• 2. Ishning nazariy qismi.
  • 6-Laboratoriya ishi Elektron ossillografni o`rganish. Ishning maqsadi




    Download 483.53 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana20.12.2022
    Hajmi483.53 Kb.
    #36203
      1   2   3
    Bog'liq
    6-laboratoriya
    laboratoriyaishi2ishaxzod, 75sAdApEii5qKQtNbEaNzxObwJQ0I5WRltF3E07k, Mutual-Non-Disclosure-Agreement, Abdulazizova Yorqinoy Shuxratjon qizining, krasword(10), Olimjonova Muyassarxon, 1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari, Pedagogik diagnostika va korreksiya, 1-tema, Nyutonning klasik fizikasi, Режа Замонавий ахборот сақловчилардаги ахборотни ўчириш усуллар-fayllar.org, Axborot xavfsizligi xavflarni boshqarishga kirish 2 amaliy, REKTOR NOMIGA ARIZA, mustaqil iw kamol


    6-Laboratoriya ishi
     
    Elektron ossillografni o`rganish. 
    1. Ishning maqsadi 
    Elektron ossillografning tuzilishi, ish prinsipi va u yordamida har xil 
    kattaliklarni aniqlash usullarini o`rganish. Elektron ossillografining ishlashi bilan 
    amaliy tanishish. 
    2. Ishning nazariy qismi. 
     
    Elektron ossillograflari universal asbob hisoblanib, ular faqat elektr o`lchash 
    laboratoriyalarida majburiy asbob bo`lmay, balki biologiyada, meditsinada va 
    boshqa fan va texnika sohalarida juda keng qo`llaniladi. 
    Elektron ossillograflar past va yuqori chastotali o`zgaruvchan tok va 
    kuchlanishlarni o`lchash, qisqa vaqt ichida o`zgaruvchan va impulsli hodisalarni 
    kuzatish, qayd qilish uchun xizmat qiladi. Ular yordamida hattoki chastotasi 10
    +3
    mGs gacha bo`lgan jarayonlarni tekshirish mumkin. 
    Elektron ossillograf bir qancha kismlardan iborat: elektron nur trubkasi, 
    vertikal va gorizontal og‘ish kuchaytirgichlari, arrasimon kuchlanish generatori va 
    manba bloki. 
    Elektron nur trubka ossillografning asosiy o`lchash mexanizmi bo`lib xizmat 
    qiladi. Hozirgi vaqtda asosan, qizdirilgan katodli, elektrostatik fokuslash va 
    boshqariladigan elektron nur trubka qo`llaniladi. Elektron nur trubka (1) oynali 
    konussimon kolba shaklida yasalib, keng asosi qavariq bo`ladi va uning ichki sirti 
    maxsus lyuminofor qatlami bilan qoplanadi, hamda u ekran (2) vazifasini o`taydi 
    (5.1 a- rasm). Bu ekran erkin elektronlar tushgan nuqtalardan nur sochish 
    xususiyatiga egadir. 
    Elektron nur trubkaning tor uchiga elektron to`pi va nurni og‘diruvchi tizim 
    o`rnatiladi. 
    6.1-rasm. Elektron ossillograf sxemasi. 
    Elektron to`pi tez uchuvchi elektronlar oqimi hosil qiluvchi va uni ingichka 
    nurga aylantiruvchi qurilmadir. U elektron chiqaruvchi katod 3, boshqaruvchi 
    elektrod 4 va elektronlar nurini ekranga fokuslovchi ikkita A
    1
    va A
    2
    anoddan iborat. 
    Og‘diruvchi tizim ikki juft: vertikal og‘diruvchi 5 va gorizontal og‘diruvchi 6 
    plastinkalardan iborat. 

    5
    6
    2
    3
    6
    6
    А
    1
    А
    2
    5


    Agar qizdirgich tolasidan elektr toki o`tkazilsa, u cho`g‘lanadi va katodni 
    qizdiradi. Termoelektron emissiya hodisasi natijasida katod elektronlar chiqaradi. 
    Agar boshqaruvchi elektrod 4 ga anod potensialiga nisbatan manfiy potensial 
    berilsa, A
    1
    va A
    2
    anodlarning potensialini esa ungan nisbatan musbat qilinsa, u holda 
    elektronlar boshqaruvchi elektrodning sirtidan uning o`qiga tomon itariladi va teshik 
    orqali musbat potensialli anodga intiladi. Birinchi anodning potensialini rostlab 
    elektron dastani fokuslash, ekranda kichik (diametri 0,2+0,5 mm li) nurlanuvchi 
    nuqtaning paydo bo`lishiga erishish mumkin. Agar vertikal og‘diruvchi 
    plastinkalarga kuchlanish berilgan bo`lsa, ular orasida elektr maydoni hosil bo`lib, 
    o`zi orqali o`tayotgan elektronlarga ta’sir qiladi.Bu kuchlar ta’siri ostida elektronlar 
    dastlabki yo`nalishlarini o`zgartiradi va ekranning markaziga tushmaydi (6.2-rasm 
    b) natijada yarqiroq dog‘ plastinkalarga berilgan kuchlanishning yo`nalishiga qarab 
    yo pastga, yo yuqoriga ko`chadi. 
    Gorizontal og‘diruvchi plastinkalar ta’siri ham xuddi shunday, faqat ular nurni 
    gorizontal bo`ylab og‘diradi. 
    Agar ikkala og‘diruvchi plastinkalarga, sinusoida bo`yicha o`zgaruvchan 
    kuchlanish U
    y
    va U
    x
    berilgan bo`lsa, u holda, bu kuchlanishlarning amplitudasiga, 
    fazasiga va chastotasiga qarab elektron nur ekranda Lissaju shakllarini yozadi. 
    Bunda, masalan gorizontal og‘diruvchi plastinkaga ma’lum chastotali sinusoidal 
    kuchlanish, vertikal og‘diruvchi plastinkaga esa noma’lum tekshirilayotgan 
    kuchlanish berib, hosil bo`lgan Lissaju shakllari bo`yicha noma’lum kuchlanishning 
    fazasi, chastotasi haqida fikr yuritish mumkin. 
    Bizni qiziqtiradigan kattalikning vaqt bo`yicha o`zgarish egri chizig‘ini olish 
    uchun, odatda, gorizontal og‘diruvchi plastinkalarga chiziqli o`zgaruvchan 
    kuchlanish U
    yo
    qo`yish kerak, vertikal og‘diruvchi plastinkalarga esa noma’lum 
    kuchlanish beriladi. Bunda ekranda to`g‘ri burchakli koordinatalarda noma’lum 
    kuchlanishning o`zgarish egri chizig‘i hosil bo`ladi (6.2 a-rasm). 
    6.2-rasm. Noma’lum kuchlanish egri chizig‘i. 
    CHiziqli o`zgarishni ta’minlash uchun yoyuvchi kuchlanish U
    ¸
    arrasimon 
    bo`lishi kerak.Bunday kuchlanish yoyma (razvertka) generatori deb ataladigan 
    а)
    б)
    +
    +
    +
    +
    U
    t
    2
    t
    1
    T
    -
    -
    -
    -
    U
    ё
    U
    ё


    generator bilan xosil qilinadi. Noma’lum kuchlanish egri chizig‘i ekranda 
    qo`zg‘almay turishi uchun noma’lum kuchlanish chastotasini maxsus sinxronlash 
    qurilmasi yordamida sinxronlashtiriladi. 
    Agar vertikal og‘diruvchi plastinkalarga kuchlanish berilmasa, arrasimon 
    kuchlanishning ta’sirida nurlanuvchi dog‘ ekranda gorizontal chiziq bo`yicha t

    Download 483.53 Kb.
      1   2   3




    Download 483.53 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-Laboratoriya ishi Elektron ossillografni o`rganish. Ishning maqsadi

    Download 483.53 Kb.
    Pdf ko'rish