6-sinf. Qadimgi Misr madaniyati




Download 16.64 Kb.
Sana22.07.2023
Hajmi16.64 Kb.
#77104
Bog'liq
6va8-sinf test


6-sinf. Qadimgi Misr madaniyati
Testlar
1. Misrda yozuvni nima deb atalganini aniqlang.
A) «muqaddas» B) hamma javoblar to’g’ri
C) «xudolar kalomi» D) «ilohiy bitiklar»
2. Misrliklar yozuvini yunonlar qanday ataganlar?
A) «mixxat» B) «piktografik»
C) «iyeroglif» D) «epigrafik»
3. «Ierogliflar» atamasi qanday ma’noni bildiradi?
A) «papirus kitob» B) «mixsimon yozuv»
C) «ilohiy kalom» D) «toshga chekilgan muqaddas bitik»
4. Qadimgi misrliklar alifbosi nechta ieroglifdan iborat bo’lgan?
A) 70 iyeroglifdan B) 24 iyeroglifdan
C) 750 iyeroglifdan D) 42 iyeroglifdan
5. Misr matnlarini o’qigan fransuz olimi kim edi?
A) Genrix Shlimann B) Ye.Dyubua
C) Fransua Shampolyon D) F.Bernye
6. Rozett bitigi orqali misr matnlarini o’qish qachon amalga oshirilgan?
A) 1822-yilda B) 1938-yilda
C) 1982-yilda D) 1882-yilda
7. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi qaysi muzeyda saqlanadi?
A) bu bitiktosh bugungi kungacha saqlanib qolinmagan. B) Londondagi Britaniya muzeyida
C) Qohiradagi Rozett muzeyida D) Parijdagi San’at muzeyida
8. Rozett bitiktoshi qaysi tillarda yozilgan edi?
A) misr va yunon tillarida B) elam va yunon tillarida
C) yunon va fors tillarida D) fors va bobil tillarida
9. Qadimda qaysi davlatda shaharlarda tabiblarga ta’lim beruvchi maxsus maktablar bo’lgan?
A) Misrda B) Finikiyada C) Hindistonda D) Bobilda
10. Misrda asosiy o’lchov birligi qanday atalgan?
A) «tirsak» B) «mino» C) «podsho tayog'i» D) «shaduf»
11. Misrda 52,5 sm ga teng bo’lgan yagona o’lchov qanday atalgan?
A) «tirsak» B) «mino» C) «podsho tirsagi» D) «qarich»
12. Misrda vaqt qanday o’lchangan?
A) kompas yordamida B) qum soatlari yordamida
C) quyosh soatlari yordamida D) suv soatlari yordamida
13. Misrda kimlarning asosiy vazifasi matnalarni yozish va o’qish bo’lgan?
A) kohinlarning B) mirzolarning C) fuqarolarning D) xattotlarning
14. Quyidagilardan Qadimgi Misrda yaratilmagan badia asarlani aniqlang.
A) «Sinuxet hikoyasi» B) «To’fon rivoyati» C) «Ikki aka-uka haqida ertak»
D) «O’lim shaxzodasi haqida ertak»

8-sinf. XVIII asr birinchi yarmida Buxoro xonligi


TEST SAVOLLARI
1. 1702-yilda Subxonqulixon vafotidan keyin taxtga kim o'tirdi?
A) Abdulmo'minxon B) Abulg'ozixon C) Abulfayzxon D) Ubaydullaxon II
2. 1702-1711-yillarda Buxoro xoni bo'lgan Ubaydullaxon IIning asosiy maqsadi nima edi?
A) mamlakatda siyosiy tarqoqlikga barham berish B) tashqi savdosni jonlantirish
C) mamlakat iqtisodiy hayotini yo'lga qo'yish D) mamlakatdagi qabila boshliqlarining o'zboshimchaligiga qarshi kurashish
3. Ubaydullaxon II ning otasi Subxonqulixon Balx shahrini kimga xizmatlari uchun tortiq qilgan edi?
A) Ibrohimbiyga B) Mahmudbiy qatag'onga C) Muhammad Hakimbiyga D) Muhammad hoji otaliqa
4. Qachon Balx hokimi Mahmudbiy qatag'on o'zini xon deb e'lon qilgan edi?
A) 1706-yilda B) 1708-yilda C) 1709-yilda D) 1707-yilda
5. Ubaydullaxon II tomonidan Balx shahri egallangan sanani aniqlang.
A) 1707-yilda B) 1709-yilda C) 1706-yilda D) 1708-yilda
6. Buxoro xonligi tarkibida bo'lgan Farg'ona vodiysida qachon ajralib chiqish harakatlari boshlanadi?
A) XVIII asr boshlarida B) XVII asr oxirlarida C) XVIII asr oxirlarida D) XVIII asr o'rtalarida
7. Ajralib chiqqan Farg'ona vodiysida dastlab hokimiyat kimlarning qo'liga o'tadi?
A) Chust yaqinidagi Chodak xo'jalariga B) yuz urug'idan bo'lgan Abdukarimbiyga
C) kenegas urug'idan bo'lgan Ibrohimbiyga D) ming urug'idan bo'lgan Shohruxbiyga
8. 1710-yilda mustaqil Qo'qon xonligiga asos solgan shaxsni aniqlang.
A) Shohruxbiy B) Abdukarimbiy C) Mahmudbiy D) Ibrohimbiy
9. 1711-1747-yillarda Ashtarxoniylar davlatini boshqargan shaxsni aniqlang.
A) Abdukarimbiy B) Ubaydullaxon III C) Abdulmo'minxon D) Abulfayzxon
10. Ashtarxoniylardan Abulfayzxon davrida katta lavozimga va obro'ga erishgan Muhammad Hakimbiy qaysi urug'dan bo'lgan?
A) yuz B) ming C) mang'it D) kenegas
11. Abulfayzxon davrida kim Buxoro xonligidan mustaqil Samarqand xonligini tuzishga qaror qilgan edi?
A) Javshon qalmoq B) Muhammad Hakimbiy C) Farhod otaliq D) Ibrohimbiy
12. Abulfayzxon hukmronligi davrida Shahrisabz hokimi bo'lgan Ibrohimbiy qaysi urug'dan bo'lgan?
A) ming B) yuz C) mang'it D) kenegas
13. Shahrisabz hokimi Ibrohimbiy kimlar bilan til biriktirib mustaqil Samarqand xonligini tashkil etishga bel bog'laydi?
A) Samarqand va Qarshi hokimlari B) Urgut va Miyonqol hokimlari C) Urgut va Balx hokimlari D) O'ratepa va Balx hokimlari
14. 1723-yilda Samarqandni egallangan Ibrohimbiy kimni Samarqand taxtiga kimni o’tqazdi?
A) kuyovi Rajab Sultonni B) Muhammad Hakimbiyni C) Abdulmo'minxonni D) o'zini
15. 1722-1731-yillarda mavjud bo'lgan Samarqand xonligining asoschisi Ibrohimbiy o'ziga qanday unvon oladi?
A) amir ul-umaro B) amir ul-mo'minin C) qo'shbegi D) devonbegi
16. Buxoro shahrini birinchi urinishda egallay olmagan Ibrohimbiy va Rajab Sulton kimlardan yordam so'raydilar?
A) qipchoqlardan B) boburiylardan C) safaviylardan D) qozoqlardan
17. Abulfayzxon o'z yaqinlarining talabi bilan kimni Buxorodan chiqarib yuborishga majbur bo'lgan edi?
A) Javshon qalmoqni B) Farhod otaliqni C) Ibrohimbiyni D) Muhammad Hakimbiyni
18. 1736-yilda Eron qo'shinlari kim boshchiligida Amudaryodan o'tib, Qarshini 15 kun qamal qilgan edilar?
A) Nazrulla B) Taxmasp C) Nodirshoh D) Rizoqul
19. Samarqandning Oqdaryo va Qoradaryo oralig'idagi hudud avval qanday nom bilan atalgan?
A) O'ratepa B) Xatirchi C) Xo'jand D) Miyonqol
20. Rizoqul qo'shinlariga qarshi kurashish uchun Buxoro xoni qaysi davlatdan yordam so'raydi?
A) Xivadan B) Hindistondan C) qozoqlardan D) Rossiyadan
21. Nechanchi yilda Buxoro xonligi Eronga qaram davlatga aylandi?
A) 1740-yilda B) 1743-yilda C) 1747-yilda D) 1736-yilda
Download 16.64 Kb.




Download 16.64 Kb.