Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida




Download 41,27 Kb.
bet1/2
Sana16.05.2024
Hajmi41,27 Kb.
#236973
  1   2
Bog'liq
“Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq (VMning 320-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 17.04) soliqlarni to’li va o’z vaqtida undirilishini ta’minlashda soliq organlarining asosiy vazifa va funksiyalari
Iqtisodiy taraqqiyot вакант жой беришХисобчи , portal.guldu.uz-С тилида программалаш асослари, mobil-ilovalarni-ishlab-chiqishda-qo-llaniladigan-dasturiy-vositalar, 4 mavzu to\'plam dekart ko\'paytma, Elektronika va sxemalar deadline pdf, 1795292, Abdulla Avloniy ijodida axloq mavzusi va uning mohiyati, Aholi daromadlari

Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq (VMning 320-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 17.04) soliqlarni to’li va o’z vaqtida undirilishini ta’minlashda soliq organlarining asosiy vazifa va funksiyalari nimalardan iborat?
Hukumat qarori (320-son, 17.04.2019) bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, Qo‘mita soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Qo‘mita Hukumatga bo‘ysunadi va rais boshchilik qiladi. Rais Bosh vazir taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Nizom bilan Qo‘mitaning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari aniq belgilab berildi.
Qo‘mita soliq to‘lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Shuningdek Qo‘mita, soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib borishi lozim.
Qo‘mitaning samaradorligi muntazam baholanadi.
Soliq tekshiruvlari va mavzuli-ekspress o‘rganishlar boshqarmasi, Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va ularning hududiy tuzilmalari hamda Hududlararo inspeksiya xodimlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida ustamalar belgilanadi.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ularning soliq majburiyatidir. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, o‘ziga nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘z vaqtida o‘tkazish majburiyati soliq majburiyatiga tenglashtiriladi.
Soliq qonunchiligiga muvofiq zimmasiga soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari soliq to‘lovchilardir.
Ularga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

  • soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va soliq hisobotini tuzish;

  • hududiy Davlat soliq inspeksiyasiga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;

  • soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan vaqtda hududiy Davlat soliq
    inspeksiyasiga soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etish;

  • hududiy Davlat soliq inspeksiyasining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarish, shuningdek, mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik;

  • soliqlar va to‘lovlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarish, hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa soliqqa oid majburiyatlar.

Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich ta’kidlaganlaridek, “Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‘lashdan manfaatdor bo‘lishi zarur”.
Soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida tushumini ta’minlashning obyektiv zarurligiga tegishli bo‘lgan holatlarni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lib o‘rganishning maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash uncha murakkab emasdir.
Dastlabki yoki birinchi bosqich o‘z ichiga qadimgi dunyo davridan o‘rta asrlarning boshlariga tegishli bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, bu davrlarda soliqlarni byudjetga o‘z vaqtida undirishning obyektiv zarurligi tan olingan bo‘lsa-da, davlatning o‘zi bu vazifani bevosita bajarmagan. Soliqlarni undirish quyi bo‘g‘inning, shahar yoki jamoalarning, ko‘pchilik hollarda esa sotib oluvchilarning yordami tufayli amalga oshirilgan. Bu bosqichda soliqlarning undirilishi ustidan davlat nazorati o‘rnatilmagan.
Ikkinchi bosqichda (XVI-XIX asrning boshlarida) mamlakatlarda davlatning moliyaviy tashkilotlari paydo bo‘ladi. Bu davrda davlat soliq undirishga xos bo‘lgan soliqqa tortish kvotasini o‘rnatish, soliqlarning undirilish jarayonini nazorat qilish, uning undirilish chegarasini belgilash kabi funksiyalarni o‘z zimmasiga oladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu ikkinchi bosqichda ham, sotib oluvchilarning soliqlarni undirishdagi roli kattaligicha qolavergan.
Sotib oluvchilarning xizmatidan foydalanishning ma’nosi shundan iboratki, egri (bilvosita) soliqlar, favquloddagi soliqlar yoki yangidan joriy etilayotgan soliqlarning ayrimlari ularning aniq bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida savdoga qo‘yilgan. Soliq uchun kim eng yuqori bahoni belgilasa, soliqni undirish huquqi o‘shanga sotilgan. Undan so‘ng esa sotib oluvchi u yoki bu soliqni undirish borasida davlat vakolatiga ega bo‘lgan holda o‘zining yordamchilari bilan birgalikda soliq undirish huquqini sotib olishda ketgan xarajatlarni qoplash va foyda olish maqsadida soliqni undirib olish bilan shug‘ullangan. O‘z mexanizmida juda katta kamchiliklarga ega bo‘lishiga qaramasdan davlat ana shu tartibdan uzoq yillar davomida foydalangan va uning bu tarzda ish tutishining asosiy sabablaridan biri soliqlarning o‘z vaqtida byudjetga tushumini ta’minlashning obyektiv zarurligi bilan belgilanadi.
Soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida tushumini ta’minlashning ahamiyati quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi.
Birinchidan, soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida tushumini ta’minlash byudjetdan qilinadigan ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarini (maorif, sog‘liqni saqlash va sport, fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy ta’minot va boshqalar) o‘z vaqtida moliyalashtirish imkonini beradi.
Ikkinchidan, aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish xarajatlarining o‘z vaqtida byudjetdan moliyalashtirilishi ham byudjetga soliqlarning o‘z vaqtida tushumini ta’minlashning ahamiyatini ko‘rsatuvchi yana bir omildir. Agar aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning asosiy qismi so‘nggi yillarda kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga mo‘ljallanganligi inobatga olinsa, bu narsa soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida tushumini ta’minlashning naqadar ahamiyatli ekanligini yana bir bor yaqqol ko‘rsatadi.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining mutanosib rivojlanishini ta’minlashdan davlatning o‘zi ham manfaatdor bo‘lganligi uchun byudjetdan ham ma’lum bir xarajatlarning qilinishini taqozo etadi, bu xarajatlarning byudjetdan o‘z vaqtida amalga oshirilishini soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida tushumini ta’minlamasdan amalga oshirish mumkin emas.
To‘rtinchidan, yuqorida uchinchi punktda qayd etilgan holat bilan bir vaqtning o‘zida davlat iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini ustuvor rivojlanishini ta’minlash maqsadida byudjetdan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish uchun ham kattagina hajmdagi xarajatlarni amalga oshirishga majburdir, bu muammoni ham soliqlarni byudjetga o‘z vaqtida tushumini ta’minlamasdan turib bajarib bo‘lmaydi.
Beshinchidan, soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida tushumini ta’minlanmasligi davlat hokimiyati, boshqaruv va sud organlari hamda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarini saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning, rezerv fondini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning va byudjetdan qilinadigan boshqa xarajatlarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bularning barchasi soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida tushumini ta’minlashning ahamiyati naqadar katta ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Qo‘mita xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, ushbu Nizom, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom bilan aniqlanadi.
Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni kiritish;
2) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
3) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni, ma’lumotlarni, ma’lumotnomalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan bepul so‘rash va olish;
4) Qo‘mita va uning tasarrufidagi tuzilmalari o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida davlat mulkini belgilangan tartibda bir tuzilmadan boshqa tuzilmaga tezkor boshqaruv huquqi asosida o‘tkazish;
5) Qo‘mita, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyasi va tasarrufidagi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, mukofotlash tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
6) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
7) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
8) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasining manfaatini belgilangan tartibda ifoda etish;
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish bo‘yicha sud tartibida choralar ko‘rish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni moliyalashtirish, shuningdek, mazkur kichik bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:

  • ushbu soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;

  • soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

  • soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda. Soliq organi mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilinishi uning o‘zi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turadi;

  • soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash;

  • ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolar qo‘llash.

  • aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi;

  • soliq to‘lovchilar tomonidan noqonuniy olingan mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risida ularga nisbatan sudga da’volar taqdim etish;

  • o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini sud tartibida undirish;

  • davlat ulushlari bo‘yicha dividendlarni va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan Davlat budjetiga ajratmalarni undirish;

  • soliq to‘lovchi majburiyatlarining bajarilishi zarurligi to‘g‘risida va soliq qarzini majburiy tartibda undirish bo‘yicha ko‘riladigan choralar to‘g‘risida soliq to‘lovchiga talabnoma yuborish;

  • soliq to‘lovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun mobaynida yozma ariza bermagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalarini soliq qarzini, shu jumladan ular bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligiga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;

  • O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan holatlarda hujjatlarni, agar ular chet tilda tuzilgan bo‘lsa, notarial tasdiqlagan holda davlat tiliga tarjima qilishni talab qilish;

  • yuridik shaxslarning foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar summasi hisob-kitob bo‘yicha budjetga to‘lanadigan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, joriy to‘lovlarni soliqlarning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qayta hisoblash.

Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash: a) takroran; b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa: bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa: bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘liq to‘langan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarorini yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining sodir etilgan jinoyat haqidagi xabarini olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning byudjet oldidagi soliq qarzlarini quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganishimiz mumkin:
-joriy soliq qarz summasi; majburiy undiruvga qaratilgan qarz summasi; muddati uzaytirilgan qarz summasi;
-soliq tekshiruvi yoki soliq nazorati o‘tkazilishi natijasida aniqlangan
soliq qarzi summasi; umidsiz qarz summasi.
Joriy soliq qarz summasi – bunday soliq qarzlari asosan xo‘jalik yurituvchi subyektlarining kelgusi davr uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari hisoblanishi yoki to‘lovlarni qisqa muddatlarga kechikishi natijasida vujudga keladi. Majburiy undiruvga qaratilgan qarz summasi – bu o‘z vaqtida belgilangan muddatlarda to‘lovlar amalga oshirilmaganligi sababli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning byudjet oldidagi soliq qarzlarini to‘lash imkoni bo‘lmagan hollarda paydo bo‘ladi. Mahsulot jo‘natgan, xizmat ko‘rsatgan yoki boshqa ishlarni amalga oshirgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitor qarzlari paydo bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning bankdagi hisob raqamiga mablag‘lar kelib tushmaganligi sababli korxona byudjetga to‘lovlarni amalga oshira olmaydi. Ammo, amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun to‘lov amalga oshirilishiga qarab emas, balki jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarga qarab soliq turlari bo‘yicha soliqlar hisoblanadi hamda korxona tomonidan hisob-kitoblar belgilangan muddatlarda soliq organlariga taqdim etiladi.
Bu hisob-kitoblar davlat soliq organlarida ularning shaxsiy varaqalariga kiritiladi. O‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilmaganligi sababli, korxonalarning davlat byudjeti oldida soliq qarzlari vujudga keladi va to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 110-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng penya hisoblanishi natijasida soliq qarzi va jarima summalari ortib boradi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mazkur soliq qarzini undirish bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda majburiy undiruv choralarini amalga oshiradilar. Amaldagi Soliq kodeksining 120 moddasiga muvofiq soliq qarzini undirish choralariga quyidagilar kiradi: soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish; soliq qarzini boshqa mol-mulk hisobidan undirish.
Soliq to‘lash majburiyatiga ega bo‘lgan soliq to‘lovchi uni to‘lashga doir to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatuvchi bankka, o‘zining bank hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, Soliq kodeksida belgilangan to‘lov muddatidan kechiktirmasdan taqdim etishi shart. Agar soliq to‘lovchida to‘lanmagan soliq qarzi mavjud bo‘lsa, soliq organi unga soliqlarni to‘lash muddati o‘tganidan keyin uch kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma yuboradi.
Agar yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxs soliq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa, soliq organi soliq qarzini Soliq jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. Undirish to‘g‘risidagi arizaga soliq organining talabnomani ta’minlash tartibida javobgarning mol-mulkini xatlash haqidagi iltimosnomasi ilova qilinishi mumkin. Undirish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi u sudga berilgan kundan kechiktirmay soliq organi tomonidan soliq qarzi undirilayotgan jismoniy shaxsga yuboriladi.
Davlat soliq organlari soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan to‘lovlarni to‘liq davlat byudjetiga o‘tkazilishini nazorat qilishda albatta soliq qarzlarini sodir bo‘lishiga sababchi bo‘ladigan holatlarni chuqur tahlil qilib lozim bo‘lgan hollarda tegishli mansabdor shaxslarga ular haqida amaliy tavsiyalar berishlari bu tavsiyalarga soliq to‘lovchining munosabatini nazorat qilib borishlari odatda ijobiy natija beradigan omillardan hisoblanadi.
Soliq qarzining vujudga kelishi soliq munosabatlarida sodir bo‘ladigan o‘ziga xos huquqbuzarlik yoki soliq to‘lovchining bevosita faoliyatiga tegishli moliyaviy munosabatlar oqibatida sodir bo‘ladi va davlat byudjeti daromadlariga sezilarli darajada zarar keltiradi. Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etmaslikning har qanday alomatlari soliq qarzini keltirib chiqarishi mumkin. Qonunbuzarlikning bosh omili hisob-kitobni to‘g‘ri yuritmaslikdan boshlanadi. Shu tufayli hisob-kitob, ayniqsa buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritish bo‘yicha qattiq talabni korxona rahbari va bosh buxgalter zimmasiga yuklashni yanada kuchaytirish, javobgarlikni oshirish hozirgi kun davr talabi bo‘lib hisoblanadi. Agar davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar yoki o‘tkazilgan soliq nazorati shakllari tahliliga nazar tashlaydigan bo‘lsak, soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni hisoblab chiqarishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilishi va buning natijasida ular katta miqdorda moliyaviy jarima to‘lab, iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishini ko‘pgina mamlakatlar soliq amaliyotida uchratishimiz mumkin.

Download 41,27 Kb.
  1   2




Download 41,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida

Download 41,27 Kb.