Устав гажк «Узбекистон темир йуллари»




Download 123.84 Kb.
bet9/11
Sana15.03.2017
Hajmi123.84 Kb.
#137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshqaruv raisi

59. Boshqaruv raisi:

Jamiyat faoliyatiga va uning ijro etuvchi apparatiga rahbarlik qiladi, Jamiyatga yuklangan vazifalarning bajarilishi hamda mazkur Ustavga rioya qilinishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi;

boshqaruv a’zolari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Jamiyat faoliyatiga oid masalalarni hal etishda ularning vakolatlarini belgilaydi;

Jamiyat aksiyadori, Kengashi va Boshqaruvi qarorlarining ijro etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

zarur hollarda Jamiyatning ijro etuvchi apparati tarkibiga, mintaqaviy temir yo’l tarmoqlari boshqaruv apparatining va Jamiyatning boshqa korxonalari namunaviy tarkibiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o’zgartirishlar kiritadi;

ijro etuvchi apparatining boshqarmalari, markazlari va bo’limlari to’g’risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi;

Jamiyat mablag’larini belgilangan tartibda, ishonchnomasiz tasarruf etadi, banklarda hisob va boshqa raqamlar ochadi, Jamiyatning hisob-kitob hujjatlari va hisobotlarini imzolaydi, O’zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa yuridik va jismoniy shaxslari bilan hamda undan tashqaridagi munosabatlarda Jamiyat nomidan ish yuritadi, Jamiyat nomidan kelishuvlar, shartnomalar, kontraktlar va boshqa bitimlar tuzadi, bunday bitimlarni amalga oshirish uchun ishonchnomalar beradi;

Jamiyat aksiyadori, Kengashi va O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko’rib chiqish uchun Jamiyat vakolati doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;

Jamiyat tarkibiga kiruvchi boshqarmalar, markazlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va tarkibiy bo’linmalar Ustavlari va Nizomlarini tasdiqlaydi;

Jamiyatning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari bajarishi shart bo’lgan buyruqlar, farmoyishlar, ko’rsatmalar chiqaradi, shuningdek o’zining vakolati doirasiga kiruvchi masalalarga oid yo’riqnomalarni va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;

Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalar rahbarlari chiqargan amaldagi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek Ustav va Jamiyat boshqaruvi qarorlariga zid bo’lgan buyruqlarni va boshqa hujjatlarni bekor qiladi;

Jamiyat va uning korxonalari ishlab chiqarish-moliyaviy istiqbol rejalarining asosiy ko’lamlarini, Jamiyatning ijro etuvchi devoni hamda Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalar, muassasalar, tarkibiy bo’linmalar shtatlari jadvallarini tasdiqlaydi;

Jamiyat tarkibiga kiruvchi boshqarmalar, markazlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va tarkibiy bo’linmalar rahbarlarini belgilangan tartibda tayinlaydi;

Jamiyatning ijro etuvchi devoni, korxona va tashkilotlar xodimlari lavozimlari nomenklaturasini tasdiqlaydi va unga muvofiq ularni ishga qabul qilish, ish joyini o’zgartirish, boshqa ishga o’tkazish hamda mehnat shartnomalarini bekor qilishni amalga oshiradi;

Jamiyat xodimlariga nisbatan amaldagi qonunchilikda va Jamiyat xodimlarining intizomi haqidagi nizomda nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qo’llaydi;

xodimlarni mukofotlash to’g’risidagi nizomni tasdiqlaydi, lavozim bo’yicha ish haqlarini, ularga ustamalarni, turli qo’shimcha to’lovlarni belgilaydi, Jamiyat xodimlarini rag’batlantiradi, shuningdek, Jamiyat xodimlarini ijtimoiy himoyalash maqsadida kompensasiya to’lovlarini joriy etadi;

Jamiyatning ilg’or xodimlarini belgilangan tartibda ko’krak nishonlari, faxriy yorliqlar bilan mukofotlaydi va rag’batlantirishning boshqa turlarini qo’llaydi;

Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati holati uchun mas’ul hisoblanadi hamda ulardagi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga yo’naltirilgan zarur choralarni ko’radi;

Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish to’g’risida qaror qabul qiladi, ularning natijalarini ko’rib chiqadi va ular yuzasidan hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha qarorlar qabul qiladi va zarur choralar ko’radi.


Katalog: upload -> iblock -> c0b
iblock -> Assalomu alaykum! Hurmatli vazir, hurmatli deputatlar va yig‘ilish qatnashchilari
iblock -> Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2014 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
iblock -> 2. "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon nomerining asosiy funktsiyasi "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hisoblanadi
iblock -> Ishonch telefoni
iblock -> “Ўзбек халқига тинчлик ва омонлик керак” рисоласи жаҳон жамоатчилиги эътиборида
iblock -> 994 yilning noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining pf-982 sonli farmoni asosida, O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo'l transporti tarmoq qismlarning, korxona, tashkilot va muassasalari tarkibida

Download 123.84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 123.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Устав гажк «Узбекистон темир йуллари»

Download 123.84 Kb.