• 3-jadval Ko‘rsatgich
  • Tashib turish ishlari harajatlari
  • Nazorat savollari: 1.
  • 5-amaliy mashg‘ulot. Logistikaning tizimlari va turlari. Darsning maqsadi




    Download 0.66 Mb.
    Sana09.12.2022
    Hajmi0.66 Mb.
    #33858
    Bog'liq
    5-амалий логистика (2)
    Ticket6684489 240129124200 9004039F-88D9-459A-A423-4139A36CEB43

    5-amaliy mashg‘ulot. LOGISTIKANING TIZIMLARI VA TURLARI.
    Darsning maqsadi: talabalarga qishloq xo‘jaligi logistika tizimlari va turlari haqidagi bilimlarini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
    Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi va transport tizimlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda. Buning natijasida, yoqilg‘i narxlarining o‘sishi, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot xizmatlari bahosini ortishi, tizim tarkibiga kiruvchi korxonalar katta-kichikligi va boshqa omillar sababli butun logistika tizimlari o‘zgarib ketmoqda. SHuning uchun ham zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish, korxonalarga etkazib berilayotgan xomashyo va mahsulotlarni tizimli amalga oshirish, kerakli ma’lumotlarni qisqa vaqt ichida kerakli joyga etkazib berish imkoniyati va sifatli nazorat ishlarini olib borish sharoitlari shakllantirilmoqda:

    Qishloq xo‘jaligida logistik tizimlarda quyidagi omillarni hisobga olinadi:

    1. Korxonalarning soni va ularning joylashuvi;

    2. Omborlar soni va ularning joylashuvi;

    3. Transport modellari;

    4. Aloqa;

    5. Axborot tizimi.


    Logistika maqsadlari turiga ko‘ra tizimlar to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqalarga ega egiluvchan va ketma-ket joylashtirilgan tizimlarga bo‘linadi.
    Egiluvchan logistika tizimi (flexible logistical system) - bunda moddiy oqimlarni iste’molchiga etkazib berish ham to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqalar va ham vositachining ishtirokida amalga oshiriladi. Ko‘rib chiqilayotgan tizimning misoli - ehtiyot qismlar bilan ta’minlash.
    Bunda kamdan - kam talabga ega qismlar ortib jo‘natish odatda markaziy omborga bevosita oluvchining manziliga jo‘natiladi, vositachining omboridan andoza va oshirilgan qisimlarini ortib jo‘natish.
    To‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqalarga ega logistika tizimi (direct logistical system) - moddiy oqim iste’molchiga vositachilarning ishtirokisiz, to‘g‘ridan - to‘g‘ri xo‘jalik aloqalari asosida etkazib beriladigan tizim.
    Logistika tizimining samaradorligi (logistical system performance) - mohiyati bo‘yicha bu logistika harajatlarining berilgan darajasida ko‘rib chiqilayotgan logistika tizimi ishining sifatini ta’riflash uchun ko‘rsatkich (yoki ko‘rsatkichlar guruhi). Logistik zanjirning yakuniy bo‘g‘ini bo‘lgan iste’molchining nuqtai nazaridan samaradorlik ikki ko‘rsatkich - logistik harajatlarni aks ettiruvchi xizmat ko‘rsatishning sifati va narxi bilan aniqlanadi.
    Xizmat ko‘rsatish sifati o‘z navbatida majmuaviy ko‘rsatkichdir. U mezonlarning yig‘indisi bo‘yicha hisoblanadi. Ulardan eng muhimi logistika tizimining iste’molchiga kerak tovarni shartlashgan muddatda kerakli joyga etkazib berilishini ta’minlash qobiliyatidir.





    1-Misol. Etkazuvchini tanlash bo‘yicha qaror qabul qilish. Etkazuvchi tanlash bo‘yicha korxona hozirgi vaqtda asosan o‘zining axborotiga tayanadi. Bu holda ko‘pgina etkazuvchisi bo‘lgan korxonada taniqli va ishonchli. A xo‘jalikning kamchiligi uning iste’molchidan B xo‘jalikka nisbatan 200 km uzoqroq joylashganida (A xo‘jalikka bo‘lgan masofa - 500 km. B xo‘jalikgacha 300 km. Ikkinchi tomondan A xo‘jalikga etkazilgan tovar poddonlarga paketlangan va mexanizmlar bilan tushirishga mo‘ljallangan. B xo‘jalik etkazadigan tovar karobkalarga joylangan va qo‘lda tashib tushirishga mo‘ljallangan. 500 km masofaga yuk tashish ta’rifi - 0,5 kilometrga shartli pul birligi (bir/km) 300 km. Masofaga yuk tashishga ta’rif stavkasi yuqori va 0,7 bir/kmni tashkil etadi. Tovar etkazib berish bilan bog‘liq yig‘indi harajatlari hisoblash natijalari quyidagi jadvalga kiritiladi.
    3-jadval

    Ko‘rsatgich

    A xo‘jalik

    B xo‘jalik

    Transport harajatlari

    0,5 bir/km x 500km = 250 bir

    0,7 bir/km x 300km = 210 bir

    Tashib turish ishlari harajatlari

    6 bir/soat x 0,5 soat = 3 bir

    6 bir/soat x10soat = 60 bir

    Jami harajatlar

    253 bir

    270 bir

    Paketlangan yukni tushirishga ketgan vaqt - 30min (0,5 soat), paketlanmagan yukni tushirish va ketgan vaqt - 10 soat. Tashish uchastkasida ishchining soat stavkasi -6 bir/soat. Faqat transport harajatlari ahamiyatga olinsa, u holda B xo‘jalikka ko‘proq e’tibor berish mumkin. Ammo ortish tushirish ishlari narxi hisobga olinsa, bu variant A xo‘jalikka qaraganda samarali. SHunday qilib, boshqa teng sharoitlarga ko‘ra mahsulotni A xo‘jalikdan sotish arzonroq tushadi, chunki u 1 etkazuvchiga 17 bir miqdorida foyda beradi.


    Nazorat savollari:


    1. Qishloq xo‘jaligi logistik tizimi deganda nimani tushunasiz?
    2. Qishloq xo‘jaligi logistikaning tizimlari va turlarini ta’riflang?
    3. Qishloq xo‘jaligida logistik tizimlari qanday omillarni o‘z ichiga oladi?
    Download 0.66 Mb.




    Download 0.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-amaliy mashg‘ulot. Logistikaning tizimlari va turlari. Darsning maqsadi

    Download 0.66 Mb.