3-mavzu. Elektron xujjatlarga amaliy dasturlar yordamida ishlov berish texnologiyalari




Download 35.35 Kb.
Sana29.09.2020
Hajmi35.35 Kb.
#11794

3-mavzu. Elektron xujjatlarga amaliy dasturlar yordamida ishlov berish texnologiyalari.


        1. Muxarrir dasturlar, elektron xujjatlar yaratishning ko’p foydalanuvchini rejimi. Gipermatn texnologiyalari.

        2. Nashriyot tizimlari. Latex, Texnotex, Publisher. Konvertorlar, tarjimon dasturlar. Promt, ABBYY FineReader.

        3. Billing tizimlarini ishlab chiqarish korxonalari, axborot va iqtisodiy xizmatlarda qo’llash.

        4. Avtomatlashtirilgan hisoblash tizimlarida qo’llanilishi. Konvergent Billing tizimi.

1. Muxarrir dasturlar, elektron xujjatlar yaratishning ko’p foydalanuvchini rejimi. Gipermatn texnologiyalari.


Word 2007/2010 dasturida elektron hujjatlarni ko’rib chiqishning bir qancha turli-tuman vositalari mavjud:

- bular elektron hujjat holati

- hujjatlarni ko’rib chiqishning eng optimal tizimi;

- hujjat tuzimi -bu hujjatning xohlagan qismiga tez vaqtda kirish imkoniyatini beradi;

- giperssilkalar - internet bilan ishlash uchun;

- hujjat foni - hujjatni yanada yoqimliroq qilish uchun ishlatiladi;

- matn animatsiyasi;

- aylanish doirasi orqali ob’ektlar bo’ylab harakatlanishi;

- hujjat masshtabini aylanib, o’zgarishini ta’minlovchi «sichqoncha» tipidagi moslama Microsoft Intelli Mouse hisoblanadi.

Word 2007 dasturida elektron pochta xabarlarini taxrirlash imkoniyati ham mavjud. Buning vositalari - giperssilkalarni avtomatik yaratish, hujjat tuzimidan xabarlar muallifi, nom xabarida ko’rsatilgan manzil kitobiga kirish huquqi, Word Mail xabarlarini avtomatik shakllantirish, Word Mail shablonlaridir.


Gipermatn hujjatlarini yaratish va ulardan foydalanish.

Word dasturida Web va Internetda ishlash uchun mo’ljallangan bir qancha turli-tuman vositalar mavjud.

Web bilan aloqa - bu internet zanjiri va Webdagi juda ko’p bo’lgan hujjatlar, matnlarni yaratish va ko’rib chiqish uchun xizmat qiladi.

Uning vositalari - Giperssilkalar, ya’ni har qanday fayl bilan aloqa bog’lash, har qanday hujjatlarni tez izlash, ochish, o’qish uchun xizmat qiluvchi Web paneli, suratlarni siqib qisqartirishdir.

Web varaqlarni tahrirlash bu - Web-varaq ustasi, tovush bilan ta’minlash, videoyozuv, surat, yugurib yuruvchi satr (begushaya stroka) yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, markerlar, gorizontal chiziqlar, HIML shakllar (Visual Basic boshqaruvchi elementlar to’plami), HIML kodlar ham katta rol o’ynaydi.

Elektron vositalar yordamida esa Wordning Web bog’lamidagi hujjatlar bilan ishlanadi.

Bir yoki bir necha foydalanuvchining birga ishlashi

Word 2007/2010 dasturida ishchi guruhlarning ishi samaradorligi va ishlab chiqaruvchanligini oshiruvchi yangi imkoniyat va vositalar paydo bo’ldi:

bular - lahjalar yaratish ya’ni, hujjat ustida ishlashning tarixini olib borish, hujjatga kiritilgan o’zgarishlar tavsifi va muallifini aniqlab olishdir;

- hujjatlarning qo’shilishi barcha o’zgarishlarining qo’shilishi, yagona hujjat barpo etilishidir;

- eslatmalar va aytib turishlar yordamida esa ko’rsatkich qo’yilgan oblast ajratilib, retsenzent to’g’risida va h.k. ma’lumotlar berib boriladi.

Retsenziya paneli - bunda yuqorida aytilgan barcha qulayliklar teng ravishda aks ettiriladi va hujjat elektron pochta orqali yuborilishi mumkin.

Word dasturida bundan tashqari, lokal lahjada matnni bir necha tilda ochish mumkin.

Ma’lumki, hech narsa o’zgarishsiz qolmaydi, Microsoft Word dasturi ham kundan kunga rivojlanib bormoqda. Bu esa bizning oldimizga yangi-yangi imkoniyatlarni ochmoqda.

Word dasturida yuqorida aytib o’tilgan o’zgarishlardan tashqari yana buyruqlar nomlanishi, ba’zi operatsiyalarning nomlari ham shaklan o’zgargan.

Lekin, o’ylaymizki, bular tajribali foydalanuvchi uchun qiyinchilik tug’dirmaydi.




2. Nashriyot tizimlari. Latex, Texnotex, Publisher. Konvertorlar, tarjimon dasturlar. Promt, ABBYY FineReader.
Ko’p hollarda Word 2007 tahrirlovchilarda terilgan matnlar Word 2007 ga to’g’ri kelmasligi mumkin. Bu holda konvertor ya’ni (o’tkazuvchi) dasturdan foydalanish kerak. Bunda o’qish jarayonida Word 7.0 avtomatik ravishda dokument Word ni so’raydi. OK bosilsa, matn bemalol o’qiladi.

Keyingi paytda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya’ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.

Rizograf esa asl maket shaklida kompyuterda tayyorlangan, chop qilish uchun ishlatiladi va u minutiga o’rtacha 130 sahifani chop qilishi mumkin. Rizograflarning ham turli xillari mavjudligi va turli chop qilish tezligiga egaligi va asosan rangli ekanligini eslatamiz.

Rizograflardan tashqari, kichik nashriyotda lazer printeri ham bo’lishi lozim. Undan mashinka sifatida foydalanishni aslo unuting. U faqat kompyuterda tayyorlangan asl maketni bir nusxada chiqarish uchun lazer printerda chop qilish sifati yaxshi bo’lganligi va so’ngra uni rotariatda, rizograflarda, katta bosma qurilmalarida chiqarish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, kichik nashriyotda muqovalovchi, qog’oz­larni kesuvchi, broshyuralovchi va boshqa qurilmalar bo’lsa, u to’la qonli nashriyot bo’ladi.

Kichik nashriyotda kam nusxada (200-300) mahsulot chiqarish qimmatga tushadi. Shuning uchun nusxalar soni 2000 dan ko’proq bo’lgani yaxshi. Aks holda, bo’yoq masalasi, qimmatbaho plyonkalarni har safar sotib olish muammosi tug’iladi. Bundan tashqari, rizograf va lazer printerlarda sifatli qog’oz ishlatilishi lozim.

Asl maketlarni tayyorlashda hozirgi zamon dasturlash vositalari Quark XPress, PostScript, PAGE MAKER nash­riyot tizimlaridan foydalaniladi. Turli formulali matnlarni (matematika, fizika, ximiya) tayyorlashda TEX va uning keyingi lahjalari LATEX tahrirlovchi dasturlardan foydalanish dunyo ilmiy amaliyotida keng qo’llaniladi. Bunday tahrirlovchilar kompyuter xotirasida ko’p joy olmaydi. Quark XPress, PAGE MAKER tizimlari katta hajmdagi xotiraga ega bo’lgan kompyuterda ishlashi mumkin bo’lsa, LATEX tizimi hatto 286 protsessorida ham bemalol ishlatiladi. Bu esa uning juda katta afzalligidir.

Shu bilan birga LATEX konferentsiyalar tezislari, chop etish, hatto ko’p hajmli maqola va kitoblarni elektron pochta orqali jo’natish oson.

WORD protsessorida tayyorlangan ma’lumotlar kompyuter xotirasida joy egallaganligi tufayli unda elektron pochta orqali xatlar jo’natish maqsadlarida foydalanish Latex ga nisbatan uncha tejamli emas.




Maxsus amaliy dasturlar. Tex, Latex xaqida umumiy tushunchalar.
TEX va LATEX matn muharririda ishlash

TEX – ilmiy-texnikaviy matnlar bilan ishlashga mo’ljallangan tahrirlovchi dastur.. Amaliy matematika bo’yicha yirik mutaxassis mashhur D.E.Knut tomonidan Stanford Universitetida ishlab chiqilgan. TEX da tayyorlangan hujjatlarning sifati yaxshiligi, keng imkoniyatliligi, turli sohalarga oid formulalar, shu jumladan matematik formulalarni yozish uchun qulayligi, fayllarining xotiradan kam joy egallashi xususiyatlari bilan muhandis, ilmiy-texnik xodimlar ayniqsa ilm ahli tomonidan keng qo’llanila boshladi. Keyinchalik Lesli Lamport LATEX deb ataluvchi, TEX ning imkoniyatlari kengaytirilgan tizimini ishlab chiqdi. Hozirgi kunda LATEX-1, LATEX-2, LATEX-2E, AMS (Amerika matematigi jamiyati) LATEX kabi lahjalari foydalanuvchilarga keng tarqalgan. LATEXda tayyorlangan matnlarni kompyuter tarmoqlari (elektron pochta va h.k.) orqali uzatish ham har tamonlama qulay.

Shuning uchun ham, hozirgi kunda o’tkazilayotgan xalqaro ilmiy anjumanlar, xalkaro ilmiy jurnallar aynan LATEX tizimida tayyorlangan matnlarni qabul qilmoqda. LATEXning TEX dan farq qiluvchi jihati, hujjat turini ko’rsatish mumkinligidadir.

LATEX hujjat turlari asosan quyidagilar:

Maqola (article)- kichik hajmdagi hujjatlar yoki maqola tayyorlash uchun mo’ljallangan. Bunda matn boblarga ajratilmaydi va alohida titul varag’iga ega emas.

Ma’ruza (repolt)- katta hajmdagi texnik hujjatlarni tayyorlashda ishlatiladi. Oldingi turdan farqi - boblarga ajratish va alohida titul varag’iga ega.

Kitob (book)- kitob matnlarini tayyorlash uchun mo’ljallangan. Bunda matn varaqning har ikkala tomoniga ham chop etiladi.

Xat (letter)- turli xildagi (adres, sana va h.k.) xatlar tayyorlash mumkin.


LATEX hujjatining umumiy tarkibi

LATEXda doimo yozilishi shart bo’lgan bir nechta buyruq mavjud. LATEX hujjati asosan ikki qismdan iborat bo’ladi:

1.Bosh qismi (priambula).

a) Bu qismda dastlab |documentstyle [x] {hujjat turi} buyrug’i yoziladi.

Bunda [X] - belgilar o’lchovini bildiradi. Agar [X] yozilmasa,

X=10pt o’lchovli belgilar;

X=11pt bo’lsa, 11pt o’lchovdan 10 foiz katta belgilar;

X=12pt bo’lsa, 12pt o’lchovdan 20 foiz katta belgilar ishlatiladi.

Misol: |documentstyle [12pt] {article}

b) hujjat varag’ining o’lchovlarini berish:

|textwidth{170mm} - eniga 170 mm;

|textheight{240 mm} - bo’yiga 240 mm li varaq hosil qilinadi.

v) Foydalanuvchi xohishiga qarab yangi buyruqlar kiritilishi mumkin: |newcommand{yangi buyruq} {standart buyruq}.

Misol: |newcommand{|be} {|begin{equation}}.

|newcommand{Ve} {Varepsilon}.

2.Asosiy qism. U quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

|begin{document}

<Matn>

|end{document}

Bunda |end{document} buyrug’idan keyin kiritilgan matn, LATEX tizimi ishchi matni hisoblanmaydi.

Demak, LATEX hujjatining umumiy tarkibi:

|documentstyle [A4,11pt] {article}

|textwidth{17sm}

|textheight{24cm}

..................................

|begin{document}



|end{document}

ko’rinishda bo’ladi.

LATEX buyruqlari

LATEX buyruqlari  belgi bilan boshlanadi. Buyruqlar ikki xil bo’ladi: buyruq so’zlar va buyruq belgilar.

Buyruq so’zlar belgi bilan boshlanib, harflardan iborat bo’ladi. Masalan: Latex, quad, |frac, ...

Latex da buyruqlarning katta yoki kichik harflar bilan yozilishi farqlanadi:

|gamma buyruq harfini;

Gamma esa G ni bilidiradi.

Buyruq belgilar  va bitta belgi bilan ifodalanadi.

Misol: |$, |; va h.k.

Oddiy matnni buyruqsiz kiritish mumkin. Oddiy matn kiritayotganda quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim:


  • har bir so’z orasi bitta bo’shliq bilan ajratiladi. Agar 2 ta va undan ortiq bo’shliq tashlansa, 1 ta bo’shliq hisoblanadi.

  • Bo’sh satr tashlansa, abzats tugaganligini bildiradi.

  • «||» yordamida yangi satr boshiga o’tiladi.

  • % dan keyin matn maydoniga izoh kiritish mumkin.

  • Qo’shtirnoq va apostrof belgilari:

, , Apostrof

‘matn’ ‘matn’ bittalik qo’shtirnoq

‘‘matn’’ ‘‘matn’’ ikkitalik qo’shtirnoq

[[matn]] «matn» kirillcha qo’shtirnoq

"matn" "matn" mashina yozuvidagi qo’shtirnoq

Maxsus belgilar

LATEX da maxsus vazifaga ega bo’lgan 10 ta belgi mavjud:

Ularni oddiy belgilar kabi kiritib bo’lmaydi. Ularni matnda ishlatish uchun maxsus buyruqlardan foydalaniladi.





Belgi

LATEXdagi vazifasi

Matnda kiritilishi



|

Buyruq belgisi

$|backlash$



{

Guruhlashning boshi

|{



}

Guruhlashning oxiri

|}



%

Izoh

|%



&

jadval hosil qilish belgisi

|&



|

Bo’linmaydigan bo’shliq

||



$

{matematik formulaning boshi va oxiri}

|$



^

yuqori ko’rsatkich

|^



_

quyi ko’rsatkich

|_



#

Makrosga qo’yish belgisi

|#


Bo’sh joy (bo’shliq) buyruqlari.


Buyruq

Joy kengligi

Nomlanishi




||

Oddiy (so’z o’rtasidagi) bo’sh joy

|

| |

so’z orasidagi bo’sh joy

|

| |

Bo’linmaydigan bo’sh joy

|!

||

juda kichik bo’sh joy

|,

| |

kichik bo’sh joy

|>

| |

o’rtacha bo’sh joy

|;

| |

katta bo’sh joy

|enskip

| |

yarim matematik bo’sh joy

|quad

| |

Matematik bo’sh joy

|qquad

| |

ikki karra matematik bo’sh joy


Shrift turini tanlash

LATEXda quyidagi 8 xildagi shriftni ishlatishi mumkin:




Buyruq

Turi

Nomlanishi

|rm

Roman

To’g’ri («Roman»)

|em

Emphatic

Ajratilgan

|bf

Bold

Qalin

|it

Italic

Kursiv

|sl

Slanted

Og’ma

|sf

Sans Serif

Silliq

|sc

Small Caps

Katta bosma shrift

|tt

Typewriter

Teletayp shrifti

Shrift turi ko’rsatilmagan holda, |rm - avtomatik tarzda tanlanadi. |em shrifti |it kursiv shriftiga ekvivalent bo’lib, matn bo’lagini «ajratib» yozishda ishlatiladi.


Shrift o’lchovini tanlash


Buyruq

O’lchov

Nomlanishi

|tiny

tiny Size

Juda kichik

|scriptsize

script Size

Ko’rsatkichli o’lchovi

|footnotesize

footnote Size

Ko’chirma

|small

small Size

Kichik

|normalsize

normal Size

O’rtacha

|large

large Size

Katta 1

|Large

Large size

Katta 2

|LARGE

LARGE Size

Katta 3

|huge

huge Size

Gigant 1

|Huge

Huge Size

Gigant 2


3. Billing tizimlarini ishlab chiqarish korxonalari, axborot va iqtisodiy xizmatlarda qo’llash. Avtomatlashtirilgan hisoblash tizimlarida qo‘llanilishi. Konvergent Billing tizimi.

Billing tizimi (inglizcha bill – hisobvaraq, billing – hisobvaraq yozib berish) – telekommunikatsiya operatorlari tomonidan abonentlarga hisobvaraqlar taqdim etish va boshqa xizmat yetkazib beruvchilari bilan o’zaro hisob-kitoblar uchun ishlatiladigan har bir mijoz uchun aloqa xizmatlarining qiymatini hisoblaydigan va barcha tariflar va boshqa qiymat tavsiflari to’g’risidagi axborotni saqlaydigan tizimdir. Ular bajaradigan operatsiyalar tsikli billing deb ataladi. Billing tizimi (BT) buxgalteriya tizimi, telekommunikatsiya operatorlari uchun maxsus ishlab chiqilgan dastur ta’minotidan iborat. Billing tizimlari (simli va uyali) telefoniyada ham, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari (internet provayderlar)da ham ishlatiladi, shuningdek IP-telefoniyada ham o’z o’rniga ega. Istalgan BT muayyan ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT) asosida yaratiladi. Dunyodagi ko’pchilik BTlari Oracle MBBT asosida yaratilgan. Boshqa MBBTlar orasidan katta hajmdagi axborot uchun mo’ljallangan Sybase va Informix ni ajratib ko’rsatish mumkin. Quyidagilar esa ba’zi billing tizimlarining nomlanishi: BIS, Flagship, CBOSS, Arbor, Bill-2000-prepaid. SHuni qayd etish lozimki, BT deganda, odatda billingni tashkil etishda ishtirok etadigan apparat ta’minoti ham ko’zda tutiladi.

Billing tizimining bir necha nomlanishi mavjud: AHKT – avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimi; ABT – axborot billing tizimi.

BTning muhim sifatlaridan biri uning moslashuvchanligi, ya’ni o’zgargan vaziyatlarga moslashish qobiliyati hisoblanadi. Moslashuvchan tizim nafaqat operatorning bir fursatli ehtiyojlariga moslashgan, balki sozlanuvchanlik, modullilikvaochiqlilik kabi jihatlar hisobiga istiqboldagi vazifalarni yechishga imkon beradi. Tizim qurilishining modulь tizimi bu shunday tamoyilki, unda butun tizim alohida qismlar (modullar)dan yig’iladi. BT ham shunday qismlar – kichik tizimlardan tashkil topgan. BT, masalan, ma’lumotlarni birlamchi qayta ishlash kichik tizimini, billingni tezkor boshqarish kichik tizimini, mijozlarni xabardor qilish kichik tizimini o’z ichiga oladi. Tizimning ochiqliligi deganda, dasturiy mahsulot boshlang’ich kodining ochiqliligi ko’zda tutiladi hamda bu operatorga kelajakda ishlab chiquvchiga qaram bo’lib qolmaslik va tizimga mustaqil xizmat ko’rsatish va uni zamonaviylashtirishga imkon beradi. BTning moslashuvchanligi bilan avtomatlashgan hisob-kitoblar tizimlarining quyidagi jihati – keng ko’lamlilik uzviy bog’liqdir.

Yuklanish bo’yicha keng ko’lamlilik (masshtablilik). Abonentlar bazasi o’sgan sharoitda, qo’shimcha xizmatlar paydo bo’lganida, BTni o’zgartirish yoki uning dasturiy qismini qaytadan ishlab chiqish zarurati yuzaga kelmasligi kerak. BTning imkoniyatlarini ko’paytirishga tizimning apparat qismini zamonaviylashtirish hisobiga erishilishi kerak. Keng ko’lamlilik tizimlarni loyihalashtirayotganda katta hajmdagi ma’lumotlarga mo’ljallangan MBBTdan foydalanish kerak. MBBT ko’p jarayonli ish rejimini qo’llab-quvvatlashni ta’minlashi uchun turli kompьyuter platformalariga mos kelishi kerak.

Ishonchlilik istalgan tizimga qo’yiladigan asosiy talablardan biridir. BTning ishonchliligi tizimni ishlab chiqishda foydalaniladigan MBBT va texnologiyalarning ishonchliligi bilan aniqlanadi. Amaliy dasturiy ta’minotni yetkazib beruvchisi (ishlab chiquvchi)ning ishonchliligi: uning bozordagi ishlash vaqti va bilvosita ko’rsatkich sifatida telekommunikatsiyalar bozorida u ishlab chiqqan tizimlar mavjudligining foizi ham muhim ahamiyat kasb etadiganlar qatoridadir. Biroq BTning ishonchliligi ularni ishlab chiqishda aniq standartlarga rioya qilinishi bilan ham ta’minlanadi.

Ko’p tillilik – axborotni taqdim etish uchun turli tillarni o’rnatish imkoniyati.

Ko’p valyutalilik – ixtiyoriy valyutalar bilan ishlash imkoniyati.

Kechiqtirilgan billing – hisob-kitoblar amalga oshirilgan qo’ng’iroqlardan keyin amalga oshiriladigan billing.

Tezkor billingda – hisobvaraq balansining o’zgarishi so’zlashuv jarayonida amalga oshiriladi va Sizning hisobvarag’ingizdagi qoldiq to’g’risidagi axborotni qo’ng’iroqdan so’ng darhol olish mumkin.

Billingni optimallashtirish – operatorlar tomonidan o’z BTlarini yaxshilash va takomillashtirish.

Katta BTlari – yirik operatorlar tomonidan qo’llaniladigan tizimlar.

Billingning postingi – billing hisob-kitobining natijalarini qayd etish; hisob-kitoblardan so’ng natijalar foydalanuvchilarga ochiq bo’ladi (jo’natiladi, bosmadan chiqariladi).

BT mijozlar bilan hisob-kitoblarni avtomatlashtirishga mo’ljallanganligi sababli, u shartnomani imzolashdan tortib, to uyali aloqa xizmatlari uchun hisobvaraqlarni yozishgacha avtomatlashtirishni, shu bilan birga to’g’ri qilib avtomatlashtirishni ta’minlashi kerak. Avtomatik xizmatlar va ma’lumotlarni avtomatik yig’ish kichik tizimlari yordamida AHKT abonentlarga o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga imkoniyat berishi kerak. Ba’zi BTlari abonentlarga Internet orqali ulanish buyurtmalarini rasmiylashtirish va xizmatlarga haq to’lashga imkon beradi.

Billingni tashkil qilish sxemasi murakkab emas: ulanishlar va ularning davomiyligi to’g’risidagi axborot kommutator tomonidan yoziladi va birlamchi qayta ishlashdan so’ng hisob-kitob tizimiga beriladi. Hisob-kitob tizimiga tariflar «ma’lum». U chaqiruvni aniqlaydi va zarur hisob-kitoblarni bajaradi, bu bilan abonentning hisobvarag’ini tuzadi. Tabiiyki, tizimning xotirasida nafaqat me’yorlar, tariflar va xizmatlar to’g’risidagi axborot, balki mijozlar, abonentlar va boshqa aloqa xizmatlarini yetkazib beruvchilar (agar shundaylari mavjud bo’lsa) bilan imzolangan shartnomalar, shuningdek turli kanallar va yo’nalishlar bo’yicha axborotni uzatish qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar saqlanishi kerak (tizimda dilerlarning mavjudligi ham ko’zda tutilgan bo’lishi kerak: ularda boshqacha narxlar bo’lishi mumkin, masalan, ulanishga). Bundan tashqari, istalgan BT to’lovlar tarixini saqlaydigan bazaga ega bo’lishi kerak: faqat shu ma’lumotlargina to’lov jarayonini nazorat qilish va abonentlarni faollashtirish (deaktivatsiya) qilishga imkon beradi. BTning bu funktsiyasini himoya funktsiyasi deb ham atash mumkin, chunki u aloqa xizmatlariga haq to’lamaydiganlar uchun ushbu xizmatlardan foydalanishga imkon bermaydi.

BTni funktsional imkoniyatlariga ko’ra, uch toifaga bo’lish mumkin:



  1. transmilliy aloqa operatorlari uchun mo’ljallangan;

  2. buyurtmali milliy ko’lamdagi;

  3. hududiy tarmoqlar uchun o’rta toifadagi tizimlar.

Birinchi toifaga mansub BTlari millatlararo darajada, turli vaqt mintaqalarida o’zaro aloqani ta’minlashi kerak, ya’ni ular ko’p valyutali va ko’p tilli bo’lishi kerak.

Milliy ko’lamdagi buyurtma tizimlari muayyan operatorga mos qilib yaratiladi. Operatorga mavjud hisob-kitob tizimiga mos keladigan yangi BT kerak bo’lib qolishi mumkin. Albatta, bunday birgina tizimlarning qiymati ancha yuqori.

Hudud ko’lamida BT standartlari bilan cheklanib qolish mumkin. Biroq, bu tizimlar ham yuqorida qayd etilgan jihatlar: moslashuvchanlik, keng ko’lamlilik, ishonchlilikka ega bo’lishi kerak. Istalgan BT muayyan aloqa operatorining biznes-jarayoniga tuziladi va sozlanadi, xizmatlarni taqdim etishning texnologik tsikliga mos keladigan o’z funktsiyalari to’plamiga ega, chaqiruvlar va ulanishlar to’g’risida unga axborot yetkazib beradigan muayyan tarmoq jihozi bilan ishlashi mumkin, ya’ni BT «quti» mahsuloti hisoblanmaydi. Lekin amalda barcha BTlarni qo’llab-quvvatlaydigan standart funktsiyalar to’plami ham mavjud. Unga quyidagilar kiradi:


  • boshlang’ich axborotni birlamchi qayta ishlash va tahlil qilish bosqichida bajariladigan operatsiyalar, masalan, ulanishlar va xizmatlar to’g’risida ma’lumotlarni olish funktsiyasi (kommutatorga so’rovlar);

  • tarmoq jihozini boshqarish operatsiyalari: abonentlarni faollashtirish/deaktivatsiya (qamal qilish/qamaldan chiqarish) qilish funktsiyalari va bevosita kommutatorga beriladigan abonentlarni obuna qilish shartlarini o’zgartirish buyruqlari;

  • quyidagilarni o’z ichiga oladigan MBBT ilovasining asosiy funktsiyalari: kommutatorning chaqiruvlar va xizmatlar to’g’risidagi yozuvlarini tarifikatsiya qilish; hisob-kitob tizimi ma’lumotlar bazasining jadvallarini tuzish va tahrir qilish; hisobvaraqlarni taqdim etish va ularni bosmadan chiqarish; hisobvaraqlarning kredit nazorati; hisobotlar tuzish; arxivlash.

Avval aytilganidek, BT moslashuvchanlik yoki modullilikka ega bo’lishi kerak. AHKTning har bir unsuri mijozga xizmat ko’rsatish texnologik zanjirining muayyan uchastkasining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Billingga xos asosiy kichik tizimlar: ulanishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni birlamchi qayta ishlash kichik tizimi, billingni tezkor boshqarish va mijozlarni xabardor qilish kichik tizimi.

Ma’lumotlarni birlamchi qayta ishlash kichik tizimi ulanish to’g’risidagi boshlang’ich axborotni tahlil qiladi, taqdim etilayotgan xizmat toifasi va traffik parametrlari (chaqiruvning yo’nalishi, manbai, o’zaro hisob-kitoblar zonasi, rouming shartlari)ni aniqlaydi. Ushbu kichik tizim tarkibiga ulanishlar to’g’risidagi boshlang’ich axborot dekoderi kiradi. Ushbu kichik tizimning eng murakkab protseduralaridan biri – roumingni qo’llab-quvvatlash. Gap shundaki, turli kommutatorlar (aloqa kanalida axborotni uzatishning turli standartlarini hisobga olgan holda) va billing tizimlarining turli xil formatdagi rouming yozuvlarini ushbu BT foydalanadigan yozuv formatiga o’girish talab qilinadi. Dasturiy ta’minot (DT) operatorlar o’rtasidagi ulanishlar to’g’risidagi barcha yozuvlarga (o’tayotgan trafikka muvofiq) tariflarni belgilaydi va boshqa kichik tizimlar tomonidan abonentlar bilan hisob-kitob qilish, aloqa operatorlarining o’zaro hisob-kitoblari va hisobotlar tuzish uchun foydalaniladigan xizmat jadvallarini yaratadi. Zamonaviy BTlari turli telekommunikatsiya xizmatlarini qayta ishlashga imkon beradi va qulay hisobvaraqlarni taqdim etishni (bir mijoz – bir balans – bir hisobvaraq) ta’minlaydi. Bunga, aloqa turidan qat’i nazar, tarifikatsiya qilishni bajaradigan ulanishlar, trafik va xizmatlar to’g’risidagi boshlang’ich axborotni dastlabki qayta ishlashning «intellektual tizimlari»ni qo’llash hisobiga erishiladi.

Billingni tezkor boshqarish kichik tizimi avtomatik tarzda yoki billing tizimi operatori orqali kommutatorda abonentlarning obuna shartlarini o’zgartirishga, ya’ni muayyan abonentning aloqasini to’sish yoki ushbu to’sishni bekor qilish, xizmatni ulash yoki uzishga imkon beradi. Siz operatorga telefon qilasiz va: «Iltimos, menga ovoz qutisini yoqib bering», deysiz. Sizga: «Iltimos, o’z raqamingizni ayting», deb javob berishadi. Bir necha «iltifot almashuvi»dan so’ng Sizning ovoz qutingiz yoqilgan bo’ladi.

Zamonaviy billingning ajralmas qismi ovoz va elektron xabarlar yordamida mijozlarni xabardor qilish kichik tizimidir. Ushbu kichik tizim xabarlar va e’lonlar jo’natish uchun baza jadvallaridan axborot oladi. Barcha BTlari uchun qayd etilgan funktsional kichik tizimlarga ajratish «qat’iy» hisoblanmaydi. Bu faqat «klassik» AHKTning misolidir.

Billing tizimlarining standartlari. Turli operatorlarning turli BTlari o’rtasida o’zaro tushunishni ta’minlash uchun (masalan, bu roumingda talab etiladi) billing standartlari guruhi ishlab chiqilgan. Asosiy xalqaro standartlar guruhlari 3 tadir.

1. 1998yili ANSI Amerika standartlar instituti ANSI 124 standartini tasdiqladi. ANSI 124ni keyinchalik takomillashtirish va qo’llab-quvvatlash bilan TIA assotsiatsiyasi shug’ullandi. SHundan so’ng, CIBERNET kompaniyasi ANSI 124 standartida xabarlarni uzatishda biznes-jarayonlarning spetsifikatsiyalarini aniqlash uchun ishchi guruh tashkil etdi va bu NSDP-B&S nomini oldi. Ushbu spetsifikatsiyalar telekommunikatsiya operatorlarning biznes-jarayonlari va ANSI 124 standarti bo’yicha kommutatorlar o’rtasidagi ma’lumotlar almashuvida uzatiladigan axborot o’rtasidagi bir ma’noli moslikni o’rnatadi.



2. 1998yili hozirgi vaqtda CIBERNET va uning qo’mitasi CAC-IS tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan birinchi SHimoliy Amerika billing standarti CIBERning ta’rifi e’lon qilindi. Bu qo’mita billing tizimlari ishlab chiquvchilari va telekommunikatsiya operatorlarini birlashtiradi. CIBERni qo’llashning bosh sohasi – AMPS standartidagi uyali tarmoqlar.

3. TAR Yevropa standarti (kelib chiqishi bo’yicha) 1992yili paydo bo’ldi. U TADIG ishchi guruhi tomonidan ko’llab-quvvatlanadi. Yevropaning ko’pchilik operatorlari uchinchi versiyasi mavjudligiga qaramay, TAR2dan foydalanadi. 1995yildan boshlab TD.27 yoki NAGTAP2 spetsifikatsiya sifatida ma’lum bo’lgan TAR2 modifikatsiyasi AQSHda ham qo’llana boshladi.

Download 35.35 Kb.




Download 35.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-mavzu. Elektron xujjatlarga amaliy dasturlar yordamida ishlov berish texnologiyalari

Download 35.35 Kb.