• Ishlash muddati
  • Belgilangan resurs
  • Gamma – foizli resurs
  • Xizmat muddati
  • Mustahkamlik
  • Sinishlar quyidagi turlarga bo`linadi
  • Foydalanish paytidagi ishlamay qolishlar




    Download 339.22 Kb.
    bet7/10
    Sana03.02.2021
    Hajmi339.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Foydalanish paytidagi ishlamay qolishlar.

    Foydalanish paytidagi qoidalar buzilishi yoki qoidalarda ko`zda tutilmagan tashqi ta`sir natijasida yuzaga keladi. Bu xol buyumning barvaqt ishlamay qolishiga olib keladi. Odatda, bunday buzilishlar foydalanilayotgan mashinalarning faqat ma`lum qismida uchraydi.

    Mashinalarning eskirishi natijasida paydo bo`luvchi ishlamay qolish. Bunday ishlamay qolishlar foydalanish va saqlash paytida yuz beruvchi tuzatib bo`lmaydigan darajadagi o`zgarishlar bilan bog`liqdir. Mazkur o`zgarishlar natijasida qismlarning mustahkamligi, muvofiqlashuvi va uzaro ta`siri buziladi. Ushbu ishlamay qolishlar asta-sekin ishlamay qolishlar jumlasiga kiradi.

    Tabiiy eskirishi va «ma`naviy eskirishi» tushunchalarini farq qila bilish kerak. Ma`naviy eskirgan buyumlar (to`quv dastgoxi, yigiruv mashinasi va boshqalar) puxta bo`lishi mumkin, ammo ularning ba`zi ko`rsatkichlari yangilarnikidan kam bo`ladi.

    Chidamlilik ko`rsatkichlari. Mashinalar chidamligining asosiy ko`rsatkichlari quyidagilar:



    • texnik resurs, belgilangan resurs, gamma - foizli resurs, o`rtacha xizmat muddati va xokazolar.

    Ishlash muddati – ob`ektning ishlash davomligi yoki ish hajmi bo`lib vaqt, uzunlik, yuza, hajm birliklarida va boshqa birliklarda o`lchanadi.

    Texnik resurs deb, ob`ektning undan foydalanila boshlagandan yoki tubdan ta`mirlangandan so`ng tiklanganidan oxirgi holat yuzaga kelgunga qadar bajaradigan ishga aytiladi.

    Belgilangan resurs – ob`ekt xizmat muddati davomida bajaradigan jami ishi bo`lib, buni bajarib bo`lgandan so`ng qanday holatda bajarib bo`lishidan qat`iy nazar, undan foydalanish to`xtalishi zarur.

    Ro`yxatdan chiqarib tashlagunga qadar bo`lgan o`rtacha resurs-ob`ektning undan foydalanila boshlagandan to oxirgi holatga kelib qolganligi tufayli ro`yxatdan chiqarib tashlagunga qadar bajariladigan ishi.



    Gammafoizli resurs - bajaradigan ish davomida ob`ekt berilgan foizlar extimoli bo`lgan oxirgi holatga yetmaydigan ish miqdori.

    Kafolatli ishlash muddati - ob`ektdan ishlash qoidalariga amal qilgan xolda foydalanilsa, ob`ektni tayyorlangan korxona uning ana shu muddat davomida buzilmasdan ishlashga kafolat beradi va ob`ektga nisbatan qo`yiladigan talablarning bajarilishini ta`minlaydi.

    Xizmat muddati – ob`ektning undan foydalanila boshlagandan yoki tubdan ta`mirlangandan so`ng oxirgi holatga kelgunga qadar ishlash davomiyligi.

    Resursning xizmat muddatidan farqi shundan iboratki, resurs ob`ektning soatlarda ulchanuvchi xakikiy bajargan ish miqdorining bahosi bo`lib, bunda ishda bo`lgan tanaffuslar va bekor turib qolishlar vaqti hisobga olinmaydi. Xizmat muddati esa mashinadan kay tarzda foydalanishdan kat`iy nazar, u foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab ishga yaroqli holatda bo`lishi davomiyligini ifodalaydi.


    Mustahkamlik - bu materiallarning ma`lum bir sharoitda va oraliqda u yoki bu ta`sirini qabul qilib yemirilmaslik xususiyatlaridir.

    Ko`p holatlarda detallarning yemirilishi ularni shakli o`zgartirishi - deformatsiyalanishi bilan xarakterlanadi. Mashinasozlikda qo`llaniladigan barcha materiallar tashqi kuchlar ta`sirida deformatsiyalanadi.

    Mustahkamlik kriteriyasi bo`yicha buzilish detallarining sinish bilan xarakterlanadi. Sinishlar quyidagi turlarga bo`linadi:

    Dinamik - charchash natijasidagi mustahkamlik chegarasidan chetga chiqish hisobiga yuz beradigan sinishlar.

    Birdaniga ortiqcha yuklanish yoki zarba ta`sirida vujudga keladigan sinishlar dinamik sinishlar deb ataladi.

    Charchash natijasidagi sinishlar esa o`zgaruvchan yuklanish ta`sirida ko`p marotaba bir xil tsikl ostida xosil bo`ladi. Charchash natijasidagi sinishning boshqa sinish turlariga nisbatan o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Odatda singan yuzani beshta xarakterlik zonalarga bo`lish mumkin.

    Kichik hajmli detalning charchash natijasidagi sinish. Sinish fokusi bo`lib, kichik zonada charchashdagi mikroyoriqlarning boshqarish bilan xarakterlanadi. Yemirilish o`chog`i uncha katta bo`lmagan sinish fokusiga yopishgan zona bo`lib hisoblanadi.

    Zona 3 ta xarakterli charchash chiziqlari ko`zga tashlanib turadi. Sinishgacha bo`lgan zona makromortli bo`yicha yemirilish belgilari bilan xarakterlanadi. O`tish zonasi, charchashdagi yoriqlar xosil bo`lish uchastkasi va sinishgacha bo`lgan zonalar orasida joylashgan bo`ladi.

    Mustahkamlik chegarasidan chetga chiqish hisobiga dinamik va charchash natijasidagi sinishlar orasida o`rtacha mavqega ega bo`lib, ular katta yuzalarda tarqalishi bilan xarakterlanadi.

    Sinishlar yo`nalishi bo`yicha cho`zilishdagi, egilishdagi yoki buralishdagi turlarga bo`linadi.

    Cho`zilish va egilishdagi sinishlarni ajratish yuklama konstruktsiyasi qo`yilishi sxemasini taxlil qilish bilan amalga oshiriladi. Deformatsiyalanmagan mortli sinishlar cho`zilishdagi yuklama o`qiga perpendikulyar joylashgan bo`ladi.

    Bunday sinishlar asosiy mort materiallar ( masalan, cho`yan) , shuningdek boshqa deformatsiyaga moyil bo`lmagan materiallarda uchraydi.

    Eguvchi yuklamalar ta`siridagi sinishlardan kuchlanishlar cho`zilishdagiga qaraganda murakkab ravishda tarqaladi. Bunday holatda detal yuzasi egilgan tomonida cho`zilish, qarama-qarshi tomonda esa siqilish kuchlanishlari xosil bo`ladi.

    Egilishdagi charchashdan xosil bo`ladigan sinishlar bir tomonlama, ikki tomonlama bo`lib, aylanishdagi yoki aylanma sinishlarga bo`ladi.

    Ba`zida egilishdagi sinishlarni oddiy va murakkab turlarga bo`lish maqsadga muvofiq bo`ladi. Oddiy turdagi sinish, bu bitta yoriq bilan yuzaga kelish mumkin. Oddiy sinish yuzadagi bir nuqtada yuzaga kelgan nuqsonning vujudga kelishi bilan boshlanadi.

    Murakkab sinishlar yuzadagi bir yoki bir necha yoriqlarning xosil bo`lishi evaziga vujudga kelib aylana bo`yicha xar xil nuqtalarda xosil bo`ladi.





    Download 339.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 339.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydalanish paytidagi ishlamay qolishlar

    Download 339.22 Kb.