6-mavzu: yarimo‘tkazgichlarda kontakt hodisalari yarimo‘tkazgich diodlar. Diodlar




Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana21.10.2022
Hajmi0.78 Mb.
#27677
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
6-Ma\'ruza (El&Sxema1 Sirtki ta\'lim uchun)
2-lekciya, 14-leciya, 12-lekciya, 5-Ma\'ruza (El&Sxema1 Sirtki ta\'lim uchun), Abu Ali ibn Sino, Ижроия орган аъзолари руйхати, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати(1), 143994141, Ziyatov Ulug`bek 2003, ot kishnagan oqshom, 8-маъруза (1), ТАРИХ ФАНИ, O‘RQ-788 08.08.2022, Axborotni eng kichik o‘lchov birligi qaysi javobda to‘g‘ri beril


6-MAVZU: YARIMO‘TKAZGICHLARDA KONTAKT HODISALARI. 
YARIMO‘TKAZGICH DIODLAR. DIODLAR 
 
Yarim o‘tkazgichli asboblarning ko‘pchiligi bir jinsli bo‘lmagan yarim o‘tkazgichlardan 
tayyorlanadi. Xususiy holatda bir jinsli bo‘lmagan yarim o‘tkazgich bir sohasi p–turdagi, 
ikkinchisi esa – n turdagi monokristaldan tashkil topadi. 
Bunday bir jinsli bo‘lmagan yarim o‘tkazgichning p va n – sohalarning ajralish chegarasida 
hajmiy zaryad qatlami hosil bo‘ladi va bu sohalar chegarasidagi ichki elektr maydoni yuzaga 
keladi va bu qatlam elektron – kovak o‘tish yoki p-n o‘tish deb ataladi. Ko‘p sonli yarim 
o‘tkazgichli asboblar va integral mikrosxemalar ishlash prinsipining r-n o‘tish xossalariga 
asoslangan. 
P-n o‘tish o‘tish hosil bo‘lish mexanizmini ko‘rib chiqamiz. Soddalik uchun, n – sohadagi 
elektronlar va p – sohadagi kovaklar sonini teng olamiz. Bundan tashqari, har bir sohada uncha 
katta bo‘lmagan asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar miqdori mavjud. Xona temperaturasida r – 
turdagi yarim o‘tkazgichda akseptor manfiy ionlarining konsentratsiyasi Na kovaklar 
konsentratsiyasi rrga, n– turdagi yarim o‘tkazgichda donor musbat ionlarining konsentratsiyasi 
Nd elektronlar konsentratsiyasi nn ga teng bo‘ladi. Demak, p- va n – sohalar o‘rtasida elektronlar 
va kovaklar konsentratsiyasida sezilarli farq mavjudligi tufayli, bu sohalar birlashtirilganda 
elektronlarning p – sohaga, kovaklarning esa n – sohaga diffuziyasi boshlanadi. 
Diffuziya natijasida n– soha chegarasida elektronlar konsentratsiyasi musbat donor ionlari 
konsentratsiyasidan kam bo‘ladi va bu soha musbat zaryadlana boshlaydi. Bir vaqtning o‘zida р- 
soha chegarasidagi kovaklar konsentratsiyasi kamayib boradi va u akseptor kiritmasi bilan 
kompensatsiyalangan ion zaryadlari hisobiga manfiy zaryadlana boshlaydilar (6.1-rasm). Plyus va 
minusli aylanalar mos ravishda donor va akseptor ionlarini tasvirlaydi. 
Hosil bo‘lgan ikki hajmiy zaryad qatlami r-n o‘tish deb ataladi. Bu qatlam harakatchan 
zaryad tashuvchilar bilan kambag‘allashtirilgan. Shuning uchun uning solishtirma qarshiligi р- va
n – soha qarshiliklariga nisbatan juda katta. Ba’zi hollarda adabiyotlarda bu qatlam 

Download 0.78 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-mavzu: yarimo‘tkazgichlarda kontakt hodisalari yarimo‘tkazgich diodlar. Diodlar

Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish