3-Ma’ruza Mavzu: O‘lchash vоsitalarini xatоliklari




Download 346,55 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2024
Hajmi346,55 Kb.
#240281
  1   2
Bog'liq
3-Ma’ruza
CHILANGARLIK ISHLARI TEST, taqdimot Zilolaxon Malaka ishi, Икки тармоқли реактор ёрдамида тез ўзгарувчан юкламали ЭИ лар борлигида кучланишни ростлаш мумкин, 12-маъруза, EE-01-20 albom, 4 amaliy, Avtomatika, Book · January 014 citations reads 4,111 authors Some of the au, Calendar plan-Avtomatik loyihalashning zamonaviy tizimlari (5), rasshirovka elektrod 2, 9-EPTJ, Как вычислить коэффициент корреляции , Лекция-8-Корреляция.-Метод-наименьших-квадратов, File, REZINA

3-Ma’ruza

Mavzu: O‘lchash vоsitalarini xatоliklari


Avtomatik elementlaming kirish kattaliklari, kirish siginallari deb ataladi va x harfi bilan belgilanadi. Elementlaming chiqish kat­ taliklari, chiqish siginallari, deb ataladi va Y harifi bilan belgilanadi.
Avtomatik elementlaming kirish va chiqish siginallari qiymatlari vaqt davomida o 4zgarmas bo‘lgan rejim statik rejim deyiladi.
Avtomatikaning barcha elementlarining asosiy xarakteristikasi ulaming statik o‘zgarishi koeffitsiyentidir.
bu yerda: Yt , Xt - chiqish va kirish siginallarining turg‘un rejimidagi qiymati.
Avtomatika elem entlari tizim ning eng asosiy qismi boMib, quyidagi funksiyalardan birini bajaradi:
  • nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko‘rinishdagi signalga o‘zgartirish (birlamchi o‘zgartgich - datchiklar);
  • bir energiya ko‘rinishidagi signalni boshqa energiya ko‘ri- nishdagi signalga o‘zgartirish (elektrom exanik, term oelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va hakozo o‘zgartgichlari);
  • signal tabiatini o‘zgartirmasdan uning kattaliklarini o‘zgartirish (kuchaytirgichlar);
  • signalning ko‘rinishini o ‘zgartirish (analog-raqam, raqam analog o‘zgartkichlari).
  • signalning formasini o ‘zgartirish (taqqoslash vositalari);
  • mantiqiy operatsiyalarni bajarish (mantiqiy elementlar);
  • signallami taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar);
  • signallami saqlash (xotira va saqlash elementlari);
  • program m ali signallami hosil qilish (programmali elementlar);
  • bevositajarayonga ta’sirqiluvchi vositalar (ijrochi elementlar);

Avtomatika elem entlarining funksiyalari har xil boMganiga qaramay, ularning param etrlari umumiy hisoblanadi va ularga
quyidagilar kiradi:
  • statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari;
  • uzatish koeffitsiyenti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya koeffitsiyentlari);
  • xatolik (nostabillik);
  • sezgirlik chegarasi. 

  • Ko‘rinish bo‘yicha avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari uch guruhga ajratiladi:
  • chiziqli
  • uzluksiz nochiziqli
  • nochiziq uzlukli.

Avtomatika elementining ishlash sharoitlari turg‘unlashmagan, ya’ni X va U qiymatlari vaqt davomida o‘zgarilayotgan payti dinamik rejim deyiladi. Chiqish qiymatining vaqt davomida o‘zgarishi esa dinamik tavsifnomasi deyiladi. Avtomatika elementlari ma’lum inersionlikka ega, ya’ni chiqish signali kirish signaliga nisbatan kechikishi bilan o‘zgariladi. Elementlarning bu xususiyatlari avtomatik tizimining dinamik rejimidagi ishini aniqlaydi.
Avtomatika elementining yana bir muhim tavsifnomasi - ele­ment (kirish kattaligi o‘zgarishiga bog‘lik bo‘lmagan) chiqish kattaligining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan o‘zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab atrof-muhit haroratining, ta’minlash kuchlanishining o‘zgarishi va kabilar bo‘lishi mumkin. Element tavsifnomalarining o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladigan xato nostabillik deb ataladi.
Ba’zi elementlarning chiqish va kirish kattaliklari o'rtasida ko‘p qiymatli bogManish mavjud. Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab boMishi mumkin. Bunda kattalikning har bir kirish qiymatiga uning bir necha chiqish qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu hodisa bilan bog‘liq.
Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli darajada o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lgan qiymati sezgirlik chegarasi deyiladi.
1.5-rasm. Sezgirlik chegarasini aniqlash sxemasi: a) o‘lik yo‘l mavjud bo‘lgandagi element tavsifi; b) releli xususiyat mavjud bo‘lgandagi element tavsifi.
Avtomatika elementlari mustahkamlik bilan ham xarakterlanadi. Elementlaming sanoat ekspluatatsiyasida o‘z parametrlarini yo‘l qo‘yiladigan chegarada saqlash qobiliyatiga mustahkamlik deb ataladi. Mustahkamlik elementni loyihalash vaqtida hisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan so‘ng eksp 1uatatsiya jarayonida sinaladi.
1.6-rasnu Element xatoligini aniqlovchi sxema.
Elementlar ishlayotgan vaqtda chiqish qiymati у ichki xusu- siyatlar yoki tashqi omillar sababli talab qilingan qiymatidan og‘ishi mumkin, bunda, element tavsifi o‘zgarishi sodir bo‘ladi (rasm dagi^ egrilik). Ushbu og‘ish absolyut yoki nisbiy xatolik boMishi mumkin. Har bir elem entning umumiy va asosiy tavsifnomasi uning o‘zgartirish koeffitsiyenti, ya’ni element chiqish kattaligining kirish kattaligigaboMgan nisbatiga teng. Avtomatik tizimlaming elementlari miqdor va sifat o ‘zgartirishlarni bajaradi. Miqdor o‘zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsiyentlami nazarda tutadi.
Sifat o ‘zgartirishda bir fizikaviy kattalik ikkinchisiga o ‘tadi. Bu holda o‘zgartirish koeffitsiyenti element sezgirligi deyiladi.
S tatik xarakteristika - bu elementlam ing statik rejimidagi chiqish kattaligi N ning, kirish kattaligi X ga funksional bog‘liqligidir, yani y=f(x). Statik xarakteristikalar chiziqli yoki nochiziqli bo‘lishi mumkin.
1.7-rasm. avtomatika elementlaming statikxarakteristikalari.
Chiziqli statik xarakteristikasi rasm 1.7 a da tasvirlangan. Rasm
1.7 b statik xarakteristika nochiziqli deyladi. Rasm 1.7 с statik xarakteristika releli detalda. Bazi elementlarda kirish kattaligining kichik qiymatlarida chiqish kattaligi 0 ga teng (rasim 1.7 d). Ularda faqat kirish kattaligi i x> \a\ bo‘lgandagina chiqish kattaligi o‘zgara boshlaydi. Bu yerda kirish kattaligining x=a qiymat i - sezgirlik chegarasi deyiladi.
kattaligi o‘zgara boshlaydi. Bu yerda kirish kattaligining x=a qiymat i - sezgirlik chegarasi deyiladi.
1.8-rasm. Kirish kattaligini sakrashsimon о 'zgarishida elementdagi о ‘tish jarayoni: a) inersionlik bo‘lmaganda; b, v) inersionlik mavjud bo‘lganda.
Dinamik harakteristika: sistemaning bir turg‘un holatidan kirish va chiqish kattaliklarining qiymatlari boshqa bo‘lgan ikkinchi holatga o‘tadi. Dinamik rejim yoki o‘tkinchi jarayon deyiladi, ya’ni kirish kattaligi x va chiqish kattaligi у lar vaqt davomida o‘zgaradi. Bunda x va у kattaliklarning o‘zgarish jarayoni qaysidir t=to., vaqt chegarasidan boshlanadi va inersion va noinersion rejimlarda baja- rilishi mumkin. Inersionlik bo‘lmagandagi x va у ning o‘zgarish jarayoni 1.8, a rasmda keltirilgan grafik bilan tavsiflanadi.

Download 346,55 Kb.
  1   2




Download 346,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Ma’ruza Mavzu: O‘lchash vоsitalarini xatоliklari

Download 346,55 Kb.