• Tayanch iboralar: A
  • 2-Mavzu. Transport vositasining umumiy tuzilishi




    Download 0.89 Mb.
    bet1/3
    Sana03.02.2021
    Hajmi0.89 Mb.
      1   2   3

    2-Mavzu. Transport vositasining umumiy tuzilishi.
    1. Umumiy ma’lumotlar. Transport vositasining tarifi va vazifasi.

    2. Pasajir transport vositasi. Yuk trasport vositasi.

    3. Tirkama transport vositasi.

    4. Avtomobil konstruktsiyasining rivojlanish tarixi.

    5. Avtomobilning umumiy tuzilishi. Texnikaviy xarakteristikalari va belgilanishi (markirovkalanishi).
    Tayanch iboralar: Avtomobillarning tasnifi, Avtomobilning umumiy tuzilishi va asosiy ko’rsatkichlari. Avtomobilga klaster tuzish. Avtomobilga sinkveyn tuzish.
    1. Umumiy ma’lumotlar. Transport vositasining tarifi va vazifasi.
    «Avtomobil» so’zi grekcha «autos»-o’zi va lotincha «mobilis»- harakatlanuvchi so’zlar yig’indisidan tashkil topgan bo’lib «O’zi- harakatlanuvchi» degan ma’noni bildiradi.

    1996 yilga kelib Andijon viloyatining Asaka shaxrida «O’zDEU avto» avtomobil zavodi to’liq ishga tushirildi. Yiliga 200 mingga yaqin juda oz yonilg’i sarf etadigan ikki turdagi kichik va o’rta, kichik litrajli Tiko va Neksiya rusumli yengil avtomobillar hamda Damas rusumli kichik mikroavtobus ishlab chiqarila boshlandi.




    Avtomobillar vazifasiga ko’ra yengil, yuk, yo’lovchi maxsus (yong’in o’chiruvchi, sanitariya, avtokran, benzin tashuvchi, suv sepuvchi, qurilish mashinalari va hokazo) ixtisoslashtirilgan (tortqich, un, tsement, beton aralashtirgich, qurilish uchun ferma, uzun trubalarni tashuvchi traktor va ekskovatorlarni tashuvchi) avtomobillarga bo’linadi

    Avtomobillar vazifasiga ko’ra, transport, maxsus ixtisoslashgan poyga va o’tag’on avtomobillarga bo’linadi.

    Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga imkon beradigan mexanizm-qurilma va uskunalar bilan jixozlangan.

    Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo’lib, avtomobil sport poygasida qatnashish uchun mo’ljallangan.

    Avtobuslar vazifasiga qarab: shahar atrofida, shahar ichida, shaharlararo, ma’lum joylarga qatnaydigan va umumiy ishlarda foydalaniladigan bo’ladi.

    Avtobuslar uzunligiga qarab: 5 m juda kichik (mikroavtobus); 6-7,5 m kichik; 8-9,5 m o’rtacha; 10,5-12 m katta avtobuslarga bo’linadi.

    Engil avtomobillarga o’rnatilgan dvigatellarni ishchi hajmiga qarab: 1,2l gacha o’rta kichik; 1,2-1,8 l kichik; 1,8-3,5 l o’rta va 3,5 litrdan ortiq katta litrajli bo’ladi.

    Yuk avtomobillari yuk vazniga qarab: yengil vazn 0,3-1 t; kichik vazn 1-3; o’rta vazn 3-5 t; katta vazn 5-8 t va juda katta vazn 8 tonnadan ortiq yuk ko’taradigan avtomobillarga bo’linadi.

    Tashlama devorlari (bortlari) ochiladigan avtomobillarda xar-xil yuklar tashiladi va bunday avtomobillarni umumiy ishlarni bajaruvchi oddiy avtomobillar deb ataladi.

    Sochiluvchi va to’kiluvchi yuklar o’zi ag’daradigan (samosval) avtomobillarida, suyuqliklarlar tsisternyali avtomobillarda, oziq-ovqatlar esa furgonli avtomobillarda tashiladi.

    Bir vaqtning o’zida universal kuzovli yengil avtomobilda yuk va yo’lovchi tashilsa yuk-yo’lovchi avtomobili deyiladi.



    Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga imkon beradigan mexanizm-qurilma va uskunalar bilan jixozlangan.

    Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo’lib, avtomobil sport poygasida qatnashish uchun mo’ljallangan.

    Xar-xil yo’l sharoitlarida harakatlanish uchun avtomobillar oddiy va o’tag’on avtomobillar bo’ladi:

    1. qattiq qoplamali yo’llarda harakatlanuvchi, bitta o’qi yetakchi bo’lgan avtomobil oddiy avtomobil deyiladi.

    2. yomon va moslashtirilmagan yo’llarda harakatlanuvchi ikkita yoki uchta o’qi yetakchi bo’lgan avtomobil o’tag’on avtomobil deyiladi.




    Download 0.89 Mb.
      1   2   3




    Download 0.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Mavzu. Transport vositasining umumiy tuzilishi

    Download 0.89 Mb.