6 sinf uchun ona tili III chorak




Download 38 Kb.
Sana29.05.2023
Hajmi38 Kb.
#66394
Bog'liq
6-sinf ona tili III chorak 2-test
5- E DAFTAR USTIGA TITUL, Sanoat korxonalarda inovatsiya, words

6 - sinf uchun ona tili
III chorak

1. Hisob so‘z qatnashgan gapni toping?


A. Dildora 1-sinfda o‘qiydi C. Onamga bir quchoq gul berdim
B. Maydonda yuzlab insonlar bor edi D. Men 2 ta kitob sotib oldim
2. Qadimda kishilarning ismiga “ibn” so‘zi qo‘shilgan va u qanday ma’noni anglatadi?
A. “falonchining o‘g‘li” B. “falonchining otasi”
C. “falonchining ukasi” D. “falonchining akasi”
3. Mustaqil so‘z turkumlari qatorini toping?
A. olmosh,fe’l, ko‘makchi, taqlid, modal C. ot,sifat,son,olmosh,fe’l,ravish
B. bog‘lovchi,ko‘makchi, yuklama D. undov, taqlid, modal so‘zlar
4. “Akkaunt” so‘zining ma’nosi berilgan qatorni toping?
A. Internet tarmog‘ida ishlash C. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvching hisobi
B. Montaj ustasi D. internet belgisi
5. “Smaylik” so‘zi o‘zbek tilida qanday ataladi?
A. kulgich B. kuldirgich C. his belgisi D. his-tuyg‘u
6. Tildagi so‘zlar lug‘ati qanday usulda boyib boradi?
A. Ichki va tashqi imkoniyat asosida C. Onlayn ta’lim olish asosida
B. Boshqa tillardan so‘z olish orqali D. Raqamli texnologiyalarni olib kelish asosida
7. Qaysi qatorda “og‘ir” so‘zi ko‘chma ma’noda kelgan?
A. Jamila og‘ir o‘yga toldi C. Do‘stim og‘ir yukni ko‘tara oladi
B. Nodir og‘ir toshni yo‘ldan olib tashladi D. Nozima o‘g‘ir eshikni ochib kirdi.
8. 1459-1465-yillarda qurilgan Topqopi saroyi qaysi shaharda qurilgan?
A. Istanbulda B. Qohira C. Anqara D. London
9. Qisqartmalar doim qanday yoziladi?
A) ajratib B) hammasi bosh harf bilan C) qo‘shib D) chiziqcha bilan
10. Qaysi qatorda faqat maydon hisob-o‘lchovini bildiruvchi so‘zlar berilgan?
A) Milligramm, sotix, millimeter B) kilogramm, gramm, kilometr
C) gektar, tonna, santimetr D) sentner, detsimetr, sotix
11. Qaysi qatorda tarixiy o‘lchov so‘zlari berilgan?
A) misqol, botmon, metr B) tanob, chaqirim, sotix
C) qadoq, qadam, detsimetr D) qadoq, pud, quloch
12. O‘zlashma qatlamga oid so`z berilgan qatorni belgilang.
A. quvonch, B. ikki, C. ko‘klam, D. planshet
13. Ko‘chma maʼnoda berilgan so`zni toping.
A. tilla uzuk, B. oltin boshoq, C. uzun soch D. baland bino
14. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Salomni tarqating, salomat bo‘lasiz dedilar. Gapning qolipini toping. A. M: “K”, — m. B. M: “K?” — m. C. M: “K!” — m. D. “K, — m, — k”.
15. Odam tanasining taxminan necha % i suvdan iborat.
A. 75 %, B. 50 %, C. 25 % D. 100 %
16. Internetdan foydalanish uchun ishlatiladigan dastur-?
A. akkaunt B. veb brauzer C. smartfon D. admin
17. Ko`ra boshlamoq – ko`makchi fe’lining yordamchi ma’nosini aniqlang.
A. harakatning boshlanishi, B. harakatning tugashi,
C. harakatning davomiyligi D. harakatning oson bajarilishi
18. Og`irlikni ifodalagan hisob so`z berilgan qatorni toping.
A. 1 litr sut, B. 2 kg guruch, C. 10 qadam yo`l D. qulochi uzun
19. Hadisdagi “Faqat ikki narsadan boshqada hasad yo‘q” jumlasi qanday maʼnoni anglatadi?
A. Ikki narsa, yaʼni ikki vaziyatdan boshqa holatlarda havas qilish bor.
B. Odamlar ikki narsaga hasad qilsa, bu hasad emas, balki havasdir. C. Hasad ikki turli bo‘ladi: yomon hasad va “havas qilish” maʼnosidagi hasad.
D. Ikki holatdan boshqa holatlarda hasad qilish mumkin.
20. Ulug‘bek rasadxonasi kim tomonidan qurilgan?
A. Amir Temur B. Mirzo Ulug`bek C. Alisher Navoiy D. Jaloliddin Manguberdi
21. -a, -y, (i) b bilan tugagan fe’llardan keyin kelib, o‘zinig mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan fe’llar qanday fe’llar hisoblanadi?
22. Nutqimizda boshqalarnig gapini aynan keltirish orqali qanday gap hosil bo‘ladi?
23. Ko‘makchi fe’llarga misollar keltiring.
24. SMS so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
25. Axir, hatto, faqat, ham, nahotki, xuddi, go‘yo, naq, bamisoli, hech, sira, na ... na so‘zlari qanday so‘z turkumlari sanaladi?
Download 38 Kb.




Download 38 Kb.