3-Laboratoriya ishi Mavzu: Sementbeton qoplamalarni qurishda ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash Ishdan maqsad




Download 44.82 Kb.
Sana21.10.2023
Hajmi44.82 Kb.
#89499
Bog'liq
3-laboratoriya ishi. metrologiya
cc4778en

3-Laboratoriya ishi
Mavzu: Sementbeton qoplamalarni qurishda ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash


Ishdan maqsad: Amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan sementbeton qoplamalirini qurishda siqatni nazorat qilishni o‘rganish.


ShNQ03.06.03-08 ga asosan sementbeton qoplamalarini qurishda quyidagicha sifatining nazorati olib boriladi:
12.57. Sementbeton qorishma tayyorlanganda quyidagilar naozrat qilinadi:
- doimo beton qorishma tayyorlashning texnologik rejimlariga rioya qilish;
- smenada kamida bir marta GOST 10181.0, GOST 10181.1, GOST 10181.2, GOST 10181.3 talabi bo‘yicha yutilgan havoning hajmi, joylashuvchanlik ko‘rsatgichi, ish qorishmasidagi kimiyoviy qo‘shilmalar tarkibi, betonning siqilishga mustahkamligi uchta namunasini sinash, RSTUz 10180 ga binoan namuna tayyorlash va uni saqlash, RSTUz 8269 va RSTUz 8735 ga binoan to‘ldirgichlarning namligi (shu qatorda yog‘ingarchilik bo‘lganda);
- qorishmalarning sifati o‘zgarganda (joylashuvchanligi, yutilgan havoning va boshqalar) beton qorishmasidagi tarkiblarni me’yorlashni beton qorishtirgichga zavod tayyorlovchi tomonidan yuborilgan ko‘rsatmaga asosan nazorat tortish, qum, chaqiq tosh yoki shag‘alning GOST 10060 bo‘yicha sifati; Sementni, to‘lg‘azuvchilarni, qo‘shimchalarni va suvni me’yorlovchilar ishini tekshirishni o‘rnatilgan qoidaga asosan bajarish.
Betonning cho‘zilishdagi egilishi GOST 13015 bo‘yicha, siqilishga mustahkamligi RST Uz 742 bo‘yicha baholanadi.
12.58. Qoplamalar va asoslarni monolit betonlardan qurilganda quyidagilar nazorat qilinadi:
- doimiy- betonlash texnologik jarayonini va uni parvarishlashning talabiga rioya qilinishini, choklarni tayyorlash va germetizatsiyalash, armaturalarni va qistirmalarni chokka to‘g‘ri qo‘yish, qoplama yuzining bir tekislikdagi va chet qiyalarning mustahkamliigi;
- betonlashni boshlashdan oldin tortilgan sim va rels oliplarni to‘g‘ri o‘rnatilganligi;
- smenada 1 martadan kam bo‘lmagan va beton yotqizilayotgan joydagi qorishmaning sifatini o‘zgarganida- betonning mustahkamligini uchta nazorat namuna balka tayyorlab sinash, yaxshi joylashish va 12.57. band talabiga asosan yutilgan havoning hajmi, hamda yangi yotqizilgan betonni parvarishlash ishlarini parda xosil qiluvchi materiallar bilan 20x20 cm o‘lchamdagi qoplama qismining sifatini (beton yuzidan kasallangan pardani suv bilan yuvish, qolgan suvni olib tashlash, 10% tuzli kislota yoki 1% li fenolftalin qorishmani quish, 100 sm2 parda yuzasida ko‘pi bilan ikki nuqtada ko‘chirish yoki qizdirish nazorat etiladi).
Qattiq beton qorishmasining katok bilan zichlangandagi zichlanishni, har bir kilometrda 3 ta namunani 7.36 band talabiga nazorat qilinadi.
Har smenada qoplamaning va asosni ravonligini tekshiriladi.
12.59. Yig‘ma temirbeton qoplamalar qurilganda, 1.13 bandga qo‘shimcha quyidagilar tekshirilishi lozim:
- doimo plitalarni va birlashish elementlari ko‘rinishdagi butunligi ulashnishdagi payvandlashning va choklarni to‘ldirish sifati, qurilishdagi texnologik usulga rioya qilinishi, har smenada kamida bir marta plitalarning asos bilan birlashishni (tekislovchi qatlam)ni 100 yotqizilgan plitalarning qirralarini bir-biridan yuqori yoki pastligi bo‘ylama chokda 3 ta ko‘ndalang kesimda, ko‘ndalang choklarda esa 1 km da 10 ulanishda.

Konstruktiv bo‘lak, ish turi va nazorat o‘lchamlari

Baholash shartlari

“yaxshi”

“a’lo”




2.2. Qoplamani eni(yig‘ma monolit qoplamalar uchun shart emas)

2.2.1

Sementobeton asos va qoplamalar, tosh qoplamalar

Aniqlash natijalarini 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatgichlari loyihalanadigan 7,5 dan 10sm gacha, qolganlari ±5 sm gacha farq qilishi mumkin

Aniqlash natijalarini 5% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatgich-lari loyihalanadigan 7,5 dan 10sm gacha, qolganlari ±5 sm gacha farq qilishi mumkin

2.3.Qatlam qalinligi

2.3.2

Asos va qoplamalarning turlari

Aniqlash natijalarini 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatgichlari loyihalanadigan minus 22(15) dan ±30(20) mm gacha, qolganlari ±15(10) mm gacha farq qilishi mumkin

Aniqlash natijalarini 5% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatgich-lari loyihalanadigan minus 22(15) dan ±30(20) mm gacha, qolganlari ±15(10) mm gacha farq qilishi mumkin

2.4

Ko‘ndalang nishablari

Aniqlash natijalarini 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatgichlari loyihalanadigan minus 0,015(0,10) dan ±0,030(0,015) gacha, qolganlari ±0,010(0,005) gacha farq qilishi mumkin

Aniqlash natijalarini 5% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatgichlari loyihalanadigan minus 0,015(0,10) dan ±0,030(0,015) gacha, qolganlari ±0,010(0,003) gacha farq qilishi mumkin

2.6

Monolit sementbeton asos va qoplamalarida chok yonidagi plitalar yuzasining birbiridan farqi

Aniqlash natijalarining 5% dan ko‘p bo‘lmagan o‘lchovda reyka tagida bo‘shliq 20 mm gacha, qolganlarida 10 mm gacha bo‘lishi lozim

Aniqlash natijalarining 2% dan ko‘p bo‘lmagan o‘lchovda reyka tagida bo‘shliq 20mm gacha, qolganlari 10 mm gacha bo‘lishi lozim

Topshiriq: Sementbeton qoplamalarini qurishda og‘ish qiymatlarini bilish.
Download 44.82 Kb.




Download 44.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Laboratoriya ishi Mavzu: Sementbeton qoplamalarni qurishda ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash Ishdan maqsad

Download 44.82 Kb.