• VIII. Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish
  • VII bo’lim. Hisobga olish, hisobot berish va nazorat




    Download 123.84 Kb.
    bet11/11
    Sana15.03.2017
    Hajmi123.84 Kb.
    #137
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    VII bo’lim. Hisobga olish, hisobot berish va nazorat

    67. Jamiyat va uning bo’linmalari buxgalteriya hisobining Milliy andozalariga muvofiq tezkor va buxgalteriya hisobini yuritadi, shuningdek, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya va statistika hisobotlarini tuzadi.

    68. Jamiyat korxonalari belgilangan tartibda Jamiyatga, soliq va boshqa davlat idoralariga amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq o’zining moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalari haqidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etadi.

    69. Jamiyat tarkibiga kiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati yuzasidan nazorat ichki va tashqi audit shaklida amalga oshiriladi.

    70. Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining ichki auditi, ular tomonidan mulk va mablag’lardan foydalanishini tekshirish Jamiyatning moliya va nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

    71. Jamiyat va uning korxonalari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining tashqi auditi, amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq, shartnoma asosida auditorlik tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

    72. Jamiyat buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, uning holati va haqqoniyligi, yillik hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlarning tegishli idoralarga o’z vaqtida taqdim etilishi, shuningdek, Jamiyatning faoliyati haqida kreditorlarga va ommaviy axborot vositalariga taqdim etilgan ma’lumotlar uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ravishda Jamiyatning ijro etuvchi organi mas’uldir.

    73. Ko’rsatilgan hujjatlarni e’lon qilishdan oldin Jamiyat, yillik moliyaviy hisobotlarni tekshirish va tasdiqlash uchun Jamiyat yoki uning korxonalari bilan mulkiy manfaatlar bilan bog’liq bo’lmagan auditorni jalb etishi shart.

    74. Jamiyat:

    Belgilangan tartibda ro’yxatga olingan Jamiyat Ustavini xamda Ustavga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarni, Jamiyatning tuzilishi va qayta tashkil etilishiga doir hujjatlarni, Jamiyatning davlat ro’yxatiga olinishi haqidagi guvohnomani;

    Jamiyatning o’z balansida bo’lgan mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;

    Jamiyat tarikibiga kiruvchi korxonalar va bo’linmalar, Jamiyat filiallari va vakolatxonalari haqidagi nizomlarni;

    Jamiyat aksiyadori, Kengashi va Boshqaruvi majlislarining bayonnomalarini;

    hay’atlar, auditorlik tashkilotlari, davlat moliya, nazorat idoralarining xulosalarini;



    Jamiyat Ustavida, Jamiyat boshqaruvi organlari qarorlarida, xamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni o’zida saqlashi shart.

    VIII. Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish

    75. Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Katalog: upload -> iblock -> c0b
    iblock -> Assalomu alaykum! Hurmatli vazir, hurmatli deputatlar va yig‘ilish qatnashchilari
    iblock -> Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2014 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
    iblock -> 2. "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon nomerining asosiy funktsiyasi "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hisoblanadi
    iblock -> Ishonch telefoni
    iblock -> “Ўзбек халқига тинчлик ва омонлик керак” рисоласи жаҳон жамоатчилиги эътиборида
    iblock -> 994 yilning noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining pf-982 sonli farmoni asosida, O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo'l transporti tarmoq qismlarning, korxona, tashkilot va muassasalari tarkibida

    Download 123.84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 123.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VII bo’lim. Hisobga olish, hisobot berish va nazorat

    Download 123.84 Kb.