2-mavzu. Umumiy sug‘urtada anderrayting asoslari




Download 239.82 Kb.
bet1/3
Sana24.09.2022
Hajmi239.82 Kb.
#26324
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2

2-MAVZU. UMUMIY SUG‘URTADA ANDERRAYTING ASOSLARI


2.1. Anderrayter haqida tushuncha

Anderrayter turli risklarni sug‘urtalash vakolatiga ega, sug‘urta kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug‘urta kompaniyasini sug‘urta portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug‘urta shartnomalarini tuzish, risklarni baholash va sug‘urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli malakaga ega bo‘lishi zarur; potensial mijozlarga sug‘urta polisini sotish bilan shug‘ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug‘urta sohasi bo‘yicha yuqori darajada maslahat xizmatlarni ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.


Anderrayter siyosati- sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi takliflarni ko‘rib chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida xulosalar chiqarishga qaratilgan siyosat.
Sug‘urta haqidagi ariza shakli sug‘urtalanuvchini sug‘urta qoplamalari taqdim etilishi shartlari haqida qaror qabul qilishi uchun zarur axborotlar bilan ta’minlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Agar sug‘urtaga hamma risklarni qabul qilish jarayoni oddiy va to‘siqlarsiz bo‘lganda edi, ariza shakllarini to‘ldirish uchun, ehtimol ehtiyoj ham qolmas edi. Binobarin, ariza va polis orasidagi oraliq bo‘g‘in ham mavjud va biz uni “anderrayting”- sug‘urtaga qabul qilish deb ataymiz. Anderraytingning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- sug‘urtaga ilova qilinadigan hamma risklarni baholash;
- ushbu riskni sug‘urta qilish maqbulmi yo‘qligini hal qilish;
- qoplashning muddatlari, shartlari va miqdorini belgilash;
- mukofot miqdorini hisoblab chiqish.
Biz shu erda anderrayting prinsiplari borasida to‘xtalamiz va uning sug‘urta biznesining turli sohalarida qo‘llanishi bilan bog‘liq amaliy tafsilotlarni chuqurlashtirmaymiz.
Xavflari. Sug‘urtaning birinchi vazifasi sug‘urlanuvchi sug‘urta qildirmoqchi bo‘lgan riskni baholash hisoblanadi. Risk xavfi va ta’sir etuvchi omillar farqlanadi. Xavf-bu bevosita yo‘qotishlarga olib keluvchi hodisa, masalan, to‘qnashuv, yong‘in, o‘g‘irlik. Ta’sir etuvchi omil esa-bu risklarning boshlanishi (kirib kelish) chastotasiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yoki aniq risk oqibatidagi og‘irlik bo‘lgan omildir.
Shu tarzda, biz anderraytar risk xavfini baholash zarur deya olamiz. Ta’sir etuvchi omillarning ikki turini hisobga olish zarur: moddiy va nomoddiy omillar
Moddiy omillar- bu sug‘urtalash ob’ektining jismoniy tavsiflari bilan bog‘liq omillar. Misollar keltiramiz:
-mulkning nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi. Bino konstruksiyasiga binolar g‘ishtdan qurilganlariga nisbatan ancha xavfli. Risk xavfiga qarshi avtomatik yong‘inga qarshi tizimgina ta’sir qilishi mumkin
-javobgarlik. Ish joyida xavfli kimyoviy vositalarning mavjudligi uskunalarni himoyalovchi yoki o‘ta chang-to‘zon va shovqindan himoya qilishning mos keluvchi tizimi bo‘lmagani kabi o‘ta yuqori xavfli omil hisoblanadi.
-avtomobil xavfi. Masalan, tijoratchilar kabi avtomobillarda tez-tez yuradigan odamlar mashinani boshqarish (haydash) ko‘ngilli vaqt o‘tkazish deb hisoblovchilarga nisbatan yuqoriroq risk xavfiga duchor bo‘ladilar. Mashina saqlanadigan yoki undan odatdagiday foydalaniladigan joy ham uning buzuq emasligi va qiymati kabi risk xavfiga ta’sir etadi.
Muayyan xavfli kasb egalari (masalan, uchuvchilar) ham jiddiy surunkali kasalliqlar bilan og‘rigan odamlar kabi riskning o‘ta yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘ladilar.
Bu misollar sug‘urta ob’ektining jismoniy mohiyatini ochib beradi. Bu misollarda bevosita sug‘urta ob’ekti bilan bog‘liq xavflarga urg‘u berildi, sug‘urta qilinuvchining o‘zi esa e’tiborga olinmadi. Ularga nomoddiy ta’sir etuvchi omillar bog‘liq.
Nomoddiy omillar sug‘urta ob’ektiga nisbatan sug‘urtalanuvchining maqsadi va hatti-harakati bilan ko‘proq bog‘liq. Nomoddiy xavflarning birinchi manbasi sug‘urtalanuvchining o‘zi hisoblanadi va sug‘urtalovchi buni riskni baholashda hisobga olishi lozim. Quyida psixologik (ruhiy) xavfga uchta misol keltirildi.
- psixologik xavfning eng ko‘p tarqalgan misollaridan biri sug‘urtalanuvchi tomonidan ehtiyotkorlikning bo‘lmasligi hisoblanadi. Agar risk sug‘urtalangan bo‘lsa, ehtiyotkorlik va hushyorlik qilishga zarurat yo‘q deb o‘ylaydigan odamlar ham bor. Odatda, sug‘urta polislarda sug‘urtalanuvchiga yo‘qotishlarning oldini olish yoki ularning miqdorini eng kam darajaga keltirish maqsadida hamisha hushyor bo‘lishni yuklovchi majburiyatlar bor, boshqacha aytganda, u sug‘urta qilinmagan kabi harakat qilishi zarur. Ammo juda ko‘p haydovchilar yo‘llarda harakatlanish qoidalarini buzadilar, ish joylari zarur holatda saqlanmaydi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishmaydi, avtomobillariga signalizatsiya qo‘yishmaydi va boshqalar.
Xavflilikning nomoddiy omili doimiy ravishda zararni qoplash talab (da’vo) qiluvchi shaxs ham bo‘lishi mumkin. Bunday odamlar sug‘urtani investitsiyaning bir turi, har yili sug‘urta badallarini olish mumkin degan fikrda bo‘ladilar. Odatda, bunday odamlar bilan e’tiroz bildirilgan taqdirda, munosabatlarni yo‘lga qo‘yish qiyin.
Yana bir misol, nohalol (halol bo‘lmagan) sug‘urtalanuvchidir. Uning halol emasligini ariza berishi yoki e’tiroz bildirishi jarayonida sezish mumkin. Bunday sug‘urtalanuvchilarning e’tirozlari o‘ta yuqori talablar bilan bo‘ladi.



Download 239.82 Kb.
  1   2   3




Download 239.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Umumiy sug‘urtada anderrayting asoslari

Download 239.82 Kb.