670
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy qadryitatlar ruhini singdirishning samarali
omillari.
Raximova Shohidaxon Adxamjon qizi
Namangan davlat universiteti
Peagogika nazariyasi va tarixi kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy qadriyat va urf - odatlar, o‘quvchilar ongida
urf - odat va milliy qadriyatlar tushunchasini shakllantirishning ahamiyati, xalq urf-odatlari
va an’analaridagi ma’naviy boylik, o‘quvchilarda o‘zaro hurmat, mehr oqibat, vatanga va
oilaga muhabbatni shakllantirishning ahamiyati va shu bilan
birga ajdodlarning hayotiy
tajribasini saqlab qolish imkoniyatlari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: milliy qadriyat, ma’naviy qadriyat, urf odatlar, ma’naviy boylik,
hurmat, mehr oqibat, vatanga va oilaga muhabbat, maqol, rivoyat, alla.
Jahonda xalqaro tashkilotlar hamda dunyoning aksariyat davlatlari tomonidan ta’lim
barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy kuch sifatida e’tirof etilib, 2030
yilgacha
belgilangan yangi ta’lim konsepsiyasida “o’qitish sifatini baholash jarayonini va
vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi
mexanizmlarini amaliyotga joriy etish” dolzarb vazifa etib belgilandi.
Ayniqsa milliy
qadriyatlar asosida ta’lim – tarbiya sifatini loyihalashtirish, o'quv dialogi asosida ta’lim
jarayonini individuallashtirish, hamkorlikda o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va
amaliyotga tatbiq etishning metodik tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlar globallashuv sharoitida ma’naviy
taraqqiyot
yo‘lida erishgan muhim yutuqlar qatorida o‘z madaniy merosini, ma’naviy va axloqiy
qadriyatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Ilg‘or oliy ta’lim
muassasalari tomonidan pedagoglarni tayorlash jarayonlarida milliy va umuminsoniy,
motivatsion-qadriyatli va faoliyatga aksiologik munosabatlarni tarkib toptirish masalasiga
671
jamiyatda qadriyatlar tizimini rivojlantirishning birlamchi vositasi sifatida qaralib, o‘quv
mazmunini mazkur munosabatlarga asoslanib shakllantirish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Milliy qadriyatlarni shakllantiradigan asosiy
mezonlar millatning tarixi, urf-odati,
an’anasi, hayotiy qadriyatlari bilan bir qatorda ma’naviy merosi, madaniy boyliklari va
ko‘hna tarixiy yodgorliklaridir. «Urf-odat - an’analar sifatida umumxalq tomonidan qabul
qilingan tartib-qoida;
rasm-rusum, tamoyil»lar jamiyat hayotining barcha sohalarini
qamrab olgan bo'lib, ularda o‘z ifodasini topadi. An’analar - qadimdan insoniyat hayoti,
turmushi, mehnati, ibratli hayot saboqlari bo‘lib, avloddan-avlodga meros bo‘lib
qoladigan, barcha tadbirlarda namoyon bo‘ladigan ijtimoiy faoliyat mahsuli xisoblanadi.
Marosimlar esa an’analar va urf-odatlarning amaliy ko‘rinishidir. An’analar va urf-odatlar
milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy - siyosiy va diniy bo‘lib, milliy qadriyatlarning ajralmas
qismidir. Chunki har qanday urf-odat, udum, rasm-rusum, marosim va an’analar milliy
qadriyatlar negizida shakllanadi va milliy vijdon, milliy ruh, milliy xulq,
milliy odob -
axloq mevasi sifatida uni yaratgan zukko xalq tarbiyasining asosini tashkil etadi. Jamiyatni
boshqarishning ma’naviy omili sifatida yoshlar qalbida mehrmuhabbatli bo‘lish, oila va
Vatanni sevish, ajdodlar merosidan bahra olish va hayotni qadrlash kabi tuyg‘ularni
shakllantiradi. Milliy qadriyatlar har bir xalqning oltin merosi hisoblanadi. O‘zbekiston
davlat sifatida o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so'ng Qurbon va Ro‘za hayitlari,
"Navro‘z", "Mehrjon" kabi xalqona qadriyatlar tiklandi. Shuningdek, Mustaqillik bayrami,
Konstitutsiya kuni, Xotira va qadrlash kuni, O‘zbek tili bayrami kabilar istiqlol davrining
an’anaviy qadriyatlariga aylandi.
Allomaning fikricha, «Kimki Navro‘z kuni bayram qilib quvonsa,
keyingi
Navro‘zgacha shodu - xurramda bo‘ladi va farog‘atda yashaydi» Umuminsoniy qadriyat
darajasiga ko‘tarilgan Navro‘z bayramida muhtojlarga yordam ko‘rsatish, bemor va yetim-
yesirlardan mehrmuruvvatni ayamaslik, keksalarni ziyorat qilib, o‘tganlarni xotirlash
o‘zbekona urfodatlarning muhim qismi xisoblanadi. Ma’lumki, BMT qaroriga ko‘ra,
Navro‘z har yili xalqaro miqyosda keng nishonlanadi. Bu bayram o‘z
mohiyati, qadr-
qimmati, ijtimoiymadaniy ahamiyati, odamlarda ezgu tuyg‘ularni uyg‘ota olishi bilan
muqaddas bayramdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, «Hammamiz