Устав гажк «Узбекистон темир йуллари»




Download 123.84 Kb.
bet7/11
Sana15.03.2017
Hajmi123.84 Kb.
#137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Jamiyat Kengashi

47. Jamiyat Kengashi kuzatuv kengashi funksiyalarini bajaradi.

48. Jamiyat Kengashi vakolatiga quyidagilar kiradi:

Jamiyat faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash;

mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;

korporativ maslahatchini tayinlash zaruriyati tug’ilsa, uni tayinlash va faoliyati tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash;

Jamiyatning yillik biznes-rejasini ma’qullash. Bunda Jamiyatning kelgusi yilga mo’ljallangan biznes-rejasi Jamiyat Kengashi majlisida joriy yilning 1 dekabridan kechiktirmay ma’qullanishi lozim;

ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;

Jamiyat ijro etuvchi organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan erkin foydalanish va Jamiyat Kengashiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun ushbu hujjatlarni ijro etuvchi organdan olish. Jamiyat Kengashi va uning a’zolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;

Jamiyatning taftish komissiyasi a’zolariga to’lanadigan haq va kompensasiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish;

Jamiyatning aksiyadoriga dividend miqdori, uni to’lash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;

Jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish;

Jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;

Jamiyatning sho’’ba va tobe xo’jalik jamiyatlarini tashkil etish;

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan holatlarda bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish;

Jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog’liq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish.

49. Jamiyat Kengashi faoliyatining tartibi Jamiyat Kengashi to’g’risidagi Nizomda belgilanadi. Jamiyat ustaviga taftish komissiyasi, Kengash va Boshqaruv a’zolari soni o’zgarishi bilan bog’liq o’zgartirishlar Kengash yig’ilishini o’tkazmasdan aksiyador tomonidan kiritiladi.

50. Jamiyat Kengashining vakolati doirasiga kiritilgan masalalar Jamiyat Boshqaruviga hal etish uchun berilishi mumkin emas.

51. Jamiyat Kengashi qarorlari, qonunchilikda va mazkur Ustavda boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

52. Jamiyat Kengashining yig’ilishlari har chorakda kamida bir marta o’tkaziladi.

53. Jamiyat Kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yo’li bilan (so’rov yo’li bilan) Jamiyat Kengashining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin.

54. Jamiyat Kengashi raisi Kengash tomonidan qaror qabul qilish paytida, agar ovozlar soni teng bo’lib qolsa, hal qiluvchi ovozga ega bo’ladi.



Katalog: upload -> iblock -> c0b
iblock -> Assalomu alaykum! Hurmatli vazir, hurmatli deputatlar va yig‘ilish qatnashchilari
iblock -> Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2014 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
iblock -> 2. "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon nomerining asosiy funktsiyasi "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hisoblanadi
iblock -> Ishonch telefoni
iblock -> “Ўзбек халқига тинчлик ва омонлик керак” рисоласи жаҳон жамоатчилиги эътиборида
iblock -> 994 yilning noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining pf-982 sonli farmoni asosida, O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo'l transporti tarmoq qismlarning, korxona, tashkilot va muassasalari tarkibida

Download 123.84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 123.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Устав гажк «Узбекистон темир йуллари»

Download 123.84 Kb.