• 2.Biuret reaksiyasi
  • Mavzuga oid adabiyotlar.
  • 26-Mavzu: Laboratoriya mashg’uloti №6. Oqsillarning sifat reaksiyalari Kerakli jihozlar




    Download 14.48 Kb.
    Sana07.03.2022
    Hajmi14.48 Kb.
    #18412
    Bog'liq
    26-mavzu
    payvandlash ishi, hkhkh — копия, 1 – laboratoriya ishi Mavzu ims tayyorlash texnologiyasi va kla, 54-maktab 03.02.2024 xolatiga

    26-Mavzu: Laboratoriya mashg’uloti №6. Oqsillarning sifat reaksiyalari
    Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar, shisha tayoqcha, pipetka, plastirk taglik, probirka qizdirgich, elektron taqozi, tomchi analiz uchun to’plam,
    Kerakli reaktivlar: 1 dona tuxum oqi, konsentrlangan HNO3eritmasi, 10%li ishqor va 2%li mis kuporosi eritmasi, qo’rg’oshin (II) asetat eritmasi
    Ishning borishi.
    1.Probirkaga 2-3 ml oqsil modda eritmasidan (bu eritma 1 dona tuxum oqini 150 ml suvda eritib tayyorlanadi)olib unga konsentrlangan HNO3 dan 1-2 ml qo’shing va bu aralashmani ohistalik bilan qizdiring.Bunda oqsil moddasi bir joyga to’planib oladi va sariq bo’yalish ro’y beradi.Probirkadagi aralashmaga ammiak eritmasidan qo’shganda sariq rangli eritma to’q sariq rangga bo’yaladi. Bunday bo’yalish oqsil moddalar tarkibida aromatik yadrolari (fenil-alanin, tirozin, triptofan) borligini ko’rsatadi.
    2.Biuret reaksiyasi
    Probirkaga 2-3ml oqsil modda eritmasidan quyib 1-2 ml 10%li ishqor ,1-2 tomchi 2%li mis kuporosi eritmasidan qo’shganda qizil-binafsha bo’yalish ro’y bersa, oqsil moddasi tarkibida peptid bog’i (-CO-NH-)borligini ko’rsatadi.
    3. Oqsillardagi oltingugurt aniqlash.
    Probirkaga qo’rg’oshin (II) asetat eritmasidan 0,5 ml quyib,o’yuvchi natriy eritmasidan qo’shiladi.Bunda qo’rg’oshin (II) gidroksid cho’kmaga tushadi.Ikkinchi probirkaga 2-3 ml oqsil eritmasi va shuncha plumbit eritmasi quyiladi.Probirkalardagi eritmalarni aralashtirib, qaynaguncha 2-3 minut qizdirilsa, qora cho’kma hosil bo’ladi.Bu qo’rg’oshin (II)- sulfidi hosil bo’lganligini ko’rsatadi.
    Mavzuga oid adabiyotlar.
    1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
    2. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Organik kimyo. 10–sinf darsligi, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.
    3. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
    4. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
    5. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
    6. S.Masharipov, I.Tirkashev. Kimyo Toshkent, «O`qituvchi», 2008.
    Download 14.48 Kb.




    Download 14.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    26-Mavzu: Laboratoriya mashg’uloti №6. Oqsillarning sifat reaksiyalari Kerakli jihozlar

    Download 14.48 Kb.