202-guruh talabasi Raxmatova Kumushoyning Kiber xavfsizlik fanidan 1-mustaqil ish 1-Mavzu. Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili




Download 46.88 Kb.
bet1/6
Sana21.06.2022
Hajmi46.88 Kb.
#24171
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mustaqil;
Mustaqil ish. T. mexanika, 1-mustaqil ma\'ruza

202-guruh talabasi Raxmatova Kumushoyning
Kiber xavfsizlik fanidan 1-mustaqil ish
1-Mavzu. Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili.
1. «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy ximoyasi to'g'risida». O'zbekiston Respublikasining konuni. 1994 yil 5 may. Toshkent.






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARI UCHUN YARATILGAN DASTURLAR VA MA’LUMOTLAR BAZALARINING HUQUQIY HIMOYASI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar:
Oldingi tahrirga qarang.
ma’lumotlar bazasi — obyektiv shaklda ifodalangan hamda elektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin bo‘ladigan tarzda bir tizimga solingan ma’lumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui;
EHM uchun yaratilgan dastur — obyektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va ko‘rsatmalar majmui;
(1-moddaning birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
boshlang‘ich matn — birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator qayta ishlamagan matn;
obyekt kodi — boshlang‘ich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida yuzaga kelgan dastur;
EHM uchun yaratilgan dasturni dekompilatsiya qilish — EHM uchun yaratilgan dasturning tarkibiy tuzilishi va kodlanishini o‘rganish maqsadida obyekt kodini boshlang‘ich matnga aylantirishni o‘z ichiga oladigan texnikaviy usul;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining adaptatsiyasi — yuzaga kelgan muayyan sharoitda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining ishlashini ta’minlash maqsadidagina amalga oshiriladigan hamda (dekompilatsiya qilish oqibatida) muallifning boshlang‘ich matni o‘zgarishiga olib kelmaydigan qo‘shimchalar kiritish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash (qayta ishlash) — ularni adaptatsiya deb hisoblanmaydigan va boshlang‘ich matn o‘zgarishiga olib keladigan har qanday tarzda o‘zgartirish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan nusxa olish — EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini har qanday moddiy shaklda bitta yoki ko‘proq nusxada tayyorlash hamda ularni EHMning xotirasiga yozish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini tarqatish — EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining har qanday moddiy shaklda, shu jumladan tarmoqlar vositasida va boshqa usullar yordamida, shuningdek sotish, prokatga berish, ijaraga topshirish, qarzga berib turish, jumladan ushbu maqsadlarning istalgani uchun import qilish yo‘li bilan olingan nusxalaridan foydalanishni ta’minlash;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini bosib chiqarish (e’lon qilish) — EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining nusxalarini muallifning roziligi bilan nomuayyan shaxslar doirasiga berish (shu jumladan EHM xotirasiga yozish va bosma matn chiqarish yo‘li bilan berish);
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish — ularni bosib chiqarish, ulardan nusxa olish, ularni tarqatish hamda xo‘jalik muomalasiga (jumladan, modifikatsiyalashtirilgan shaklda) kiritish yuzasidan boshqa harakatlarni amalga oshirish. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining bosib chiqarilganligi to‘g‘risidagi xabarlarni ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish deb e’tirof qilinmaydi.
Huquq egalari — muallif, — uning merosxo‘rlari, shuningdek qonun yoki shartnoma asosida mutlaq shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslar.
2-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Huquqiy himoya obyekti
Ushbu Qonun EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini mualliflik huquqi obyektlari sirasiga kiritadi.

Download 46.88 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 46.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



202-guruh talabasi Raxmatova Kumushoyning Kiber xavfsizlik fanidan 1-mustaqil ish 1-Mavzu. Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili

Download 46.88 Kb.