3-mavzu. Intelektual boshqaruv tizimilari. Reja




Download 120.68 Kb.
Sana08.04.2024
Hajmi120.68 Kb.
#191249
Bog'liq
3-mavzu. Intelektual boshqaruv tizimilari. Reja
Boshlang\'ich ta\'lim yo\'nalishi adabiyotlar ro\'yxati - копия, Vasilev 1990 576, Doc1, ijtimoiy pedagogika asoslari(1), 15 Mavzu Hozirgi zamon va din Reja, 3-Mavzu Global korruptsiya ijtimoiy madaniy inqiroz oqibati (1), 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, Feodal. Jamiyat va uning yemirilishi davridagi iqtisodiy talimotlar, uy xo\'jaligi, MBBT, o‘zbekiston respublikasi prezidentining 07 02 2017 y pf-4947-son o‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiya, 29. Русский народный театр , BIOS nima, Intizomiy jazolangan xodimlar, 6-очик дарс Турдиев лотинда



3-MAVZU. INTELEKTUAL BOSHQARUV TIZIMILARI.

REJA:
1. Sun’iy intellekt (SI) rivojlanish tarixi.
2. Intellektual tizimlar maqsadi, funksiyalari va uslublari
3. Ekspert tizimlari.

Intellekt tushunchasi (lot. intellectus) aql, mantiqiy o‘ylash qobiliyati, ratsional anglash va o‘ylash qobiliyati. Ushbu qonuniyatdan kelib chiqib turli xildagi masalalarni xotirada saqlab qolish orqali maqsadli foydalanish va bilimni qabul qilish. Bu intellektual sifatlar tufayli miya faoliyati ko‘plab turdagi masalalarni echishi mumkin, bundan tashqari bir masaladan boshqa maslaga o‘tish jarayonida osonligicha qayta ishlashi mumkin.


“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fani zamonaviy operatsion tizimlar, matnli va jadvalli axborotlarni qayta ishlash dasturlarining funksional imkoniyatlari bilan tanishtirish, qishloq va suv xo‘jaligida axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari va ularni soha masalalariga tadbiq qilish usullarini o‘rgatish, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va ob’ektga mo‘ljallangan dasturlash tillarini o‘qitish, Internet tizimi va lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun amaliy ko‘nikmalarni berish vazifalarini bajaradi.
Sun’iy intellekt (SI) yarim chorak asr davomida fan sifatida o‘rganilmoqda. Birinchi intellektual tizim sifatida nomoyon bo‘lgan tizim bu “Mantiqiy Nazariyotchi” ya’ni ta’riflarni isbotlash va xisoblarni ifoda etish uchun ishlatilgan.
Bu ishlarning ko‘rgazmasi birinchi marta 1956 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan. Dasturni tuzishda taniqli olimlar ishtirok etgan, ular: A.Nyuell, A.Tyuring, K.SHenon, Dj.Lou, G.Saymon, va boshqalar.
Intellektual tizimlar (IT) – bu mashina va inson aloqasini qo‘llab-quvvatlovchi murakkab vazifalarni bajarishda matematik hisoblashlarga asoslangan tizimdir. Sun’iy intellekt intellektual tizimning ajralmas qismi hisoblanadi. Sun’iy intellekt (SI) – intellektual hisob-lanuvchi inson faoliyatining ko‘rinishi aynan qurilmaviy yoki dasturiy modellashtirish vazifalarini echish va qo‘yish doirasidagi ilm-fan yo‘nalishi hisoblanadi.[1] Intellektual axborot tizimlari (IAT) – tabiiy til asosida asosiy vazifani - inson faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va axborot izlovini amalga oshirish uchun bilimlarga yoki kompleks dasturiy hamda mantiqiy-matematik vositalarga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi hisoblanadi.[3]
Intellektual tizimlarning rivojlanish bosqichlari. Intellektual tizimlar o‘zining rivojlanish yo‘lini zamonaviy bosqichlari uch yo‘nalishda boradi.
Birinchi bosqichda izlanish ob’ekti sifatida inson miyasining ishlash mexanizmi va tuzilmasi ko‘riladi, maqsad – insonning fikrlash mohiyatini anglash hisoblanadi. Bu yo‘nalishda izlanishnig zaruriy bosqichi intellektual faoliyat modellarini qurish hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda ob’ekt sifatida sun’iy intellektual tizim olinadi. Bu erda hisoblash mashinalari yordamida intellektual faoliyatni modellashtirish haqida so‘z boradi. Maqsad ba’zi intellektual vazifalarni inson qanday qilib echishi mumkinligi to‘g‘risidagi masalani echish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot yaratishdan iborat.
Uchinchi bosqich inson-mashina yoki boshqacha qilib aytganda interfaol intellektual tizimlarni yaratishga qaratilgan.
Intellektual tizimlarni belgilari. Har bir tizimda bo‘lgani kabi intellektual tizimlarda ham o‘ziga xos belgilari mavjud. Bu belgilar quyida keltirgan:[3]
Rivojlangan munosabat o‘rnatish qobiliyatiga ega.
Qiyin shakllantirilgan murakkab vazifalarni echa olish qobiliyatiga ega. ·
O‘z-o‘zini o‘qitish qobiliyatiga ega. ·
Moslashuvchanlik.
Rivojlangan munosabat o‘rnatish qobiliyati foydalanuvchi bilan tizim orasidagi aloqani ta’minlash yo‘lini (interfeys) nazarda tutadi, xususan intellektual tizim bilan ixtiyoriy so‘rovni iloji boricha tabiiy tilga yaqin tilda shakllantirish imkoniyati tushuniladi.
Qiyin shakllantirilgan murakkab vazifalarni echa olish qobiliyati joriy bilimlar hamda ma’lumotlarni noaniqlik va o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini nazarda tutish uchun aniq vaziyatga bog‘liq bo‘lgan echimning asl algoritmini talab etadi. O‘z-o‘zini o‘qitish qobiliyati aniq vaziyatlarda to‘plangan malakalardan vazifalarni echish uchun bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatida namoyon bo‘ladi.
Moslashuvchanlik – bu predmet sohaning ob’ektiv modelini o‘zgarishlariga mos keluvchi tizimning rivojlanish qobiliyatidir. Turli intellektual tizimlarda yuqorida sanab o‘tilgan belgilar bir xil darajada emas va bu to‘rtta belgi juda kam holda bir xil vaqtda uchraydi. SHartli ravishda har bir intellektual belgiga o‘zining intellektual tizim sinflari mos keladi (1- rasm): ·
Interfeys ·
Ekspert tizimlar ·
O‘z-o‘zini o‘qitish tizimlari ·
Moslashuvchan tizimlar.
Umuman olganda aniq bir ta’rif yo‘qligi sababli intellektual tizimlarni sinflashtirish murakkab vazifa hisoblanadi.
Intellektual axborot texnologiyalarning qo‘llanilishi. Intellektual axborot texnologiyalari (IAT) – bu siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnik vaziyatlarni tahlil qilishda hamda boshqaruv echimlarini sintez qilishni tezlashtirishda insonga yordamlashuvchi axborot texnologiyalaridir.
IAT amaliyotida quyidagi belgilar bilan xarakterlanuvchi muammoli sohaning belgilarini hisobga olinishini nazarda tutadi: ·
Qaror qabul qilishning tezkorligi va sifati; ·
Maqsadlarning noaniqligi va chegaralar; ·
Muammoni hal qilishda ishtirok etuvchi sub’ektlar jamlanmasi; · Muhitning tartibsizligi, kvantlanganligi; ·
O‘zaro ta’sirlashuvchi faktorlar jamlanmasi; ·
Vaziyatlarning kuchsiz shakllantirilganligi, noyobligi; ·
Axborotning layoqatliligi, yashiringanligi va noravshanligi; ·
Kichik harakatlar ahamiyati; · Echim mantig‘ining kutilmaganligi va boshqalar.[4]
Gipermatnli tizimlar matnli ma’lumotlar bazalarida kalit so‘zlar bo‘yicha izlashni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Intellektual gipermatnli tizimlar terminlarni ma’nosini akslantiruvchi murakkab semantik kalit so‘zlarni shakllantirish imkoniyati bilan farqlanadi. Matnli va grafikli, audio hamda video raqamli axborotni o‘z ichiga olgan izlash imkoniyati mavjud.
Kontekstli yordam tizimlarini intellektual gipermatnli va tabiiy til tizimlarining xususiy holi sifatida ko‘rish mumkin. Bu tizimlarda foydalanuvchi muammoni tavsiflaydi, tizim esa qo‘shimcha muloqot yordamida uni aniqlashtiradi va o‘zi tavsiyaviy holatga taaluqli izlashni bajaradi.
Bunday tizimlar bilimlarni tarqatish tizimlari (Knowledge Publishing) sinfiga kiradi va hujjatlashtirish tizimalriga ilova kabi yaratiladi.[1]
Kognitiv grafika tizimlari sodir bo‘layotgan hodisalarga mos holda generatsiyalanuvchi grafikli obrazlar yordamida IAT li foydalanuvchi interfeysini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bunday tizimlar monitoringida va tezkor jarayonlarni boshqaruvida foydalaniladi. Bundan tashqari ular ma’lum harakatlarni bajarish va echimlarni qabul qilishi kerak bo‘lgan vaziyatlarni grafikli obrazlarini modellashtiruvchi o‘rgatuvchi va trenajyor tizimlarida keng qo‘llaniladi.[2]
Axborot texnologiyalarini va tizimlarini yaratishda muammoli vaziyatlar bilan bog‘liq sharoitlarda qaror qabul qilish samaradorligini oshirish uchun IAT shakllantiriladi.
YUqorida aytib o‘tilgan sun’iy intellekt ta’rifi yagona ta’rif emas. Fikrlash jarayonini modellashtirish sohasida ikki mustaqil yo‘nalish mavjud: mantiqiy va neyrokibernetik.
Birinchi yo‘nalish ma’lum muammoli sohada aniq vazifalarni echishda inson aqliy faoliyatini modellashtirish bilan bog‘liq.

SHunday qilib, birinchi yo‘nalish insonning intellektual faoliyatining natijalarini ko‘rib chiqadi, uning tuzilmasini o‘rganadi va bu mahsulotni EHM vositasida amalga oshirishga urinishga intiladi. Birinchi yo‘nalish muvaffaqiyati EHM va dasturlashga chuqur bog‘liq.


Ikkinchi yo‘nalish bosh miya neyronlari kabi funksional elementlar to‘plamidan iborat o‘zinio‘zi tashkillashtiruvchi tizimlarni qurishga asoslangan. Bu yo‘nalish inson haqidagi ilm muvaffaqiyati bilan chuqur bog‘liq. YUqoridagi ikki yo‘nalish modellashtirish bilan bog‘liq: birinchi holatda – immitatsion modellashtirish, ikkinchi holatda – tuzilmali modellashtirish. SI asosiy yo‘nalishlarini tuzilmasining soddalashtirilgan ko‘rinishi 2- rasmda ko‘rsatilgan.
Mantiqiy yo‘nalishning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Tizimning ishini nisbatan oson tushunish imkoniyati.
2. Bir xil vaziyatlarda tizimda aniqlilikka erishuvchanlik.
Bu yo‘nalish kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
1. Belgilarni amalga oshirish notabiiyligi va murakkabligi.
2. Noaniqliq shartlarida moslashtirish murakkabligi.
3. Vazifani echish jarayonini paralellash samarasizligi va murakkabligi. Neyrokibernetik yo‘nalishning afzalligi mantiqiy yo‘nalishga, xususan mos keluvchi kamchiliklarining yo‘qligida, kamchiligi esa uning afzalliklarining yo‘qligidadir.[5]
Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt tizimlarini yaratish ko‘plab muammolar to‘plamini echishni nazarda tutadi. SI yaratishda resurslarning cheklanganligi va bu sohadagi bilimlarning etishmovchiligi hamda boshqa ko‘plab texnik muammolar mavjud. Istalgan vazifani echish algoritmi oldindan noma’lum va to‘liq ma’lumotga ega bo‘linmasa bunday muammoni SI sohasidagi muammoga kiritish mumkin. Tabiiy interfeys tili quyidagilarda foydalaniladi: ·
Intellektual ma’lumotlar bazasida; ·
Hujjatlashtirilgan matnli axborotning kontekstli izlovida;
· Boshqaruv tizimlarida ovozli buyruqni kiritishda; ·
CHet tillaridan mashinali tarjimada.
Ekspert tizimlar ba’zi muammoli sohalarda ekspertlar ishining malakasini ko‘rsatuvchi yig‘iluvchi bilimlar bazasi asosida masalalarni echishda foydalaniladi.
O‘zini-o‘zi o‘qitish tizimlari asosida real amaliyot vaziyatlarida misollarning avtomatik tarzda sinflashtirish usullari yotadi. Tizimda o‘rganish natijasida sinflashtirish va bashoratlash masalalarini echishda foydalaniladigan bilimlar avtomatik tarzda shakllanadi.
Moslanuvchan tizimlarning yadrosi dasturiy ta’minot sozlanishi yoki generatsiyasi asosida amalga oshiriluvchi maxsus bilimlar bazasi – repozitoriylarida qo‘llab-quvvatlanuvchi muammoli sohaning doimiy rivojlanuvchi modeli hisoblanadi.
SI o‘rganishda ikki asosiy istiqboli mavjud. Birinchisi SI tizimlarining inson fikrlash tamoyillariga yaqinlashtirishdan iborat. Ikkinchisi mavjud SI tizimining yagona tizimga integratsiyasini ta’minlovchi SI yaratishdan iborat.
Axborot tizimlari foydalanuvchilarning so‘rovlariga qaramasdan echiluvchi masalalar sinfini murakkablashtirish yo‘nalishida rivojlangan. Hozirda keng qo‘llanilishda intellektual axborot tizimlari foydalaniladi.
Intellektual tizimlar inson tomonidan murakkab yaxshi shakllantirilmagan yoki shakllantirilmagan masalalar echilishida foydalaniladigan bilimlarni qo‘llaydi.
Intellektual axborot tizimlarida sun’iy intellektda ishlab chiqiluvchi tamoyillar qo‘yilgan.
Hozirgi kunda intellektual tizimlar qurishning yangi yo‘nalishi rivojlanmoqda. Bunday tizimlarda inson miyasining asosini tashkil etuvchi biologik neyronlar modellashtirilmoqda.
Download 120.68 Kb.




Download 120.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-mavzu. Intelektual boshqaruv tizimilari. Reja

Download 120.68 Kb.