• 3. Ishbilarmonlik muhiti va unga tasir etuvchi omillar
  • “Korxonani tashkil etish va tadbirkorlik” fanining maqsadi va vazifalari. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslari hamda davlat tomonidan qo‘llab –quvvatlash. Reja




    Download 0.98 Mb.
    Sana09.12.2022
    Hajmi0.98 Mb.
    #33929
    Bog'liq
    1-ma vzu
    12. Geometrik optika.Linzalar, 620-19 Parpiyev Islombek 5-Amaliy, O`quv qo`llanma Ibroximova Madinabonu Dilmurod qizi, matematika malumotnomaformulalar, Lаpаsov Bаhriddin

    “Korxonani tashkil etish va tadbirkorlik” fanining maqsadi va vazifalari. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslari hamda davlat tomonidan qo‘llab –quvvatlash. REJA:

    1. Fanning dolzarbligi, maqsad va vazifalari

    2. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari.

    3. Ishbilarmonlik muhiti va unga ta'sir etuvchi omillar


    Korxona - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
    Korxonalarni tashkil qilish iqtisodiy jihatdan maqbullikka
    resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga
    asoslanadi.
    Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham,
    yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi
    mumkin.
    Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir.
    rivojlanayotgan
    Tadbirkorlikni taraqqiy etish nuqtai nazaridan
    rivojlangan
    rivojlanmagan

    Tadbirkorning asosiy maqsadi – o`z iste`molchilariga ega bo`lish yo`lida tovarga bo`lgan ehtiyojni aniqlashdan iboratdir. Tadbirkor o`z iste`molchilarini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak:

    Tadbirkorning asosiy maqsadi – o`z iste`molchilariga ega bo`lish yo`lida tovarga bo`lgan ehtiyojni aniqlashdan iboratdir. Tadbirkor o`z iste`molchilarini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak:

    • tovarning yangiligi va uning haridor manfaatiga mos kelishi;
    • tovar yoki xizmatlarning sifati;
    • tovar yoki xizmatlarning narxi;
    • tovarning universallik darajasi;
    • tovarning tashqi ko`rinishi, uning haridor talablariga mosligi;
    • sotuvdan keyingi servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyati;
    • tovarning qabul qilingan umumiy yoki davlat standartlariga mosligi;
    • tovar va xizmatlar reklamasining jozibaliligi, xaridor diqqatini o`ziga jalb qilishi va hokazo.

    Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo`ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
    • birinchidan, bozorning tovarlar va xizmatlar bilan ta`minlanish darajasini tahlil qilish yo`li bilan iqtisodiy xo`jalik tizimida o`z o`rnini topish;
    • ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati;
    • uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirish;
    • to`rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to`g`ri yo`lga quyish qobiliyati;
    • beshinchidan, yangi texnik, texnologik g`oyani birinchi bo`lib hayotga tadbiq etish hamda ushbu g`oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur qila olish.

    Tadbirkorlik muhiti
    Huquqiy-– tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo`lidagi barcha qonunlar (soliq, er, mehnat munosabatlari) va yo`riqnomalar majmui bo`lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa sub`ektlar bilan munosabatini mujassamlantiradi.
    Siyosiy-tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati rag`batlantirish yoki qo`shilishmaslik ko`rinishida namoyon bo`ladi.
    Ijtimoiy-boshqalarga nisbatan o`zining tarkibi jihatidan anchagina murakkab hisoblanadi.
    Iqtisodiy-bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o`zida aks ettiradi.
    Download 0.98 Mb.




    Download 0.98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Korxonani tashkil etish va tadbirkorlik” fanining maqsadi va vazifalari. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslari hamda davlat tomonidan qo‘llab –quvvatlash. Reja

    Download 0.98 Mb.