• Tarash jarayonining maqsadi va mohiyati
  • 5-mavzu: Tarash jarayonining maqsadi va mohiyati




    Download 4.7 Mb.
    bet1/29
    Sana31.07.2021
    Hajmi4.7 Mb.
    #16252
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

    5-mavzu: Tarash jarayonining maqsadi va mohiyati.

    Reja:
    1. Tarash jarayonining maqsadi va mohiyati

    2. Tarash mashinalarini tuzilishi va turlari.

    3. Tarash mashinasini ta`minlash.

    4. Tolalarni tarash mashinasiga taqsimlash.

    5. Ta`minlovchi bunkerlarning turi va konstruktsiyasi.

    6. Bunkerlarning pilta sifatiga va jihozlar unumdorligiga ta`siri.

    Tarash jarayonining maqsadi va mohiyati


    Tolalarga titish va tozalash jarayonlarida ishlov berilgandan so‘ng unda 20-30 % gacha xor-xas va nuqsonlar qoladi. Tolada qolgan ushbu xor-xas va nuqsonlar ancha kichik o‘lchamlarga ega bo‘lib, ularni ajratib chiqarish qiyin. Bular asosan tolalarning tugunchalari, eshilib qolgan tolalar, momiq, chang, maydalangan o‘simlik qoldiqlari va mineral aralashmalardan iborat. Ushbu turdagi nuqsonlar va notolaviy qo‘shimchalar ipni sifatsiz bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli odatdagi tozalash jihozlarida ularni ajratib chiqarib yuborish imokniyati yetarli emas.

    Titish va tozalash jarayonlarida tolalarning hajmiy massasi 6-8 gacha kamaytirilib, tolalar bo‘lakchalari 5-10 mg gacha bo‘ladi. Xor-xas va nuqsonlar shunday bo‘lakchalarni ichida joylashgani uchun ham odatdagi usulda tozalash yaxshi samara bermaydi. Bo‘lakchalarni faqat alohida tolalarga ajratilgandagina to‘la tozalash uchun imkoniyat yuzaga keladi. Lekin bo‘lakchalar bir necha o‘nlab tolalardan iboratligini hisobga oladigan bo‘lsak uni titish darajasi o‘ta yuqori jihozlarni ishlatish ham yaxshi samra bera olmasligi ko‘rinadi.

    Tolalardan bir tekisda ixtiyoriy chiziqli zichlikdagi ip yigirish uchun ular bir biridan to‘la ajratilgan, yetarli darajada tozalangan va tartibli joylashgan bo‘lishi kerak. Tolalarni tartibli bo‘lishi uchun ma’lum darajada paralellash va to‘g‘rilash lozim bo‘ladi.

    To‘qimachilik maxsulotlari ishlab chiqarishda tolalarni yuqorida ko‘rsatilgan holatda tayyorlashning eng maqbul va yagona texnologiyasi karda tarash yoki oddiy tarash mashinalarida amalga oshiriladi. Tarash mashinalari dastlab titilgan va tozalangan tolalarni qayta ishlab yupqa qatlam holatiga olib kelish va undan pilta tayyorlash uchun mo‘ljallangan. O‘rnatilgan talablarga qarab navbatdagi bosqichda ushbu pilta bir necha marta qo‘shilib sifati belgilangan me’yorgacha olib boriladi.

    Ta’kidlash lozimki, tarash mashinasidan olinadigan yarim tayyor maxsulotga notekslikni kamaytirish yoki sifatni oshirish uchun ishlab chiqarishning navbatdagi bosqichlarda qo‘shimcha ishlov beriladi. Lekin uni yanada tozalash jaryoni deyarli qo‘shilmaydi. Shuning uchun tarash mashinasi yigirilajak ipning sifati va xossalarini belgilashda muhim o‘rin tutadi.

    Tolali mahsulotlarga ishlov beruvchi TTA mashinalaridan chiqayotgan tolali massa alohida tolalarga ajralmagan mayda paxta bo‘lakchalaridan iborat bo‘lib, uning tarkibida xas-cho‘p va nuqsonlar mavjud bo‘ladi. Ularni tozalash uchun paxta bo‘lakchalarini alohida tolalarga ajratib, so‘ngra nuqsonlardan tozalash mumkin. Bu vazifani faqatgina tarash jarayonida amalga oshirish mumkin.





    Download 4.7 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 4.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu: Tarash jarayonining maqsadi va mohiyati

    Download 4.7 Mb.