi yuqori mexanik baquvvatligi va yuqori temperaturada eritilishiga bog‘liq bо‘ladi (1.6-
    rasm).

    2.6–rasm. Ion bog‘lanish


    Metall bog‘lanish - bu bog‘lanish ham qattiq jismlar kristaliga tegishli bо‘lib,bizga ma’lumki metallar yuqori elektr о‘tkazuvchanlik hususiyatiga ega
    bо‘lganligidadir, shuning uchun ham metallarda erkin elektronlar zich joylashgan
    bо‘ladi. Elektronlarni xususiyatiga qarab (elektrо‘tkazish jarayonida qatnashishi
    elektr о‘tkazuvchanchanlik deyiladi) (2.7-rasm).

    2.7– rasm. Vodorod va uglerodlarning bog‘lanishlari
    Metall bog‘lanishda asosan kamayadi erkin elektronlarga nisbatan valent
    elektronlarning kinetik energiyasi (1.8-rasm).

    2.8-rasm. Metal bog’lanishlari
    Vander-Vaals bog‘lanish - bu bog‘lanishni barcha bog‘lanishlarda kuzatish
    mumkin, lekin ularni bog‘lanishi juda ham kuchsiz shuning uchun kо‘p hollarda
    uni hisobga olinmaydi (2.9-rasm).



    2.9-rasm. Vander-Vaals bog‘lanish

    Bu bog‘lanishni о‘zi esa yoki uni hosil qilish uchun qachonki katta bosim va


    past temperatura kerak bо‘ladi, yana bitta sharti ular faqat tashqi elektron qavatlari
    tо‘lgan elementlar bо‘lishi kerak, agar tashqi qavati tо‘lmagan bо‘lsa bu bog‘lanishni hosil qilib bо‘lmaydi. Bog‘lanishni yana oddiyroq qilib tushuntirsak,
    kemalarni pristinlarga maxsus zanjirlarda bog‘lashsa yana qо‘shimcha qilib ingichka bir arkon xam boglanadi, agar biz zanjirni bо‘shatsak kema fakat arkonda
    koladi lyokin bu xol shuncha davom etishi mumkinki fakat xech kanday tashki ta’sir bо‘lmasa, misol shamol, tо‘lkin va boshkalar, shungacha kema tinch turadi, keyin buzilishimumkin mana bu boglanishning mohiyati.

    Nazorat savollari.

    1. Murakkab va oddiy moddalar orasidagi farqni tushuntirib bering?


    2. Neytron nima?
    3. Bog‘lanish turlarini ayting?
    4. Kovalent boshg‘lanishni mohiyatini tushuntirib bering?
    5. Ion va metall boglanishlarga ta’rif bering?
    Download 2.32 Mb.




    Download 2.32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Ma’ruza. Elektrotexnika materiallarining klassifikasiyasi Reja: Moddalarning tuzilishi Ichki atom bog‘lanishlari

    Download 2.32 Mb.