• Amaliy dasturlar paket
  • Muammoli - yunaltirilgan.
  • Stol usti nashriyot tizimlari
  • 3-ma’ruza Mavzu: Amaliy dasturlar va ularning imkoniyatlari




    Download 232.41 Kb.
    bet1/4
    Sana21.02.2022
    Hajmi232.41 Kb.
    #17917
      1   2   3   4
    Bog'liq
    3 ma’ruza Mavzu Amaliy dasturlar va ularning imkoniyatlari 1
    6. EA , 1. MB - dekabr

    3-ma’ruza
    Mavzu: Amaliy dasturlar va ularning imkoniyatlari. Kompyuter amaliy dasturiy ta’minotining vazifasi, tarkibi va strukturasi. Hujjatlar bilan ishlash dasturiy vositalari.
    Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga mansub
    bo’lgan dasturlar kiradi.
    Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo’lib, u qandaydir muammoli
    sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo’ljallangan bo’ladi.
    Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri
    amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir.
    Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik
    mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini
    yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi.
    Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va
    u keyin ham aniq yo’nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining
    dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o’zining hujjatlariga ega va
    operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko’pgina paketlar integrasiyaning
    shaxsiy vositalariga ega.



    Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid masalalarni yechishga oid o’zaro
    bog’langan dasturlar majmui.
    1)Muammoli - yunaltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan
    berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo’llaniladi.
    2)Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlab
    chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo’llaniladi.
    3)Umumyo’naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari, grafik
    muharrirlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter
    texnologiyalarini qo’llab-quvvatlovchi tizimlar.

    4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta’minlaydi. U o’zida
    organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar, taqdimotlar)ni,
    tarjimonlarni, matnni anglash kabi vositalarni mujassamlashtiradi.
    5) Stol usti nashriyot tizimlari - funksional jihatidan birmuncha kuchli
    bo’lgan matn prosessorlari.
    6) Su’niy intellekt tizimlari. U o’zida tabiiy tilda muloqat qilishni qo’llab quvvatlovchilarni; turli xil vaziyatlarda foydalanuvchilarga tavsiyalar bera oladigan ekspert tizimlarini; dasturlashtirishsiz amaliy masalalarni yechuvchi intellektual amaliy dasturlar paketlarini qamrab oladi.

    Download 232.41 Kb.
      1   2   3   4




    Download 232.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-ma’ruza Mavzu: Amaliy dasturlar va ularning imkoniyatlari

    Download 232.41 Kb.