24-ma’ruza. Simsiz sensor tarmoqlari. Ularni qurishda qo’llaniladigan texnologiyalar, sensor tarmoqlariga qo’yiladigna talablar, sensor tarmoqlarining standartlari




Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana12.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#38028
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
24-ma’ruza. Simsiz sensor tarmoqlari. Ularni qurishda qo’llanila



24-MA’RUZA. Simsiz sensor tarmoqlari. Ularni qurishda qo’llaniladigan 
texnologiyalar, sensor tarmoqlariga qo’yiladigna talablar, sensor 
tarmoqlarining standartlari 
 
SST tipik arxitekturalari va topologiyalari. SST arxitekturasi ikki turga 
ajraladi: bir turdagi (bir rangli) ierarxik (klasterli). Tarmoqning birdek turda 
bo„lishi shundaki, unda barcha tugunlar xabarni yig„ishda, qayta ishlashda va 
uzatishda bir hildagi vazifani bajaradi. Ushbu uslub optimal marshrutizasiyaning 
bajarilishini ta‟minlaydi. Ma‟lumotlarni etkazib berish marshrutning ba‟zi 
kriteriyalari bo„yicha eng samarali yo„li bilan bajariladi, va bu holat tejamkorlikni 
ta‟minlash bilan birga energiya (uzatish marshrut bo„yicha, energiyaning yuqori 
zapasi bilan bajariladi) va vaqt (uzatish eng qisqa marshrut bo„yicha yuz beradi) 
kabi muhim resurslarni tejaydi. Kritik ahamiyatdagi ma‟lumotlar uchun uzatish 
eng ishonchli yo„l bilan tashkil etiladi. Ma‟lumotlarni agregatlash, agar zarur 
bo„lsa, xabarning muvofiqlashtiruvchiga yo„nalishi bo„yicha yuz beradi. Agar 
tarmoq bunday tarzda tashkil etilsa, tugunlar orasidagi aloqaning tuzilishi spontan 
holatda yuz beradi, va bu paketlarning bir biriga to„qnashishi va uzatishning 
tanlangan yo„lida joylashgan, tinch holatdan chiquvchi tugunlar bilan bog„liq 
bo„lgan to„siqlarning yuzaga kelishiga olib keladi. 
Ierarxik marshrutizasiya (daraxtsimon) alternativ usul hisoblanadi. Ushbu 
tuzilishda tarmoq klaster deb nomlanuvchi sohalarga ajraladi. Klaster 
marshrutizatorni va oqirgi tugunni yuzaga keltiradi va ulardan sensor 
ma‟lumotlarni so„rov qiladi (25.1-rasm). Har bir klaster ichida marshrutizator o„z 
klasteridan xabarni to„planishiga, o„ning qayta ishlanishiga va kelasi uzatilishiga 
javob beradi. Klasterning boshqa tugunlari faqat ma‟lumotlarni yig„ish va o„larni 
marshrutizatorga uzatishni amalga oshiradi. 
24.1-rasm. SST klaster tuzilishi 
Shu tariqa, ierarxik tarmoqda tugunlar birdek emas. Birinchidan, 
ma‟lumotlarni agregirlash marshrutizatorlarda yuz beradi, ikkinchidan
agregirlangan ma‟lumotlarni uzatish faqat marshrutizatorlarda bajariladi. Shu 
bilan, marshrutizatorlarni doimiy ravishda ishlatish mumkin bo„lganlikdan, 
uzatishning to„xtab qolish holatlari minimallashadi. Paketlarning bir biriga qarama 
qarshi kelishi, ssilkalarni yaratishning markazlashtirilgan uslubiga ko„ra yuz 
bermaydi. Lekin bunday marshrutizasiya ma‟lumotlarni uzatishning samarali 
yo„lini taqdim etmaydi. Shu bilan birga, marshrutizator vazifasini bajaradigan, 
sensor tugun, ancha ko„p energiyani sarflaydi, va bu o„ndagi batareyaning tezda 
sarflanishiga olib keladi. Shu bilan birga, energiyaning katta miqdoriga ega va 
kuchli hisoblash imkoniyatiga ega, fizik ajratilgan sensorlarni marshrutizator 
sifatida qo„llaydigan arxitekturalar ham mavjud, ammo ushbu usul tor ma‟nodagi 


ilovalar uchun qo„llaniladi. Klaster marshrutizatorlari ma‟lumotlarni bir biriga 
uzatadi, natijada, ma‟lumotlar koordinatorga uzatiladi. Koordinator IP-tarmoq 
bilan aloqada bo„ladi, va ma‟lumotlar oqirgi bor qayta ishlanishi uchun unga 
yo„naltiriladi. Har bir tarmoqda, koordinator sifatida ishlash uchun kamida bitta 
butun FFD funksional qurilmasi bo„lishi kerak. Yana bir rangli yacheykali 
tarmoqlarni yaratish ham mumkin (25.2-rasm). Bunday tarmoqlarda har bir sensor 
tugunning funksional imkoniyatlari birdek. Yacheykali topologiya tarmoqlarning 
o„zini o„zi yaratish va o„zini o„zi qayta tiklash imkoniyati, tuzilishdagi seknsorlar 
qismi ishdan chiqsa tarmoqning yangi tuzilishini spontan tarzda yaratish imkonini 
beradi. Aniqrog„i, har qayday holatda, barcha ma‟lumotlarni qabul qiladigan va 
qayta ishlaydigan, markaziy funksional koordinator tugun, yoki ma‟lumotlarni 
tashqi tugunga qayta ishlash uchun uzatishga beradigan shlyuz zarur. Spontan 
yaratiladigan tarmoqlarni AdHoc nomi bilan yuritadi, va bu termin «aniq holat 
uchun» ma‟nosini beradi. 
24 
24.2-rasm. SST yacheykali tuzilishi 
Sensor tarmoqning mumkin bo„lgan topoplogiyalari 24.2-rasmda berilgan. 
Bir rangli tarmoqlar, tugunlarning har bir juftligi orasida faqat masofa bilan 
cheklangan, erkli topologik tuzilishni (nuqta-nuqta, yulduz) yaratishi mumkin. 
Yacheykali topologiya – bazaviy butun tarzda bog„langan topologiya, unda 
tarmoqning har bir marshrutizatori ushbu tarmoqning boshqa bir nechta 
marshrutizatorlari bilan bog„lanishi mumkin. Ishdan chiqishga qarshi tura olish 
imkoniyati yuqori, lekin murakkab sozlanish imkoniyati hisobidan. 
24.3-rasm. Sensor tarmoqning mumkin bo„lgan topoplogiyalari
Bir rangli yoki piring tarmog„iga (ingl. peer-to-peer, P2P) klasterli daraxt 
misol bo„la oladi. Klasterli daraxt turidagi tarmoq R2R tarmog„ining odatiy holati, 
Nuqta-nuqta 
Yulduzcha 
Yacheykali 
(uyali) topologiya 


undagi ko„plab qurilmalar FFD hisoblanadi. RFD qurilmalari klasterga oqirgi 
tugun sifatida ulanadi. Tarmoqga koordinatordan uzoqlikda joylashgan yangi 
tarmoq qurilmalarini biriktirish uchun, koordinator rejimidagi tarmoqga ulangan 
FFD qo„llanilishi mumkin. Ushbu rejimda ular, PAN koordinator sifatida, 
tarmoqga mayak bilan yangi tarmoq qurilmalarini chaqiradi. Natijada, o„z 
koordinatorini eshitib turgan, tarmoq qurilmalaridan klasterlar hosil bo„ladi. 
Bundan tashqari, klaster haqidagi barcha ma‟lumot PAN koordinatorga tegishli. 
Shu tarzda tarmoq qurilmalaridan multiklasterlar yaratilishi mumkin. 

Download 0.59 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



24-ma’ruza. Simsiz sensor tarmoqlari. Ularni qurishda qo’llaniladigan texnologiyalar, sensor tarmoqlariga qo’yiladigna talablar, sensor tarmoqlarining standartlari

Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish