5-“ ” sinf ona tili




Download 101.45 Kb.
bet1/7
Sana03.01.2024
Hajmi101.45 Kb.
#129693
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
informatika-togarak-ish-reja-va-konspekt
Chilangarlik TO\'PLAM 22-23, asqarboy 2, 2-kurs Matematika talabalar royxati (1), 9-sinf-informatika-testlar-2, Faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari, GEOAXBOROT TIZIMI, FILE, ASAB TIZIMI, 2-sinf mate. @kelajakkabirqadam 1

tasdiqlayman”
MMIBDO_______ ____________________
2020-2021 oquv yili uchun tuzilgan “Yosh dasturchi” togaragining
ISH REJASI



Yillik ish reja mavzulari

Soat

Sana

Izoh

1

Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari

1







2

Kompyuterni boshqarish dasturi

1







3

Fayl yoki papkani ochish

1







4

Amaliy mashg’ulot

1







5

Klaviatura bilan tanishuv

1







6

Klaviatura trenajorida mashqlar

1







7

Klaviatura trenajorida mashqlar

1







8

Kompyuterdagi kalkulyatordan foydalanish

1







9

Paint dasturi haqida

1







10

Paint uskunalar paneli va undan foydalanish

1







11

Paintda amallar bajarish

1







12

Paintda rasmlarni qayta ishlash

1







13

Paintda amaliy vazifalar bajarish

1







14

Kompyuter o‘yinlari haqida

1







15

Kompyuter o‘yinlari

1







16

Matn muharlari.

1







17

MS Word matn protsessori interfeysi

1







18

Wordda matn yozish qoidalari

1







19

Hujjatlarning asosiy parametrlari

1







20

Hujjat hosil qilish va saqlash

1







21

Hujjatlarni tahrir qilish

1







22

Hujjatni formatlash

1







23

Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash.

1







24

Hujjatlarda shakllar va chizmalar

1







25

Axborotning ko‘rinishlari, xususiyatlari va turlari

1







26

Axborotlar ustida bajariladigan amallar

1







27

Axborotlarni kodlash

1







28

Sanoq sistemalari haqida

1







29

Ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish

1







30

Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi

1







31

Axborot texnologiyalari

1







32

Axborotli olam muammolari va Internet

1







33

Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar

1







34

Internetda ma’lumotlarni izlash

1







Sana ____________________

Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 1-dars.


Mavzu: Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari
Maqsad:
1) ta’limiy: Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari haqida ma’lumot berish;
2) tarbiyaviy: O`quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasi berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning ilmiy-texnik dunyoqarashini rivojlantirish.
DTS: Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari haqida ma’lumotga ega bo`lish.
I. Tashkiliy davr
II. Takrorlash

  1. Elektr toki inson hayoti uchun xavflimi?

  2. Kompyuterning inson sog'lig'iga zararli tomonlarini so'zlab bering.

  3. Kompyuter xonasida nimalar mumkin emas?

  4. Xavfsizlik texnikasi qoidalarini so 'zlab bering.

  5. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga old rasmlar chizing.

  6. Sanitariya-gigiyena talablari nima uchun kerak?

II. Yangi mavzuni o`rganish
Insoniyat asrlar davomida to'plagan bilimlarini kelajak avlod uchun qoldirishga harakat qilib kelgan. Buning uchun u toshlar va terilarga rasmlar chizgan, biz harflar deb ataydigan belgilar va qog'oz o'ylab topib, ular yordamida bitiklar yozgan.
Ajdodlarimizdan bizga qadar minglab qo'lyozmalar va kitoblar yetib kelganini siz yaxshi bilasiz. Ularni saqlash uchun juda katta kutubxonalar kerak.
Avvallari kam nusxadagi qo'lyozmalar va kitoblardan foydalanish uchun oylab, yillab navbat kutishga to'g'ri kelardi. Ba'zan, chet mamlakatlar kutubxonalaridagi kitob yoki qo'lyozmalarni olishning umuman imkoniyati bo'lmagan.
Texnikaning rivojlanishi natijasida bu kabi muammolar hal bo'ldi. Hozirgi kunda kompyuterlar asosida tashkil etilgan Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi kutubxonadan kerakli kitob yoki qo'lyozmalar nusxasini olish, yangi kitob va maqolalarni o'qish, filmlarni ko'rish, biror joyga xat jo'natish va boshqa zarur ishlarni amalga oshirish mumkin. Umuman olganda, kompyuter imkoniyatlarini birma-bir sanab chiqish qiyin.
Demak, inson tafakkurining mahsuli bo'lgan kompyuter juda kerakli mashina ekan. Shuning uchun bu fanni qunt bilan chuqur o'rganish lozim.
Kompyuter qanday tuzilgan?
Kompyuter ko'rinishidan uch asosiy bo'lakdan iborat:
Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi, ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo'ladi.
Monitor har xil ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:
Klaviatura ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi.
Sistema bloki himoya g'ilofiga o'ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. Elektron sxemalar yaxlit asosga yig'ilgan bo'lib, asosiy plata deyiladi.
Asosiy plataga kompyuterning boshqa qurilmalarini ulash mumkin. Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi.
U kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqaradi. Protsessorning turiga qarab kompyuterga baho beriladi. Masalan, Intel Pentium 4 protsessori hozircha eng kuchli protsessor hisoblanadi.
Ma'lumotlar qanday saqlanadi?
Biz ma'lumotlarni (kino, klip, qo'shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma'lumotlarni uzoq vaqt saqlab qo'yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari bor.
Qattiq disklar vinchester deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Egiluv­chan disklar disket deb atalib, asosan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumotlarni ko'chirish uchun ishlatiladi. Disketlarga ma'lumot yozish va undagi ma'lumotni o'qish diskyuritgich (diskovod) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.Vinchesterlarda disketlarga nisbatan bir necha ming marta ko'p ma'lumot saqlash mumkin. Kompakt disklardagi ma'lumotlarni o'qish uchun CD-ROM qurilmasi ishlatiladi.
Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma'lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.
Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor?
Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qo'llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki buyruq berish, o'ng tugma yordamchi amallar ro'yxatini ochish uchun ishlatiladi. Bu ro'yxat kontekst-menyu deb ataladi.
Kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar)ni «printer» deb ataluvchi qurilma yordamida qog'ozga chop etish mumkin.
Kino, klip, qo'shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb ataluvchi karnay (kolonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin.
Kompyuter qanday ishga tushiriladi?
Odatda kompyuterni ishga tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
® kompyuter elektr manbayiga ulanadi;
® kompyuterning sistema blokidagi «Power» (© rasmli) tugmachasi bosiladi;
® monitor alohida ishga tushiriladigan bo'lsa, © uning rasmli tugmachasi bosiladi.
Esda tuting! Kompyuterlarni ishga tushirayotganingizda elektr tokidan nihoyatda ehtiyot bo'ling.
IV. Mustahkamlash

  1. Monitorning vazifasi nimalardan iborat?

  2. Klaviaturada nimalar bor va uning vazifasi nimalardan iborat?

  3. Sistema bloki haqida so 'zlab beting

  4. Protsessor haqida so 'zlab bering.

  5. Ma'lumotlar kompyuterning qaysi qurilmalarida saqlanadi?

  6. Disketa va vinchester nima uchun tashqi xotira deb ataladi?

  7. Kompyuterning qanday tashqi xotiralarini bilasiz?

  8. Ma 'lumotlami qog'ozga chop etish uchun qanday qurilma ishlatiladi?

  9. Sichqoncha haqida so 'zlab bering.

  10. Kompyuterni ishga tushirish ketma-ketligini so 'zlab bering.

Mashqlar
1. Chap ustundagi qurilmalami о 'ng ustundagi xususiyatlariga mos qo'ying.

Monitor

televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi, ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo'lib boradi

Klaviatura

ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavislilardan iborat
uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi

Sistema bloki

himoya g'ilofiga o'ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat



Download 101.45 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 101.45 Kb.