6-mavzu Refleks. Refleks yoyi




Download 208.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.04.2024
Hajmi208.76 Kb.
#186806
Bog'liq
6-амалий (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5


6-mavzu Refleks. Refleks yoyi. 
Nerv sistemasi bor hayvonlarda reaksiyalarning maxsus tipi — reflekslar 
rivojlangan. Sezuvchi nerv oxirlari — retseptorlarning ta’sirlanishiga javoban 
albatta nerv sistemasining ishtiroki bilan organizmda ro‘y beradigan reaksiyalar 
r e f l e k s l a r deb ataladi. 
Ta’sirotga javoban retseptorlarda nerv impulslarining ritmik zalplari vujudga 
keladi. Retseptorlardan o‘tadigan axborot impulslar chastotasi va ritmida 
kodlangan. 
Turli retseptorlar strukturasi va funksiyalari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Ulardan bir qismi muayyan ta’sirotlarni sezishga maxsus moslashgan organlarda, 
masalan, ko‘zda, quloqda bo‘ladi. Ko‘ruv retseptorlari ko‘zning to‘r pardasida 
bo‘lib, ko‘zning optik sistemasi yorug‘lik nurlarini to‘r pardasida fokuslaydi. 
Quloq tovush tebranishlarini eshituv retseptorlariga o‘tkazadi. Turli retseptorlar 
o‘zlari uchun adekvat bo‘lgan ta’sirlovchilarni sezishga moslashgan. 
Retseptorlarning quyidagi turlari bor: 1) mexanoretseptorlar: a) tegishni 
sezadigan — taktil retseptorlar; b) cho‘zilish va bosimni sezadigani — 
pressoretseptorlar va baroretseptorlar; v) tovush tebranishlarini sezadigani — 
fonoretseptorlar; g) tezlanishni sezadigani — ak-selleretseptorlar, yoki 
vestibuloretseptorlar; 2) xemoretseptorlar muayyan ximiyaviy birikmalarning 
ko‘rsatadigan ta’sirini sezadi; 3) ter-moretseptorlar temperatura o‘zgarishini 
sezadi; 4) fotoretseptorlar yorug‘lik ta’sirini sezadi; 5) osmoretseptorlar osmotik 
booimning o‘z garishini sezadi. 
T a s h q i m u h i t d a n k e l u v c h i t a ’ s i r o t l a r n i sezadigan retseptorlar: tovush 
tebranishlarini, yorug‘lik ta’sirini sezadigan retseptorlar, hid bilish, tam bilish 
retseptorlari, temperatura o‘zgarishini sezadigan va taktil retseptorlar gavda sirtiga 
yaqin joylash-gan bo‘lib, eksteroretseptorlar deb ataladi. O r g a n i z m ichki muh 
i t i, organlar holati va faoliyatining o‘zgarishiga aloqador o‘zgarishlarni sezadigan 
retseptorlar interoretseptorlar deb ataladi (skelet muskullaridagi retseptorlar—
proprioretseptorlar ham interoretseptorlarga kiradi). 
Markaziy nerv sistemasi faoliyatining asosiy va o‘ziga xos belgisi reflektor aktlarni 
yoki reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I. P- Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan 
edi: «Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko‘p uchraydigan 
nerv hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to‘g‘ri va aniq o‘zaro nisbati va 
butun organizmning tevarak-atrofdagi sharoitga munosabati refleks yordamida 
qaror topadi». 
Refleks — tashqi yoki ichki muhit o‘zgarganda retseptorlarning ta’sirlanishiga 
javoban organizmning markaziy nerv sistemasi yordamida ko‘rsatadigan qonuniy 
reaksiyasidir. Reflekslar organizm biron faoliyatining maydonga kelishi yoki 
to‘xtashida: muskullarning qisqarishi yoki bo‘shashuvida, bezlar sekresiyasida 
yoki sekresiyaning to‘xtashida, tomirlarning torayishi yoki kengayishida va shunga 
o‘xshashlarda namoyon bo‘ladi. 
Organizm reflektor faoliyat tufayli tashqi muhitning yoki o‘z ichki holatining turli 
o‘zgarishlariga tez reaksiya ko‘rsata oladi va shu o‘zgarishlarga tez moslasha oladi. 
Umurtqali hayvonlarda markaziy nerv sistemasi reflektor faoliyatining ahamiyati 


shu qadar kattaki, bu faoliyat qisman yo‘qolganda ham (nerv sistemasining ayrim 
bo‘laklari operatsiyada olib tashlanganda yoki kasallanganda) ko‘pincha chuqur 
invalidlik ro‘y berib, doimo sinchiklab parvarish qilinmagan taqdirda zarur hayotiy 
funksiyalarni yuzaga chiqarib bo‘lmaydi. 
Markaziy nerv sistemasi reflektor faoliyatining ahamiyati I. M. Sechenov va I. P. 
Pavlovning klassik asarlarida to‘liq ochib berilgan. I. M. Sechenov 1862 yildayoq 
«Bosh miya reflekslari» degan shox asarida: «Ongli va ongsiz hayotning hamma 
aktlari kelib chiqish usuli jihatidan reflekslardir» degan edi. 
Retseptor neyronlar, kiritma neyronlar va effektor neyronlarning zanjirlari reflektor 
faoliyatning struktura asosini tashkil etadi. Har qanday refleksning yuzaga 
chiqishida impulslarning retseptordan ijrochi organga o‘tadigan yo‘li o‘sha 
zanjirlardan hosil bo‘ladi. Bu yo‘l reflektor duga (refleks yoyi) deb ataladi. Unga 
quyidagilar kiradi: 1) ta’sirotlarni qabul qiluvchi retseptorlar; 2) retseptor 
neyronlarning qo‘zg‘alishni markaziy nerv sistemasiga yetkazib beruvchi 
o‘siqlari— afferent nerv tolalari; 3) impulslarni effektor neyronlarga o‘tkazuvchi 
sinapslar va neyronlar; 4) impulslarni markaziy nerv sistemasidan periferiyaga 
o‘tkazuvchi efferent nerv tolalari; 5) refleks natijasida faoliyati o‘zgaradigan ijrochi 
organ. 
Eng oddiy reflektor dugani sxema tarzida atigi ikkita neyron, bitta sinaps orqali 
bog‘langan retseptor va effektor neyronlardan hosil bo‘lgan deb tasavvur qilish 
mumkin. Bunday reflektor duga ikki neyronli va monosinaptik duga deb ataladi. 
Aksari reflekslarning reflektor dugalariga ikkita emas, balki ko‘proq neyron: 
retseptor neyron, bitta yoki bir necha kiritma neyron va effektor neyron kiradi. 
Bunday reflektor dugalar ko‘p neyronli va polisinaptik dugalar deb ataladi. 
Polisinaptik reflektor dugalarning har xil variantlari bo‘lishi mumkin. Shunday eng 
oddiy dugaga atigi uchta neyron va ularning orasidagi ikkita sinaps kiradi
Polisinaptik reflektor dugalar bor. Ularda retseptor neyron bir necha kiritma neyron 
bilan birlashgan, kiritma neyronlardan har biri turli effektor neyronlarda yoki bir 
effektor neyronning o‘zida sinapslar hosil qiladi. 
Sut emizuvchi hayvonlarda reflektor reaksiyalar ona qornidagi taraqqiyot 
davrida kelib chiqadi. Sutemizuvchilar embrionining reflektor faoliyati embrion 
bachadondan operatsiya yo‘li bilan olingach tekshiriladi. 
Odam embrionida dastlabki reflektor reaksiyalar ona qorinidagi hayot 3oyining 
ikkinchi yarmida aniqlanadi. Avvalo bosh refleksogen zonalarining, so‘ngra qo‘l va 
tana refleksogen zonalarining, eng keyin oyoq refleksogen zonalarining 
ta’sirlanishiga javoban reflektor harakatlar ro‘y beradi. Sutemizuvchilar 
embrionining dastlabki reflektor harakatlari gavda bir qismining yakkalangan kalta 
harakatlaridan iborat bo‘ladi (A. A. Voloxov). Oyoq kafti refleksi, tizza refleksi va 
qo‘l barmoqlari bilan changallashdan iborat reflektor harakat odam homilasida juda 
barvaqt aniqlanadi. 
Dastlabki reflektor harakatlar paydo bo‘lgach bir necha kundan keyinoq lokal, 
cheqlangan xarakterini yo‘qotadi. Badanning ma’lum bir qismi ta’sirlanganda 
qo‘zg‘alish butun gavda muskullariga yoyiladi. Ona qornidagi hayotning 3—6oyida 
bachadondan olingan odam embrionlarining reflektor harakatlarini tekshirgan M. A. 


Minkovskiyning kuzatishicha, homilaning oyoq panjasi salgina bosilganda shu 
oyoqning o‘zigina emas, qarama-qarshi oyoq ham bukilgan, shuningdek qo‘l, tana 
va bosh muskullari qisqargan. Bu yoshdagi embrion gavdasining har qanday qismi 
refleksogen zona bo‘lib, gavdaning kattagina qismini va hatto hammasini harakatga 
keltira oladi. Shunday qilib, embrional taraqqiyotning bu davrida markaziy nerv 
sistemasida qo‘zg‘alish keng tarqaladi (irradiatsiya), shuning natijasida markaziy 
nerv sistemasining hammasi har qanday ta’sirotga javoban reaksiyalarni yuzaga 
chiqarishda ishtirok etadi. 
Markaziy nerv tizimi faoliyatining asosiy va o‘ziga xos belgisi reflektor aktlarni 
yoki reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I.P.Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan edi: 
«Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko‘p uchraydigan nerv 
hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to‘g‘ri va aniq o‘zaro nisbati va butun 
organizmning tevarakatrofdagi sharoitga munosabati refleks yordamida qaror 
topadi». Refleks — tashqi yoki ichki muhit o‘zgarganda retseptorlarning 
ta’sirlanishiga javoban organizmning markaziy nerv tizimi yordamida ko‘rsatadigan 
qonuniy reaksiyasidir. Reflekslar organizm biron faoliyatining maydonga kelishi 
yoki to‘xtashida: mushaklarning qisqarishi yoki bo‘shashuvida, bezlar sekresiyasida 
yoki sekresiyaning to‘xtashida, tomirlarning torayishi yoki kengayishida va shunga 
o‘xshashlarda namoyon bo‘ladi. Organizm reflektor faoliyat tufayli tashqi 
muhitning yoki o‘z ichki holatining turli o‘zgarishlariga tez reaksiya ko‘rsata oladi 
va shu o‘zgarishlarga tez moslasha oladi. Umurtqali hayvonlarda markaziy nerv 
tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati shu qadar kattaki, bu faoliyat qisman 
yo‘qolganda ham (nerv tizimining ayrim bo‘laklari operatsiyada olib tashlanganda 
yoki kasallanganda) ko‘pincha chuqur invalidlik ro‘y berib, doimo sinchiklab 
parvarish qilinmagan taqdirda zarur hayotiy funksiyalarni yuzaga chiqarib 
bo‘lmaydi. Markaziy nerv tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati I.M. Sechenov va 
I.P. Pavlovning klassik asarlarida to‘liq ochib berilgan. I.M. Sechenov 1862 
yildayoq «Bosh miya reflekslari» nomli shox asarida: «Ongli va ongsiz hayotning 
hamma aktlari kelib chiqish usuli jihatidan reflekslardir», degan edi. Reflekslarning 
turlari. Reflekslar yoki reflektor aktlar juda xilma-xilligi bilan farq qiladi. 
Reflekslarni 
bir 
qancha 
belgilariga 
qarab 
turli 
guruhlarga 
ajratish, 
klassifikatsiyalash mumkin. 1. Biologik ahamiyati bo‘yicha: ovqatlanish, mudofaa, 
jinsiy, chamalash, pozali-tonusli (fazoda gavdani tutish reflekslari), lokomotor 
(fazoda tanani harakatlantirish reflekslari). 2. Mazkur reflektor aktini chaqiradigan 
qo‘zg‘atuvchi retseptorlarni joylashishi bo‘yicha: eksteroretseptiv refleks – tananing 
tashqi yuzasidagi retseptorlarni ta’sirlanishi, vissero- yoki interoretseptiv refleks – 
ichki a’zo va tomirlardagi retseptorlar ta’sirlanganida paydo bo‘ladigan reflekslar, 
proprioretseptiv (miotatik) refleks – skelet mushaklari, bo‘g‘imlar, pay retseptorlari 
ta’sirlanganida paydo bo‘ladigan reflekslar. 3. Refleksda ishtirok etadigan 
neyronlarni qaerda joylashganligi bo‘yicha: spinal reflekslar – neyronlar orqa 
miyada joylashgan, bulbar reflekslar – albatta uzunchoq miya neyronlari ishtirokida 
amalga oshadigan reflekslar, mezensefal reflekslar – o‘rta miya neyronlari 
ishtirokida amalga oshadigan reflekslar, diensefal reflekslar - oraliq miya neyronlari
ishtirok etadi, kortikal reflekslar – bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i 
neyronlari ishtirokida amalga oshadigan reflekslar. Shuni aytish lozimki, markaziy 


nerv tizimining yuqori bo‘limlarida joylashgan neyronlar ishtirokida amalga 
oshadigan reflekslarda har doim quyi bo‘limlar – oraliq, o‘rta, uzunchoq va orqa 
miyada joylashgan neyronlar ham ishtirok etadi. Boshqa tomondan esa, oraliq, 
o‘rta, uzunchoq va orqa miya bilan amalga oshadigan reflekslarda nerv impulslari 
MATning yuqori bo‘limlariga yetib boradi. Shunday qilib, ushbu klassifikatsiya 
qandaydir darajada shartli hisoblanadi. 4. Refleksda qaysi a’zo ishtirok etishiga 
qarab qaytariladigan javob reaksiyasiga ko‘ra: motor, yoki harakat reflekslari – 
ishchi a’zo bo‘lib mushaklar hizmat qiladi; sekretor reflekslar – bez sekresiyasi bilan 
tugaydigan; tomirlarni harakatlantiruvchi reflekslar – qon tomirlarini torayishi yoki 
kengayishi bilan kechadigan reflekslar. Butun organizmning barcha reflektor aktlari 
shartsiz va shartli reflekslarga bo‘linadi, ularning o‘rtasidagi tafovut quyida ko‘zdan 
kechiriladi. Laboratoriya sharoitida hayvonlar ustida yoki klinikada odam nerv 
tizimining kasalliklarida hammadan ko‘p tekshiriladigan bir qadar oddiy 
reflekslardan ba’zilariga quyidagilar misol bo‘la oladi. Baqaning oyoq terisiga igna 
sanchilsa yoki baqa oyog‘i kuchsiz kislota eritmasiga botirilsa, o‘sha oyoq 
mushaklari refleks yo‘li bilan qisqaradi - baqa oyog‘i bukilib, ta’sirotdan 
uzoqlashadi. Bu bukish refleksidir. Baqa tanasining yon terisiga bir parcha filtr 
qog‘ozini kislotaga ho‘llab bosilsa, o‘sha tomondagi oyoqni yaqinlashtiruvchi 
mushaklar qisqaradi, baqa ta’sirlangan joyini artadi va qog‘ozni uloqtirib yuboradi. 
Bu refleks artish refleksi deb ataladi. Itning oyoq terisiga elektr toki bilan ta’sir 
etilganda ham refleks yo‘li bilan bukish harakati yuzaga chiqadi. Yon terisini artish 
qashinish refleksining ta’sirlovchisi hisoblanadi, ta’sirlanayotgan tomondagi 
keyingi oyoq tananing yon yuzasiga tortiladi va qashinishning ritmik bukish 
harakatlari ro‘y beradi. Odam oyoq kaftining terisiga ta’sir etilganda oyoq panjasi 
va barmoqlari refleks yo‘li bilan bukiladi — oyoq kaftining refleksi. Sog‘lom 
bolalar hayotining dastlabki oylarida va katta yoshli kishilar markaziy nerv 
tizimining ba’zi kasalliklarida oyoq kaftining terisiga ta’sir etish natijasida bosh 
barmoq yoziladi va oyoqning boshqa barmoqlari yelpig‘ichga o‘xshash taralib 
ketadi — Babinskiy refleksi deb shuni aytiladi. Mushak payiga bolg‘acha bilan 
yengilgina urilganda mushakning cho‘zilishi uning reflektor qisqarishiga sabab 
bo‘ladi. Bu pay-mushak proprioretseptiv refleksidir. Jumdalan, tizza refleksi (son 
to‘rt boshli mushakining payiga tizza ko‘zining pastidan urilganda oyoqning 
tizzadan keskin yozilishi) va Axill refleksi (Axill payiga urilganda boldir 
mushagining keskin qisqarishi) shunday reflekslarga kiradi.
Emadigan bolaning labiga tEgish ritmik Emish harakatlarining kElib chiqishiga 
sabab bo‘ladi. Bu emish refleksidir. Halqumning orqa devoriga biron qattiq narsa 
bilan ta’sir etilganda odam refleks yo‘li bilan qusishi mumkin (qusish refleksi). 
Ko‘zning shox pardasiga biror narsa tekkanda ko‘z qovoqlari yumiladi (korneal 
refleks). Ko‘zga ravshan yorug‘lik tushganda ko‘z qorachiqlari torayadi (qorachiq 
refleksi). Yuqorida nomi aytilgan reflekslardan ba’zilari spinal reflekslardir, ya’ni 
ular yuzaga chiqishi uchun orqa miyani butun bo‘lishi kifoya. Baqa boshidan judo 
qilingach uning oyog‘ini bukish va yon terisini artish reflekslari shunday. Pay-
mushak reflekslari (tizza, Axill reflekslari va boshqalar), oyoq kafti refleksi, sut 
emizuvchi hayvonlar va odamning siydik chiqarish va defekatsiya reflekslari ham 
spinal reflekslardan hisoblanadi. Orqa miya bo‘yin yoki ko‘krak segmentlarining 


to‘g‘risidan ko‘ndalangiga qirqib qo‘yilganda ham bu reflekslarni kuzatish mumkin. 
Emish refleksi bilan korneal refleks bulbar reflekslarga (ya’ni uzunchoq miya 
reflekslarining) misol bo‘ladi, qorachiq refleksi esa o‘rta miya neyronlarining 
muqarrar ishtirokida yuzaga chiqadigan mezensefal refleksga misol bo‘ladi.
Shartli va shartsiz reflekslarning tafovuti Shartsiz reflekslar — organizmning 
irsiyat yo‘li bilan o‘tadigan tug‘ma reaksiyalaridir. Shartli reflekslar — 
organizmning individual taraqqiyot jarayonida «turmush tajribasi» asosida kasb 
etadigan reaksiyalaridir. Shartsiz reflekslar turga taalluqli, ya’ni shu turning hamma 
vakillariga xosdir. Shartli reflekslar individual bo‘ladi: bir turning ba’zi vakillarida 
bo‘lishi, boshqalarida esa bo‘lmasligi mumkin. Shartsiz reflekslar birmuncha 
doimiy; shartli reflekslar esa doimiy bo‘lmay, muayyan sharoitga qarab hosil 
bo‘lishi, mustahkamlanishi yoki yo‘qolishi mumkin; ularning bu xossasi nomidan 
ham ko‘rinib turibdi. Shartsiz reflekslar muayyan bir retseptiv maydonga qo‘yilgan 
adekvat ta’sirlovchilarga javoban yuzaga chiqadi. Shartli reflekslar esa turli 
retseptiv maydonlarga qo‘yilgan turli-tuman ta’sirotlarga javoban yuzaga chiqa 
oladi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i juda rivojlangan hayvonlarda shartli reflekslar 
miya po‘stlog‘ining funksiyasi hisoblanadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i olib 
tashlangach shartli reflekslar yo‘qolib, faqat shartsiz reflekslar qoladi. Bundan 
anglashiladiki, shartli reflekslarga qaramaqarshi o‘laroq, shartsiz reflekslarning 
yuzaga chiqishida markaziy nerv tizimining quyi bo‘limlari — po‘stloq ostidagi 
yadrolar, miya stvoli va orqa miya yetakchi rol o‘ynaydi. Ammo, funksiyalar yuksak 
darajada kortikallashgan odam va maymunlarda ko‘pgina murakkab shartsiz 
reflekslar katta yarim sharlar po‘stlog‘ining muqarrar ishtirokida yuzaga chiqadi. 
Primatlarda katta yarim sharlar po‘stlog‘ining zararlanishi natijasida shartsiz 
reflekslarning
patologik ravishda buzilishi va ba’zilarining yo‘qolib ketishi shundan guvohlik 
beradi. Shartsiz reflekslarning hammasi ham darrov tug‘ilish paytigacha hozir 
bo‘lavermasligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ko‘pgina shartsiz reflekslar, masalan, 
lokomotsiya, jinsiy aktga taalluqli reflekslar odam va hayvon tug‘ilgandan keyin 
uzoq vaqt o‘tgach yuzaga chiqadi, lekin ular nerv tizimi normal taraqqiy 
etgandagina namoyon bo‘ladi. Shartsiz reflekslar filogenez jarayonida 
mustahkamlangan va irsiyat yo‘li bilan o‘tadigan reflektor reaksiyalar fondiga 
qo‘shiladi. Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida vujudga keladi. Shartli 
refleks hosil bo‘lishi uchun tashqi muhit yoki organizm ichki holatining biron 
o‘zgarishi katta yarim sharlar po‘stlog‘iga sezilib, biron shartsiz refleksning yuzaga 
chiqishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi kerak. Faqat shundagina tashqi muhit yoki 
organizmning ichki holatini o‘zgarishi, shartli refleksning ta’sirlovchisi — shartli 
ta’sirlovchi yoki signal bo‘lib qoladi. Shartsiz refleksga sabab bo‘luvchi ta’sirot — 
shartsiz ta’sirot shartli refleksning vujudga kelishida shartli ta’sirotga yo‘ldosh 
bo‘lishi, uni mustahkamlashi kerak. 

Download 208.76 Kb.




Download 208.76 Kb.
Pdf ko'rish