5-mavzu Birikmalar to’g’risida tushunchalar Reja




Download 12,16 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi12,16 Kb.
#103808
Bog'liq
5-mavzu Birikmalar to’g’risida tushunchalar Reja-fayllar.org


5-mavzu Birikmalar to’g’risida tushunchalar Reja

5-mavzu Birikmalar to’g’risida tushunchalar
Reja:
  1. Birikma va o’tqazishlar turlari.


  2. Joizlik va o’tqazishlarni tanlash prinrsipi


  3. Joizlik va o’tqazishlarni chizmalarda belgilash


tushunchasi, nominal, haqiqiy va chegaraviy o’lchamlar


1.Birikma tushunchasi, nominal, haqiqiy va chegaraviy o’lchamlar.
Ma’lumki, xalq xo’jaligi ishlab chiqarishining barcha sohasini mashina va mexanizmlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu mashina va mexanizmlar turli shakl va o’lchamlarga ega bo’lgan bir nechtadan tortib to o’n va yuz minglab, hatto undan ham ortiq detallardan tashkil topgan bo’ladi. Bu mashinalardagi detallar bir-biriga nisbatan ma’lum vaziyatda joylashib birikma hosil qiladi.
Birikma deb detallarning mashinalarda bir-biriga nisbatan ma’lum vaziyatda joylashishiga aytiladi.
Birikmalar va uning turlari.
Tekis tsilindrik birikmalar vazifasiga ko’ra uchga bo’linadi:
a) Qo’zg’aluvchi birikmalar;
b) Qo’zg’almas birikmalar;
v) O’zgaruvchan (oraliq yoki o’tuvchi) birikmalar.
Qo’zg’aluvchi birikmalarda birikuvchi detallar bir-biriga nisbatan erkin harakatlanishi ta’minlangan bo’ladi. Bunday birikmalar garantiyalangan zazorga ega bo’ladi.
Qo’zg’almas birikmalarda detallar bir-biriga nisbatan mustaxkam birikkan bo’lib, garantiyalangan natyag va qushimcha biriktiruvchi detallar qo’llab ta’minlanadi.
O’zgaruvchan(oraliq, perexodnoy) birikmalarda birikuvchi detallarni markazlashtirish juda kichik zazor yoki natyag miqdori bilan ta’minlanadi.
2. Dopusk va posadkalarning yagona sistemasi. Detallarni ishlatish talablariga javob beruvchi eng kam miqdordagi posadkalar sonini ta’minlash maqsadida dopusk va posadkalar sistemasi ishlab chiqarilgan.
Dopusk va posadkalar sistemasi deb standartlar ko’rinishida rasmiylashtirilgan va ma’lum qonuniyat asosida ishlab chiqilgan dopusk va posadkalar majmuiga aytiladi. Standart dopusk va posadkalardan foydalanish o’zaroalmashinishni ta’minlab katta iqtisodiy samara olish imkonini beradi. Xozirgi kundagi standartlar xalqaro standartlashtirish komitasi ISO tavsiyasiga muvofiqlashtirilgan. Mashinasozlikda dopusk va posadkalar standart sistemasi 3i50 mm o’lcham uchun ishlab chiqilgan. Ammo traktor va avtomobillarning asosiy birikuvchi detallarining o’lchamlari 500 mmdan ortmasligi sababli bu sistema 500 mm gacha va undan ortiq o’lchamlar uchun ikkiga bo’lib tayyorlangan. Dopusk va posadkalar yagona sistemasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi.
Mashinalarning texnik talablar asosida normal ishlashi uchun undagi detallar bir-biriga nisbatan qo’zg’aluvchi yoki qo’zg’almas qilib biriktiriladi. SHu bilan birga detallarning ba’zilari ikkinchi detal bilan ichki yoki tashqi yuzasi bilan birikadi.
Ikkinchi detalga ichki yuzasi bilan birikuvchi detalni otvertsiya, tashqi yuzasi bilan birikuvchi detalni val deb ataladi.
Otvertsiya va val tushunchalari shartli bo’lib, u faqat tekis tsilindrik birikmalar uchungina tegishli emas. Masalan, shponkaning val bilan birikma-sida shponka val bo’ladi, valdagi shponka uyasi esa otvertsiya bo’ladi (i-rasm).

i- rasm. Ichki va tashqi yuzasi bilan birikuvchi detallarga misollar.


Birikma hosil qiluvchi detallar o’lchamlari bilan xarakterlanadi. O’lcham – chiziqli kattalik (diametr, uzunlik, balandlik va hokazo)ning qabul qilingan birlikdagi son qiymatidir. Mashinasozlikda o’lchamlarni millimetrlarda belgilash qabul qilingan.


Otvertsiyaga tegishli o’lchamlar lotin alfavitining bosh harflari bilan, valga tegishli o’lchamlar esa yozma harflari bilan belgilanadi.
Birikmada otvertsiya o’lchami-D, val o’lchami esa-d kabi belgilanadi.

Birikma hosil qiluvchi detallar o’lchamlari bilan xarakterlanadi. O’lcham – chiziqli kattalik (diametr, uzunlik, balandlik va hokazo )ning qabul qilingan birlikdagi son qiymatidir. Mashinasozlikda o’lchamlarni millimetrlarda belgilash qabul qilingan.


Otvertsiyaga tegishli o’lchamlar lotin alfavitining bosh harflari bilan, valga tegishli o’lchamlar esa yozma harflari bilan belgilanadi. Birikmada otvertsiya o’lchami-D, val o’lchami esa-d kabi belgilanadi.
Konstruktorlar tomonidan mustahkamlik shartlari asosida hisoblab topilgan va standartlashtirilgan sonlar qatoriga moslab qabul qilingan birikmaning o’lchami nominal o’lchamDn, dn deb ataladi. Mashinada umumiy birikuvchi yuzaga ega bo’lgan otvertsiya va valning nominal o’lchami bir-biriga teng bo’ladi, ya’ni Dn = dn.
Haqiqiy o’lcham Dx, dx – ishga yaroqli detalni ruhsat etilgan aniqlikdagi o’lchov asbobi bilan to’g’ridan-to’g’ri o’lchash natijasida olingan o’lchamidir. Detal ishlab chiqarishda hamma sharoiti bir xil bo’lgan bir xil o’lchamli detallarning haqiqiy o’lchamlari har doim har xil bo’ladi. CHunki ularga oldindan xisobga olib bo’lmaydigan bir qator xatoliklar ta’sir etadi.
O’lchamlarning bunday sochilishidan qutilib bo’lmaydi, shuning uchun o’lchamlarning sochilish oraligini eng katta va eng kichik chegaraviy o’lchamlar orqali cheklab qo’yiladi.
CHegaraviy o’lchamlarDmax; Dmin; dmax; dmin - deb shunday o’lchamlarga aytiladiki, haqiqiy o’lchami ular oraligida bo’lgan Detal ishga yaroqli bo’ladi.
2. Joizliklar va o’tqazishlarni tanlash printsiplari va chizmalarda belgilash
Dopusk, posadka, zazor, natyag va posadka dopuski tushunchalari.
Dopusk maydonlarini grafik usulda ko’rsatish.
3. CHizmalarda chegaraviy chetlanishlarni belgilash.
Dopusk, posadka, zazor, natyag va posadka dopuski tushunchalari.

CHegaraviy o’lchamlar farqiga dopuskT deyiladi:


TD = Dmax – Dmin; Td = dmax – dmin.
Dopusk–buinterval bo’lib, uning oraligi daishga yaroqli detallarning haqiqiy o’lchamlari yotadi. U doimo musbat kattalik bo’ladi.
CHizmalarda chegaraviy o’lchamlar nominal o’lchamga nisbatan chegaraviy chetlanishlar ko’rinishida ifodalanadi. CHegaraviy chetlanishlar chegaraviy va nominal o’lchamlarning algebraik ayirmasiga teng bo’ladi. Ular yuqorigi va pastki chegaraviy chetlanishlarga farqlanadi.
Yuqorigi chetlanish ES, es – eng katta chegaraviy va nominal o’lchamlarning algebraik ayirmasiga teng:
ES = Dmax – Dn; es = dmax– dn.
Pastkichetlanish EI, ei – eng kichik chegaraviy va nominal o’lchamlarning algebraika yirmasiga teng:
EI = Dmin– Dn;ei = dmin–dn.
Yuqoridagilardan dopusk yuqorigi va pastki chegaraviy chetlanishlarni algebraik ayirmasining absolyut qiymatiga teng ekanligi kelib chiqadi:
TD = ES – EI; Td = es – ei.
Ma’lumki birikmalarda detallar bir-biriga nisbatan qo’zg’aluvchi yoki qo’zg’almas bo’ladi. Ularning bunday birikishini posadka degan tushuncha orqali ifodalanadi.
Posadka deb ikki detalning birikish xarakteriga aytiladi. Otvertsiya va val o’lchamlarining bir-biriga nisbatan katta–kichikligiga qarab posadka zazorli yoki natyagli posadkalarga bo’linadi.
Qo’zg’aluvchi birikmalarda otvertsiya o’lchami val o’lchamidan ma’lum darajada katta bo’ladi. Bunday posadkani zazorli posadka deyiladi, ya’ni otvertsiya o’lchami bilan val o’lchamining musbat ayirmasiga zazor S deb ataladi:
S = D – d.
Qo’zg’almas birikmalarda esa val o’lchami otvertsiya o’lchamidan ma’lum darajada katta bo’ladi. Bunday posadkani natyagli posadka deyiladi, ya’ni val o’lchami bilan otvertsiya o’lchamining musbat ayirmasiga natyag N deb ataladi:

N = d – D


Zazor va natyaglarning yuqoridagi ifodalaridan quyidagilar kelib chiqadi:
N = – S yoki S = – N
Otvertsiya va vallarni haqiqiy o’lchamlarining dopusk oraligida sochilishi zazor va natyaglarning ham qiymatlarini ma’lum chegaralar oraligida sochilishiga olib keladi. Birikma xususiyatini taxlil qilish uchun zazor va natyaglarning bu chegara qiymatlarini bilish kerak bo’ladi. Zazor va natyaglarning chegara qiymatlarini quyidagicha aniqlash mumkin:
Smax = Dmax– dmin = ES – ei;
Smin = Dmin – dmax = EI – es;
Nmax = dmax– Dmin = es – EI;
Nmin = dmin– Dmax = ei – ES.
Posadka dopuski T∆ - eng katta va eng kichik zazor yoki natyaglarning ayirmasi orqali ifodalanadi:
T∆ = Smax– Smin;
T∆ = Nmax– Nmin.
SHundan
T∆ = Smax– Smin = (Dmax– dmin) – (Dmin– dmax) =Dmax– Dmin+ dmax – dmin = TD + Td
T∆ = Nmax– Nmin= (dmax– Dmin) – (dmin– Dmax) == Dmax– Dmin+ dmax – dmin = TD + Td
bo’ladi.
Bulardan posadka dopuski otvertsiya va val dopusklari yig’indisiga teng ekanligi kelib chiqadi:
T∆ =TD + Td
Dopusk maydonlarini grafik usulda ko’rsatish.
Birikma detallarini grafik usulda ifodalash otvertsiya va valning chegaraviy o’lchamlari nisbatini oson o’rganish imkonini berib, dopusk, zazor yoki natyaglarning barcha qiymatlarini hisoblashni ancha soddalashtiradi (2-rasm).
2- rasm. Birikma detallarini grafik usulda ifodalanishi.

α – birikma detallarining sxemasi; δ – birikma detallari dopusk


maydonlarining joylashish sxemasi
2,α – rasmdagi eng katta va eng kichik chegaraviy o’lchamlar orasidagi shtrixlangan qism dopusk maydoni deb ataladi. Uning balandligi esa dopusk qiymatiga teng. 2,α – rasmdagi sxema qanchalik sodda bo’lishiga qaramay nominal o’lcham bilan chegaraviy o’lchamlar qiymatlari orasidagi farq juda kattaligi uchun uni ma’lum masshtab bilan chizib bo’lmaydi. SHuning uchun amalda ancha sodda bo’lgan dopusk maydonlari sxemasidan foydalaniladi (2,δ - rasm). Bu sxemada xisob boshi sifatida nominal o’lchamga mos keluvchi nol chiziqdan foydalanish qabul qilingan. Nol chiziqdan qabul qilingan masshtab bo’yicha chegaraviy chetlanishlar qo’yiladi. CHegaraviy chetlanishlarning qiymatlari musbat bo’lsa nol chiziqdan yuqoriga, manfiy bo’lsa nol chiziqdan pastga qo’yiladi. Bunday sxemada val va otvertsiyalarning chegaraviy o’lchamlari, dopusklari, zazor va natyaglar oson aniqlanadi.
3,α – rasmda zazorli posadkaga ega bo’lgan birikma dopusk maydonining joylashish sxemasi misol tariqasida keltirilgan. Unda dopusk maydonlari chekkalarida chegaraviy chelanishlarning millimetrlardagi qiymatlari yozilgan. Ushbu birikma uchun sxemadan quyidagilarni aniqlash mumkin:
Dmax = 50,025 mm; TD = 25 mkm;
Dmin = 50,000 mm; Td = 25 mkm;
dmax = 49,975 mm; Smax = 75 mkm;
dmin = 49,950 mm; Smin = 25 mkm.

3-rasm. Dopusk maydonlarining joylashish sxemasi:


α–zazorli posadka; δ–natyagli posadka.
3,δ – rasmda yuqoridagi kabi natyagli posadkaga ega bo’lgan birikma dopusk maydonining joylashish sxemasi keltirilgan, unda:
Dmax = 50,039 mm; TD = 39 mkm;
Dmin = 50,000 mm; Td = 39 mkm;
dmax = 50,i09 mm; Nmax = i09 mkm;
dmin = 50,070 mm; Nmin = 3i mkm.
4.CHizmalarda chegaraviy chetlanishlarni belgilash.
CHegaraviy chetlanishlarni chizmalarda belgilash qoidasi O’zRST 635-95 da belgilangan. Unga ko’ra chegaraviy chetlanishlar nominal o’lchamdan keyin uning yoniga daraja ko’rsatkichi va indeks belgisi kabi yoziladi (4-rasm).
Yig’ma chizmalarda datalg’ o’lchamlarining chegaraviy chetlanishlari kasr ko’rinishida yoziladi. Unda nominal o’lchamdan so’ng kasr chizig’i chiziladi va uning suratiga otvertsiyaning chegaraviy chetlanishlari, maxrajiga esa valning chegaraviy chetlanishlari yoziladi.

4-rasm. Yig’ma chizmalarda chegaraviy chetlanishlarning belgilanishi.


http://fayllar.org
Download 12,16 Kb.




Download 12,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-mavzu Birikmalar to’g’risida tushunchalar Reja

Download 12,16 Kb.