• Ro`y berish sabablariga ko`ra, ishlamay qolishlar quyidagi to`rtta turkumga bo`linadi
  • 2-ma`ruza. Texnologik jihozlarga texnik xizmat ko`rsatish va ishonchlilik asoslari hisoblash amaliy usullari. Reja




    Download 339.22 Kb.
    bet5/10
    Sana03.02.2021
    Hajmi339.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Ishonchlilik ko`rsatkichlari

    «Ishlamay qolishlik» tushunchasi ishonchlilik nazariyasida markaziy masalalardan biridir.

    Mashinaning ishlamay qolishi detallarning yeyilishi, sinishi, deformatsiyalanishi, mexanizmlari yoki tizmlarining rostlanishini buzilishi, maxkamlangan joylarining bo`shab qolishi, yoqilg`i, surkov moyini uzatish, to`xtab qolishi oqibatida ro`y berishi mumkin.

    Qay tarzda namoyon bo`lishiga qarab, ishlamay qolishlar asta-sekin va to`satdan ishlamay qolishlarga bo`linadi.

    Qandaydir ko`rsatkich yoki xususiyatlarning tobora o`zgarib borishi natijasida sodir bo`ladigan ishlamay qolish asta-sekin ishlamay qolish deb ataladi. Foydalanishning istagan davrida yuz berish mumkin va tasodifiy omillarga bog`liq bo`lgan ishlamay qolish to`satdan ishlamay qolish dyeyiladi.

    Buyum holatining parametrlari uning o`z vazifasini bajarish sifatini belgilaydi. Holat parametrlarining ruhsat etilgan qiymatlaridan chetlanishi buyumning ishlash qobiliyati buzilganligini bildiradi. Bu turdagi ishlamay qolishlar parametrik ishlamay qolishlar deb yuritiladi. Agar parametrlarning o`zgarishi tuzatib bo`lmaydigan darajada bo`lsa (masalan, yeyilish, zanglash, eskirish sababli), u xolda asta-sekin ishlamay qolish sodir bo`ladi.

    To`satdan ishlamay qolishlar ko`zda tutilmagan yuklanishlarda, ishchi qurilmalari ifloslanganda va xokozolarda yuz beruvchi qobiliyatning tasodifan o`zgarishdan iborat. Detalning sinishi to`satdan ishlamay qolishga misol bo`la oladi.

    Ro`y berish sabablariga ko`ra, ishlamay qolishlar quyidagi to`rtta turkumga bo`linadi:

    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 339.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-ma`ruza. Texnologik jihozlarga texnik xizmat ko`rsatish va ishonchlilik asoslari hisoblash amaliy usullari. Reja

    Download 339.22 Kb.