25-Mavzu: Absorbsiya




Download 18.9 Kb.
Sana07.07.2023
Hajmi18.9 Kb.
#76447
Bog'liq
21, Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.org

25-Mavzu: Absorbsiya

Absorbsiya jarayoni haqida umumiy ma`lumot
Gaz yoki bug` aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha komponentning suyuq yutuvchi moddada tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutuvchi suyuqlik absorbent (yoki sorbent) deyiladi. Teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan ajralib chiqishi desorbsiya deb ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik gazlarni ajratish va sanoatdan chiqarib yuboriladigan gazlarni tozalashda keng qo’llaniladi.
Absorbtiv va absorbentlarning o`zaro ta`siriga qarab, absorbsiya jarayoni ikkiga bo`linadi: fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya.
Fizik absorbsiya jarayonida gazning suyuqlik bilan yutilishi paytida kimyoviy reaksiya yuz bermaydi, ya`ni kimyoviy birikma hosil bo`lmaydi. Agar suyuqlik bilan yutilayotgan gaz kimyoviy reaksiyaga kirishsa, bunday karayon kimyoviy absorbsiya deyiladi.
Ma`lumki, fizik absorbsiya ko`pincha qaytar jarayon bo`lgani sababli, ya`ni suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni bo`ladi. Bunday jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbsiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish, yutilgan gazni sof holda ajratib olish va absorbentni ko`p marta ishlatish imkonini beradi.
Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida ko`plab sohalarda qo`llaniladi. Masalan:
- uglevodorodli gazlarni ajratish, - sulfatlarni ajratib olishda, - azotlarni ajratib olishda,- xloridlarni ajratib olishda, - kislotalar olishda, - ammiakli suvlarni olishda, - gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish
- boshqa hollarda keng miqyosda ishlatiladi.
Absorberlarning tuzilishi
Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro’y beradi. Shu sababdan absorberlarda iloji boricha gaz va suyuqlik o’rtasidagi kontakt (to’qnashuv) yuzasini ko’paytirish zarur. Fazalarning to’qnashuv yuzasini hosil qilish usuliga
ko’ra, absorberlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’linadi: l) plyonkali; 2) nasadkali; 3) tarelkali; 4) suyuqlikni sochib beruvchi.
Plyonkali absorberlar
Plyonkali absorberlar. Bunday absorberlarning tuzilishi ixcham, samaradorligi yuqori bo’lgani uchun ko’proq ishlatiladi.Ushbu absorberlarda fazalarning kontakti qattiq (odatda vertikal) yuza bo’yicha oqayotgan suyuqlikning yupqa qatlamida yuz beradi. quvurli plyonkali absorberning sxemasi ko’rsatilgan.Bu qurilmaning tuzilishi qobiq-quvurli issiqlik almashinish qurilmasiga o’xshash.Absorbent qurilmaning yuqorigi qismidagi quvur to’siqlari orqali quvurlarga maxsus taqsimlagich yordamida bir me’yorda taqsimlanib, quvurning balandligi bo’ylab ichki yuzasidan suyuqlikning yupqa qatlami holida pastga harakat qiladi. Gaz esa quvurning pastki qismidan yuqoriga, yupqa qatlam holida oqib kelayotgan suyuqlikka qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi.
Gazning tarkibidagi tegishli komponentni yutib olgan suyuqlik qurilmaning pastki qismidagi shtutser orqali ajratib olinadi. Gazning inert qismi (ya’ni yutilmay qolgan qismi) qurilmaning yuqorigi shtutseri orqali tashqariga chiqariladi. Absorbsiya jarayonida hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun qobiq va quvurlar orasidagi bo’shliqqa suv yoki sovituvchi suyuqlik beriladi.
Quvurli absorberda gaz bilan suyuqlik o’rtasidagi kontakt yupqa qatlamda (plyonkada) yuz beradi; absorbsiya jarayoni paytida sovib turuvchi issiqlik almashinish yuzasining ustida suyuqlikning tez aralashishi yuz beradi. Shu sababdan bunday qurilmalardan yuqori issiqlik effektiga ega bo’lgan gaz aralashmalaridan kerakli komponentlarni ajratib olishda foydalaniladi.
Qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan plyonkali absorberlarda gazning mumkin bo’lgan eng katta tezligi yuqori qiymatga ega (3-6 m/s). Ushbu absorberlarning gidravlik qarshiligi juda kam. Shu sababli bunday absorberlardan gazning sarfi katta bo’lib, gidravlik qarshilikning qiymati kam bo’lishligi talab qilingan va ajratish darajasi esa yuqori bo’lmagan holatlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Nasadkali absorberlar
Nasadkali absorberlar. Bunday kolonnalar eng ko’p tarqalgan absorberlar qatoriga kiradi. Har xil shaklli va turli o’lchamga ega bo’lgan qattiq jismlar, ya’ni nasadkalar bilan to’ldirilgan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori samaradorlikka ega bo’lgani uchun ular sanoatda keng ishlatiladi. Nasadkali kolonnalarda nasadkalar gaz va suyuqlik o’tadigan tayanch to’rlariga o’rnatiladi.
Qurilmaning ichki bo’shlig`i nasadka bilan to’ldirilgan bo’ladi yoki har birining balandligi 1,5—3m bo’lgan qatlamlar holatida joylashtiriladi. Gaz to’rning tagiga beriladi, so’ngra nasadka qatlamidan o’tadi.Suyuqlik esa kolonnaning yuqorigi qismidan maxsus taqsimlagichlar orqali sochib beriladi,
u nasadka qatlamidan o’tayotganda pastdan berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi.
Kolonna samarali ishlash uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun ko’ndalang kesimi bo’ylab bir xil sochib berilishi kerak.Bu qurilmaning kontakt yuzasi nasadkalar yordamida hosil qilinadi.
Odatda nasadkali absorberlarning diametri 4 m dan ortmaydi. Katta diametrli kolonnalarda gaz va suyuqlikni qurilmaning ko’ndalang kesimi bo’yicha bir me’yorda taqsimlash juda qiyin, shu sababdan katta diametrli absorberlar
samaradorligi ancha kam bo’ladi. Biroq sanoatda diametri 12 m gacha bo’lgan
absorberlar ham ishlatiladi. Nasadkalar sifatida Rashig halqalari, keramik buyumlar, koks, maydalangan kvars, polimer, halqalar, metalldan tayyorlangan to’rlar, sharlar, propellerlar, egarsimon elementlar va boshqalar ishlatiladi.

Download 18.9 Kb.




Download 18.9 Kb.