• N = 0,01n2 + 10n
  • 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilish. Saralashga doir misollarni hal qilish




    Download 86 Kb.
    bet1/6
    Sana25.03.2022
    Hajmi86 Kb.
    #18917
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis
    xudo xoxlasa tushadi99%, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)

    3-labarotoriya ishi
    Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilish. Saralashga doir misollarni hal qilish.

    Ma‟lumotlarni kompyuterda qayta ishlashda elementning informatsion maydoni va uning mashina xotirasida joylashishini bilish zarur. Shu maqsadda ma‟lumotlarni saralash amalga oshiriladi. Demak, saralash – bu ma‟lumotlarni kalitlari bo„yicha doimiy ko„rinishda mashina xotirasida joylashtirishdan iborat. Bu yerda doimiylik ma‟lumotlarni massivda kalitlari bo„yicha o„sishi tartibida berilishi tushuniladi.


    Ma‟lumotlarga qayta ishlov berilayotganda ma‟lumotning informatsion maydonini hamda uning mashinada joylashishini (adresini) bilish zarur.
    Saralashning ikkita turi mavjud: ichki va tashqi:
     -ichki saralash - operativ xotiradagi saralash;
    - tashqi saralash – tashqi xotirada saralash.
    Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta hajmni egallasa, u holda ularni almashtirishlar katta sarf (vaqt va xotira ma‟nosida) talab qiladi. Ushbu sarfni kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda faqatgina ma‟lumot ko„rsatkichlari almashtirilib, massiv o„z joyida qoladi. Bu usul adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi. Saralanayotganda bir xil kalitlar uchrashi mumkin, bu holda saralangandan keyin bir xil kalitlilar boshlang„ich tartibda qanday joylashgan bo„lsa, shu tartibda qoldirilishi maqsadga muvofiq bo„ladi (Bir xil kalitlilar o„zlariga nisbatan). Bunday usulga turg„un saralash deyiladi.
    Saralash samaradorligini bir necha mezonlar bo„yicha baholash mumkin:
     saralashga ketgan vaqt;
     saralash uchun talab qilingan operativ xotira;
     dasturni ishlab chiqishga ketgan vaqt.

    Birinchi mezonni qarab chiqaylik. Saralash bajarilganda taqqoslashlar yoki almashtirishlar sonini hisoblash mumkin.


    Faraz qilaylik, N = 0,01n2 + 10n – taqqoslashlar soni. Agar n < 1000 bo„lsa, u holda ikkinchi qo„shiluvchi katta, aks holda ya‟ni, n > 1000 bo„lsa, birinchi qo„shiluvchi katta bo„ladi.
    Demak, kichkina n larda taqqoslashlar soni n ga teng bo„ladi, katta n larda esa n2 ga teng bo„ladi.
    Saralashda taqqoslashlar soni quyidagi oraliqlarda bo„ladi:
    dan gacha; – ideal holatda.
    Saralashning quyidagicha usullari bor:
     qat‟iy (to„g„ridan-to„g„ri) usullar;
     yaxshilangan usullar.
    Qat‟iy usullarning afzalliklarini ko„rib chiqaylik:
    1. Bilamizki, dasturlarning o„zlari ham xotirada joy egallaydi. To„g„ridan-to„g„ri saralash usullarining dasturlari qisqa bo„lib, ular tushunishga oson.
    2. To„g„ridan-to„g„ri saralash usullari orqali saralash tamoyillarining asosiy xususiyatlarini tushuntirish qulay.
    3. Murakkablashtirilgan usullarda uncha ko„p amallarni bajarish talab qilinmasada, ushbu amallarning o„zlari ham ancha murakkabdir. Garchi yetarlicha katta n larda ulardan foydalanish tavsiya etilmasada, kichik n larda mazkur usullar tezroq ishlaydi.
    Shu joyni o„zida qat‟iy usullarni ishlash tamoyillariga ko„ra 3 ta toifaga bo„lish mumkin:
    1. To„g„ridan-to„g„ri qo„shish usuli (by insertion);
    2. To„g„ridan-to„g„ri tanlash usuli (by selection);
    3. To„g„ridan-to„g„ri almashtirish usuli (by exchange).

    Download 86 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilish. Saralashga doir misollarni hal qilish

    Download 86 Kb.