5-sinf savollari




Download 176.38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.03.2024
Hajmi176.38 Kb.
#172984
Bog'liq
5-sinf-UZ (2)
Мандина.77777, “Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар” фанининг ма сади ва вазиф, Variantlar Berilgan sonlar ketma-ketligidagi maksimal va minima, Bonn shaxri, 7, 314-Article Text-827-1-10-20201022, daftar yuz institut, BOLALARNI IJTIMOIY TARBIYALASHNING MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI, Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining test savollari, 01-03-1-1243 Бухоро туман, 10-sinf.kimyo @talimiy hujjatlar, 10, 25847446, Yosh olimlar 0418, Raxat Muratbaev Geodeziya a


5-sinf savollari
1
(3,1 ball) Sardor TASHKENTIMO so`zini yonma-yon tarzda 10 marta yozdi. Quyidagilardan
qaysi bir hosil bo`lgan so`zning biror-bir qismida aniq uchramaydi?
A)ENTIMOT
B)ASHKENTI
C)MOTASHK
D)KENIMO
2
(3,1 ball) Hisoblang: (1 · 2 · 3 · 4 · 5) : (1 + 2 + 3 + 4 + 5)
A)12
B)15
C)16
D)8
3
(3,1 ball) I = 1
1
3
, C = 2
1
7
, D = 1
3
4
nuqtalarning son o`qidagi joylashuvi quyidagilardan qaysi
biri bo`lishi mumkin?
4
(3,1 ball) Muslima do`kondagi sotuvchiga 20000 so`m berganida, sotuvchi unga 3 ta bir xil daftar
va 2000 so`m qaytim berdi. Agar Muslima 2 ta daftar olganida edi sotuvchi unga necha so`m qaytim
berardi?
A)6000
B)8000
C)10000
D)12000
5
(3,1 ball) Muzlatkichda 3 ta ikki litrlik idishlarda sharbat bor. Asadbek bu sharbatlarni 0,5 litrlik
idishlarga to`ldirib taqsimladi. Buning uchun unga jami nechta 0,5 litrlik idish kerak bo`lgan?
A)6
B)9
C)12
D)10
©Intelligence Development Center(t.me/idcuz)
1


5-sinf savollari
6
(4,2 ball) Ko`p qavatli binodagi lift sekundiga 4 metr tezlik bilan 1-qavatdan eng yuqori qavatgacha
9 sekunda chiqadi. Lift biroz eskirganidan so`ng mexanik uning tezligini sekundiga 3 metr qilib qo`ydi.
Endi lift 1-qavatdan eng yuqori qavatgacha necha sekundda chiqadi?
A)15
B)12
C)14
D)10
7
(4,2 ball) Rasmdagi quti ichida tartibsiz joylashtirilgan bir xil o`lchamli g'ishtlar joylashtirilgan.
Bu qutiga ustma-ust 2 ta g`isht qoyib bo`lmaydi. G'ishtlarning eng kamida nechtasini siljitib, qutiga
yana 2 ta g'ishtni joylashtirish mumkin?
A)5 ta
B)2 ta
C)3 ta
D)4 ta
8
(4,2 ball) Farruxning elektron soati 12:15 ni ko`rsatyapti. Farrux darhol soatidagi barcha raqamlarni
ko`paytirib, 1 · 2 · 1 · 5 = 10 natijani hosil qildi. Xuddi shunday u yana soatidagi barcha raqamlarni
ko`paytirib qanday eng katta natijani hosil qilishi mumkin?
A)90
B)360
C)405
D)520
9
(4,2 ball) O'tgan yili beshinchi sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan bilimlar bellashuvi olimpiadasida
har bir maktabdan 2 yoki 3 ta o'quvchi ishtirok etdi. 29 ta maktabdan jami 70 ta o'quvchi ishtirok
etgan bo'lsa, nechta maktabdan 2 ta o'quvchi ishtirok etgan?
A)17
B)12
C)15
D)23
10
(4,2 ball) Muzlatgichda 4 ta sariq olma, 5 ta qizil olma, 6 ta sariq banan va 3 ta qizil shaftoli bor.
Muzlatkichga qaramasdan eng kamida nechta meva olinganda ular orasidan aniq shaftoli yoki sariq
rangli meva bo`ladi?
A)6
B)5
C)8
D)12
2
©Intelligence Development Center(t.me/idcuz)


5-sinf savollari
11
(5,3 ball) Azamat uyidan maktabigacha piyoda yurib 42 daqiqada boradi. Uning akasi Farxod esa
velosipedda harakatlanib undan uch marta tezroq boradi. Azamat 8:11 da, Farxod esa 8:32 da uyidan
chiqib maktab tomon ketishdi. Ular maktabga birga kirmoqchi bo`lsa, kim necha daqiqa kutib turishi
kerak?
A)Azamat 7 daqiqa
B)Farxod 7 daqiqa
C)Azamat 15 daqiqa
D)Farxod 15 daqiqa
12
(5,3 ball) Mirzabek kvadrat shaklidagi qog'ozni dastlab eni bo'ylab teng ikkiga bukladi. Keyin
esa hosil bo'lgan to'g'ri to'rtburchakni bo'yi bo'ylab teng ikkiga bukladi(rasmga qarang). Hosil
bo'lgan kichik kvadratni rasmda ko'rsatilgan yo'nalish bo'yicha qaychi bilan 2 marta qirqdi. Natijada
dastlabki kvadrat shaklidagi qog'oz nechta bo'lakka ajraldi?
A)12 ta
B)14 ta
C)16 ta
D)8 ta
13
(5,3 ball) Sinfda 35 ta o`quvchi o`qiydi. Ularning
2
5
qismi qiz bolalar. O`quvchilarning
2
7
qismi
ko`zoynak taqadi. Qizlarning aynan 9 tasi ko`zoynak taqmaydi. Nechta o`g`il bola ko`zoynak taqmaydi?
A)5
B)16
C)10
D)1
14
(5,3 ball) Sardor doskaga 11 ta raqamlardan tashkil topgan ketma-ketlikni yozdi. Bunda, bitta
raqamdan boshqa barcha raqamlar bir martadan ishtirok etdi. Nodir ketma-ketlikdagi har xil raqamlarni
har xil harar bilan, bir xil raqamlarni bir xil harar bilan belgiladi. Natijada doskada quyidagi
tengsizlik hosil bo`ldi. T < A < S < H < K < E < N > T > I > M > O
Nodir qaysi raqamni T  har bilan belgilagan bo`lishi mumkin?
A)faqat 3
B)4 yoki 5
C)faqat 4
D)3 yoki 4
15
(5,3 ball) Quyidagi rasmda kafellardan tashkil topgan oshxona polining ma`lum bir qismi tasvirlangan.
Bunda har bir kafel to`g`ri to`rtburchak shaklida bo`lib, ularning eni 2 dm bo`yi esa 3 dm. Anta ismli
chumoli A nuqtadan B nuqtaga rasmda ko`rsatilganidek harakatlanib bordi. Bunda u o`zi yurgan
kafellarning markazidan o`tgan va harakati davomida kafellarning biror-bir tomoniga parallel ravishda
harakatlangan. Anta hammasi bo`lib necha dm masofa yurgan?
A)24
B)22
C)18
D)21
©Intelligence Development Center(t.me/idcuz)
3


5-sinf savollari
16
(7,4 ball) Orolda bir nechta rostgo`y va yolg`onchilar bor. Bunda rostg`oylar har doim rost,
yolg`onchilar esa har doim yolg`on gapiradi.
Oroldagi rostgo`ylardan biri: Oroldagi barcha kishilarni har birida bittadan rostg`oy bo`lgan 5
kishilik guruhlarga ajratib bo`ladi.
Oroldagi yolg`onchilardan biri: Oroldagi barcha kishilar soni 27 tadan ko`p. Rostgo`ylar soni esa
5 tadan kam.
Orolda nechta yolg`onchi bor?
A)12
B)16
C)20
D)Aniqlab bo`lmaydi.
17
(7,4 ball) Rasmda to'rtta turli tomonli A, B, C va D kvadratlar tasvirlangan. A va C kvadratlarning
perimetrlari mos ravishda 52 cm va 12 cm bo'lsa, B va D kvadratlarning yuzlari yig'indisini toping(cm
2
).
A)85
B)89
C)41
D)80
18
(7,4 ball) 1 dan boshlab n gacha bo`lgan ketma-ket sonlar aylanaga navbat bilan yozib chiqildi(rasmga
qarang). Bunda ixtiyoriy qo`shni sonlar orasidagi masofalar teng. Agar 5 sonining aylana markaziga
nisbatan qarama-qarshi tomonida 32 soni turgan bo`lsa, 41 sonining aylana markaziga nisbatan
qarama-qarshisida qanday son turibdi?
A)68
B)15
C)65
D)14
19
(7,4 ball) A va B shaharlar orasidagi masofa 240 km. A shahardan B shaharga qarab 9:00 da
birinchi sayyoh 80 km/soat tezlik bilan yo'lga chiqdi. Oradan 24 daqiqa o'tib A shahardan o'sha
yo'nalishda 96 km/soat tezlik bilan ikkinchi sayyoh yo'lga chiqdi. Ikkinchi sayyoh birinchi sayyohni
quvib o`tganidan qancha vaqt o`tib, birinchi sayyoh B shaharga yetib keladi?
A)36 daqiqa
B)24 daqiqa
C)84 daqiqa
D)30 daqiqa
20
(7,4 ball) Ketma-ket hadlari aynan bir xil songa ortib boradigan sonlar qatorini Arifmetik qator
deb ataylik. Masalan 2, 6, 10, 14, 18 beshta sondan iborat sonli qatorning ketma-ket hadlari 4 ga
ortib boradi.
Yuqoridagi 5 × 5 jadvalning har bir satr va har bir ustunida joylashgan sonlar arifmetik qatorlarni
tashkil eta olsa, ? o'rniga mos keluvchi sonni toping.
A)13
B)19
C)25
D)37
4
©Intelligence Development Center(t.me/idcuz)

Download 176.38 Kb.




Download 176.38 Kb.
Pdf ko'rish