5-amaliy ish. Karyerlarda qazib yuklash ishlari uchun ekskavator rusumini tanlash va kovjoy parametirlarini aniqlash




Download 242.53 Kb.
bet1/4
Sana11.12.2023
Hajmi242.53 Kb.
#115693
  1   2   3   4
Bog'liq
5- AMALIY IW ochiq
Qiziqarli raqamlar, Matematik statistika elemenlari. Emperik taqsimot funksiyasi va , 1. Alohida energiyaga, katta hajmga va samarali foydalanish imko, Nutq, Biznes etikasi 1, 7. Nafas tizimi filogenezi, URGANCH INNOVATISON UNIVERSITETI NODAVLAT TA, bellashuv uz - 2022-2023 -kalendar-reja-5-sinf-matematika, Algebra. 9-sinf (2014, Sh.Alimov, O.Xolmuhamedov) (1), 11`2111313, математика 2 синф



5-amaliy ish.
Karyerlarda qazib yuklash ishlari uchun ekskavator rusumini tanlash va kovjoy parametirlarini aniqlash.
Ishdan maqsad: bir cho‘michli ekskavatorlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan tanishish va unumdorligini hisoblash metodikasini o‘rganish.
Ekskavator deb shunday mashinaga aytiladiki, tog‘ jinslarini cho‘michlab, qisqa masofaga tashib va transport vositalariga yoki otvalga to‘kuvchi mashinadir.
Ish jarayoni quyidagi 4 xil ketma-ket bajariladigan harakatlardan iborat: cho‘michni to‘ldirish (cho‘michlash), uni to‘kish joyiga surish (harakatlantirish), to‘kish va bo‘sh cho‘michni cho‘michlash joyiga qaytarib keltirish.
Ekskavatorlar umumiy holda quyidagi belgilar bo‘yicha turlanadi:
-mo‘ljaliga va bajariladigan ish turiga qarab;
-cho‘mich hajmiga qarab (bir cho‘michli) yoki nazariy unumdorligiga qarab (ko‘p cho‘michli).
Ekskavatorlar pastdan kovlaydigan va yuqoridan kovlaydigan turlarga bo‘linadi. Harakatlanish mexanizmlari bo‘yicha relslik, gusenitsalik, relsli gusenitsalik va kadamlovchi turlarga bo‘linadi.
Ishlatilish sferasiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar ikki turga bo‘linadi:

  1. karyerlarda ishlovchi ekskavatorlar;

  2. ochish ishlari uchun mo‘ljallangan ekskavatorlar.

Karyerda ishlovchi ekskavatorlar – tog‘ jinslarini qazib olish va ularni transport vositalariga yuklashga mo‘ljallangan.
Ochish ishlariga mo‘ljallangan ekskavatorlar esa, qazib olingan tog‘ jinslarini ishlangan (foydali qazilma qazib olingan) bo‘shliqlarga tashlab ishlaydi.
Karyerda bir cho‘michli ekskavatorlar asosan qazuvchi, ochuvchi va otval hosil qiluvchi uskuna sifatida qo‘llaniladi. CHo‘mich sig‘imi 4 m3 dan yuqori bo‘lgan ekskavatorlar karyer ekskavatorlari hisoblanadi. Ularning turlarida quyidagi belgilari mavjud:
EKG – gusenitsali harakatlanuvchi elektrli ekskavator. CHiziqchadan keyin turuvchi raqamlar cho‘michning metr kubdagi sig‘imini bildiradi.
ESH – qadamlovchi ekskavator.
EGO – gusenitsali harakatlanuvchi, gidravlik karyer ekskavatori.
Mexanik kuraklar quyidagi asosiy uch turga bo‘linadi: S – qurilishda qo‘llaniluvchi ekskavatorlar, K – karyerda qo‘llaniluvchi ekskavatorlar, V – ochish ishlarida qo‘llaniluvchi ekskavatorlar.
Mexanik kurakning asosiy texnologik parametrlari: cho‘mich sig‘imi, ishchi parametrlari, o‘lchamlari, ekskavator olishi mumkin bo‘lgan qiyalik, massa, solishtirma bosim. Ishchi parametrlari: cho‘michlash radiusi va balandligi. (5.1. rasm).
Cho‘michlash radiusi - cho‘michlash jarayonida ekskavatorning aylanish o‘qidan cho‘mich kromkasiga bo‘lgan gorizontal masofa.
Cho‘michlash balandligi - cho‘michlash jarayonida ekskavator turgan gorizontdan cho‘mich kromkasiga bo‘lgan vertikal masofa.
Yuklash radiusi - yuklash jarayonida ekskavator aylanish o‘qidan cho‘mich o‘qigacha bo‘lgan gorizontal masofa.
Yuklash balandligi - ekskavator turgan gorizontdan ochiq turgan cho‘michning quyi kromkasigacha bo‘lgan vertikal masofa.
Kovjoy (zaboy) ekskavatorning ishchi joyi hisoblanadi. Kovjoy qazib olish ob’ekti hisoblangan pog‘ona yuzasining bir qismidir. Tog‘ jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar yordamida qazib olishda quyidagi kovjoy turlari mavjud: tupikli, toretsli va frontal.
Yumshoq tog‘ jinslarida kovjoy, pog‘ona balandligi (Nu) va ekskavatorning o‘tish kengligi (A) kabi texnologik parametrlari bilan xarakterlanadi.
Pog‘ona balandligi va ekskavatornig o‘tish kengligi ekskavatorning texnik xaraktrestikasini aniqlaydi. Pog‘ona balandligi (kovjoy balandligi) ekskavatorning maksimal cho‘michlash balandligi (Nch.max) dan oshmasligi lozim.
Ekskavatorning nazariy, texnik va ekspluatatsion ish unumdorliklari mavjud.
Nazariy unumdorlik – ekskavatorning konstruktiv parametrlaridan kelib chiqqan xolda, uzluksiz ishlash jarayonida vaqt birligi ichida qazib olingan kon massasi miqdori.
Texnik unumdorlik – aniq kon-texnik sharoitda ekskavatorning uzluksiz ishlash jarayonida maksimal soatalik ish unumdorligi.


Download 242.53 Kb.
  1   2   3   4




Download 242.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-amaliy ish. Karyerlarda qazib yuklash ishlari uchun ekskavator rusumini tanlash va kovjoy parametirlarini aniqlash

Download 242.53 Kb.