2022 yildan boshlab o‘qituvchilarga bir qancha imtiyozlar berilishi kutilmoqda




Download 20.6 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi20.6 Kb.
#16972
Bog'liq
imtiyozlar
2 5467433092236973909, 1655196537 (1), Cценарий, Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги, amaliy kta, amaliy ish, Арқонда сакраш3, Massalar tasir-WPS Office, Закон-действующих-масс-124093, Jamoat binolari. Qodirova, Документ Microsoft Word, магист Календар режа намуна 2023 3 (4), Bipolyar tranzistorlardan tashkil topgan kuchaytirgichlar., Mashina mexdoc

2022 YILDAN BOSHLAB O‘QITUVCHILARGA BIR QANCHA IMTIYOZLAR BERILISHI KUTILMOQDA

2022 yildan boshlab pedagog xodimlarga yer, mol-mulk solig‘i hamda kommunal to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilib, ularga uy-joy hamda avtotransport vositalarini sotib olish uchun bir qancha imtiyozlar berilishi mumkin.

Bu haqda “2022-2026 yillarda Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida nazarda tutilgan.

❕Mazkur farmon loyihasida pedagog xodimlarga asosan quyidagi imtiyozlar berilishi nazarda tutilmoqda:

👉pedagog va boshqa xodimlarga yer va mol-mulk solig‘i hamda kommunal xizmatlarga haq to‘lash bo‘yicha 50 foiz miqdorida imtiyoz beriladi;

👉umumta’lim maktablari rahbariyati va pedagoglari uchun shahar yo‘lovchi transportidan foydalanishida 50 foiz chegirma beriladi;

👉Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan ro‘yxat asosida tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog va xodimlarga uy-joy sotib olish uchun 3 yillik imtiyozli davr hamda yillik 3 foiz stavkasi bilan 20 yil muddatga ipoteka kreditlari ajratiladi;

👉xalq ta’limi tizimidagi xodimlarga har yili umumiy xodimlar soniga nisbatan bir foizdan kam bo‘lmagan miqdorda foizsiz muddatli to‘lov asosida avtotransport vositalarini sotib olish imkoniyatini yaratiladi;

👉15 yildan ortiq tizimda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar hamda oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarni bir yilda bir marta imtiyozli shartlarda sanatoriy-kurort sharoitida davolanishga yuboriladi.
⚡2023 YIL 1 YANVARDAN BOSHLAB AYRIM O‘QITUVCHILARNING OYLIK MAOSHI KESKIN OSHIRILISHI MUMKIN

“2022-2026 yillarda Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida aytilishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarining oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

🔰YA’ni malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning oylik maoshi quyidagicha oshiriladi:

👉2023 yil 1 yanvardan boshlab oliy toifali o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 100 foizga;

👉birinchi toifali o‘qituvchilarning oylik maoshi 50 foizga.

👉2023 yil 1 sentabrdan boshlab oliy hamda birinchi toifali o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalari yana 50 foizga.

👉2024 yil 1 sentabrdan boshlab oliy toifali o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga;

👉birinchi toifali o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 25 foizga oshirish nazarda tutiladi.

❕Shuningdek, milliy yoki xalqaro sertifikatsiya belgilangan yuqori talablariga javob beradigan o‘qituvchilarni qo‘shimcha rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi. Bunda:

👉2022 yil 1 sentabrdan tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 50 foiz miqdorida;

👉2023 yil 1 sentabrdan B2 va undan yuqori xorijiy tilni (ingliz, fransuz, nemis) bilish darajasiga ega bo‘lgan STEM (fizika, kimyo, biologiya, informatika, matematika, geografiya) fanlari o‘qituvchilariga qo‘shimcha 50 foiz miqdorida har oylik ustamalar qo‘llash nazarda tutiladi.

MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA MUHIM ISHLAR AMALGA OSHIRILADI

Kecha, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1201) Yig‘ilishda sohani kompleks rivojlantirish va isloh qilishga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari surildi.

❕Prezident o‘tkazgan videoselektorda asosan quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:

👉O‘qitish metodikasi, darsliklar, partadan tortib, binosigacha to‘liq qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Muallimlarga munosib sharoitlar yaratiladi, ularning bilim va malakasi, dars o‘tishiga talab ham tubdan kuchaytiriladi;

👉Tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab ta’limini isloh qilish kengashlari tuzilib, Respublika kengashiga shaxsan Prezident rahbarlik qiladi;

👉Joriy yilning o‘zida 527 ta maktabni qurish va rekonstruksiya qilishga 2,5 trillion so‘m ajratiladi. Yangi qurilayotgan maktablarda quyosh paneli va issiq suv kollektorlari bo‘ladi;

👉Yuqori malakali, o‘z ustida doimiy ishlaydigan muallimlar faoliyatini yangi yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratiladi. Ularning ish haqi ham sezilarli darajada oshiriladi;

👉Oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni oliygohlarda tayyorlash tizimi ham tubdan takomillashtiriladi. Buning uchun Toshkent shahridagi 5 ta hamda hududlardagi 17 ta pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliygohlarning fakultetlari doimiy tarzda maktablarga biriktiriladi;

👉Xalq ta’limi vazirligiga kelgusi ikki yilda barcha maktab o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqib, darsliklarni ilg‘or tajribalar asosida, to‘liq yangilash vazifasi qo‘yildi;

👉Endi barcha maktablarda vatanparvarlik darslari tashkil etiladi. Shu sababli harbiy ta’lim muassasalari, “Temurbeklar maktablari”, harbiy qism ofitser va serjantlarini barcha maktablarga, birinchi navbatda ijtimoiy-ma’naviy muhiti og‘ir bo‘lgan 400 ta maktabga biriktiriladi;

👉Har bir maktabda baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik yo‘nalishlarida to‘garaklar va badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etilishi belgilandi. Shuningdek, maktabni bitirgan bola kamida bitta kasb bilan birga bitta milliy cholg‘u asbobini chalishni bilishi shart bo‘ladi.

ENDI O‘QITUVCHI LAVOZIMIGA ISHGA QABUL QILISHDA ULARDAN MAXSUS SERTIFIKATGA EGA BO‘LISH TALAB ETILISHI MUMKIN

«2022-2026 yillarda Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasida aytilishicha, 2023 yil 1 sentabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablariga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilinishida fuqarolar belgilangan namunadagi mahalliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi joriy qilinadi.

Bunda 2022 yil 1 martga qadar Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi har bir fan kesimida milliy yoki xalqaro sertifikatlarni hamda ularning tegishli darajalarini belgilash bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qiladi.

Bundan tashqari pedagogika yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun ham belgilangan namunadagi mahalliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talab etiladi.



Shuningdek, har bir fan kesimida belgilangan talabdan yuqori darajada milliy yoki xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilarga qo‘shimcha ustamalarni belgilashni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqiladi.
Download 20.6 Kb.




Download 20.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2022 yildan boshlab o‘qituvchilarga bir qancha imtiyozlar berilishi kutilmoqda

Download 20.6 Kb.