• II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash
  • 3. Otinchining qizi podshohga qanday shart qoydi 4. Qiz shartini sovchilar qanday tushunishdi Podshoh-chi III. Yangi mavzu bayoni. *16 daqiqa*
  • V. Darsni yakunlash
  • Qibray tuman Xalq ta’limi bolimi 48–umumiy o’rta ta`lim maktabi 4-sinf O’QISH fanidan dars ishlanma Darsning mavzusi
  • 4-sinf O’qish Mavzu: Ziyrak uch yigit




    Download 339.26 Kb.
    Sana27.02.2022
    Hajmi339.26 Kb.
    #18170
    Bog'liq
    ziyrak uch yigit 4-sinf ishlanma DILDORAGa
    Barcha fanlardan Testlar to‘plami



    4-sinf
    O’qish
    Mavzu: Ziyrak uch yigit
    Maqsad: A) O’quvchilarga mavzu haqida tushuncha berish, og’zaki nutqini o’stirish, o’qish ko’nikmalarini shakllantirish, ziyraklik, topqirlik, tadbirkorlik qobiliyatlarini tarbiyalash.
    b) tarbiyaviy: mehnat qilishga, ahil- inoq yashashga, oqibatli bo’lishga undash, mehnat orqali davlatli bo’lish mumkinligini tushuntirish;
    d) rivojlantiruvchi: og’zaki nutqini o’stirish, qayta hikoya qilishga o’rgatish.
    Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar
    TK2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
    mavjud axborot manbalaridan eshittirishlarni tinglab tushunadi va gapirib bera oladi;
    o‘z yoshiga mos kitoblarni, gazeta va jurnallarnitanlay oladi va kutubxonadan foydalana oladi;
    kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay oladi.
    FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob berib, qahramonlarni ajrata olish;
    Dars usuli: Yangi bilim beruvchi
    Jihozlar: mavzuga ishlangan rasmlar
    Darsning borishi:
    I. Tashkiliy qism: *4daqiqa*
    a) O’quvchilar bilan salomlashish;
    b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash;
    c) Davomatni aniqlash;
    II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. *9daqiqa*
    Mavzuni 3-4 ta o’quvchiga hikoya qildiraman. So’ngra savol- javob o’tkazaman.
    1. «Hunarli kishi xor bo'lmas» maqolining ertak mazmuniga qanday aloqasi bor?
    2. Matndan hunarning afzalligi haqidagi o'rinlarni tanlab o'qing.
    3. O'tinchining qizi podshohga qanday shart qo'ydi?
    4. Qiz shartini sovchilar qanday tushunishdi? Podshoh-chi?



    III. Yangi mavzu bayoni. *16 daqiqa*
    ZIYRAK UCH YIGIT
    Qadim zamonda fahm-farosatli va zukko Ibrohim, Ismoil va Umar ismli uch aka-uka safarga chiqibdilar. Yo'lda ketisharkan, o'sha yo'ldan o'tib ketgan bir tuyaning izi ularning diqqatini jalb etibdi. Tuya bir necha belgilar qoldirib ketgan edi. Uch yigit tuya qoldirgan belgilarni diqqat bilan tekshirib yo'llarida davom etdilar. Biroz yurgan edilar, chopib kelayotgan o'rta yoshli bir kishini ko'rdilar. U aka-ukalar yoniga hovliqib kelib:
    — Yigitlar, men tuyamni yo'qotdim, mabodo uni ko'rmadingizmi? — deb so'radi. Ibrohim unga:
    — Tuyaning bir ko'zi ko'r, uning ustiga birida yog', ikkinchisida asal bo'lgan ikki idish osgansan, to'g'rimi? — dedi. Haligi kishi: «To'g'ri so'zladingiz?» — deb uning so'zini tasdiqiadi.
    Keyin Ismoil aytdi: — Tuyaning bir tishi tushgan edimi?
    — To'g'ri topdingiz, tuyamning bir tishi yo'q edi, — deb javob berdi.
    Haligi kishi tuyaning belgilarini to'g'ri aytib berganlaridan hayratda qolib: — Yigitlar, tuyamning hamma belgilarini topdingiz, ayting-chi, tuyam qayerda? — dedi.
    Yigitlar uning tuyasini uchratmaganlarini aytdilar. Haligi kishi g'azablanib:
    — Bekorchi so'zlarni so'zlamang, tuyamni ko'rgansiz, ko’rmagan bo'lsangiz uning belgilarini topib so'zlamasdingiz. Sizlar uni tutib olib, bir yerga yashirgansiz yoki birovga sotib yuborgansiz. Agar tuyamni topib bermasan-giz, ustingizdan hokimga shikoyat yo'llayman. Hokim albatta buning chorasini ko'rib, siz — o'g'rilarga jazo beradi, — deb do'q urdi.
    Yigitlar tuyani ko'rmaganlarini qayta-qayta aytsalar ham u aslo ko'nmadi. Shundan keyin ular yana yo'lga tushdilar. Haligi kishi darhol shahar hokimining huzuriga borib, voqeani bayon qildi. Hokim bu uch yigitni tutib keltirish uchun bir necha otliq askarni yubordi. Askarlar ularning qo'llarini bog'lab, hokimning huzuriga keltirdilar. Hokim yigitlarning qo'llarini yechib, o'tirishga buyurdi. So'ngra ularga xitob qilib:
    — Yigitlar, tuya egasiga tuyaning hamma belgilarini to'ppa-to'g'ri aytib bergansiz-u, keyin tuyani ko'rganimiz yo'q, deb tongansiz. Kishi ko'rmagan narsasining belgilarini qayerdan biladi? Bunga kim ishonadi? Tuyani yashirgan bo'lsangiz, egasiga olib kelib bering, sotib yuborgan bo'lsangiz bahosini to'lab, egasini rozi qiling, bo'lmasa jazo beraman, — dedi.
    Yigitlar haligi kishiga aytgan gaplarini takrorlab, tuyani ko'rmaganlarini aytdilar. Hokim g'azablanib, ularni zindonga tashladi.
    IV. Mustahkamlash. *9daqiqa*
    Savol- javob o’tkazaman.
    1.Aka-ukalar tuyaning qanday belgilarini aytishdi?
    2.Hokim ularni nima uchun zindonga tashladi?
    O’quvchilar o’zaro savol- javob qilishadi.
    V. Darsni yakunlash. O’quvchilarni rag’batlantirish. *5daqiqa*
    VI. Uyga vazifa: ertakni o’qish, mavzuga mos rasm chizish, savollar tuzish. *2daqiqa*





    Tasdiqlayman”
    48-maktab direktori:
    ________________
    ____” __________ 2022-yil

    Toshkent viloyat Xalq ta`lim boshqarmasi
    Qibray tuman Xalq ta’limi bo'limi
    48–umumiy o’rta ta`lim maktabi

    4-sinf
    O’QISH fanidan dars ishlanma
    Darsning mavzusi:
    ZIYRAK UCH YIGIT

    Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi:
    GULMATOVA DILDORA BAXRIDDINOVNA
    Download 339.26 Kb.




    Download 339.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-sinf O’qish Mavzu: Ziyrak uch yigit

    Download 339.26 Kb.