670 Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy qadryitatlar ruhini singdirishning samarali omillari




Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.08.2022
Hajmi0.66 Mb.
#25084
1   2   3
Bog'liq
boshlang-ich-sinf-o-quvchilariga-milliy-qadryitatlar-ruhini-singdirishning-samarali-omillari
5A340206 Unikal binolarni loyihalash
672 
yaxshi bilamiz, Navro‘z tinchlikni, sihat-salomatlikni qadrlab, asrab-avaylab yashashga 
da’vat etadi. Tinchlik va sog‘liqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erishamiz».
Yoshlar tarbiyasida, maxalla asosiy yetakchi o’rinda turib u milliy g’oyani keng 
targ’ibot qilib turadi. Shu bois bugungi kunda ijtimoiy tafakkuri yetuk, yuksak 
umuminsoniy qadriyatlar bilan qurollangan, ma’naviy boy, axloqan komol topgan 
intelektual salohiyati, yuqori bilimli, har tomonlama tarbiyalanishi, sog’lom avlodni 
tarbiyalash borasida bir qator ishlar amalga oshirilayapti. 
Ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o`sishidan, xalqning 
ma’navi ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblashimiz mumkin.
Ma’naviy qadiriyatlarga, ularning bugungi kundagi o’rni va ahamiyatga e’tibor qaratish 
yosh avlodning tarbiyasida muhim o`rin egallaydi.
Milliy qadriyatlarimiz hisoblanmish falklor o`tmishning aks-sadosi bo’libgina qolmay, 
balki hozirgi davrning yangiroq ovozi hamdir. Darhaqiqat, xalq og`zaki ijodi o`zining 
sermazmunligi sodda va ayni chog`da go`zalligi bilan ijtimoiy turmushimizga ham katta 
ta’sir ko`rsatmoqda. Asrlar davomida bola tarbiyasida folklor o`ziga xos ahamiyat kasb 
etib kelmoqda. Bolalar tarbiyasining to’g’ri ona allasi, ertaklar, rivoyat, maqol, 
topishmoqdan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bizga ma’lumki milliy 
qadriyatlar ona allasidan boshlanadi. Alla onaning orzu – umidlari, quvonch - istaklarini 
o’zida doimo mujassamlashtirib turadi.
Alla aytay jonim bolam
Shirin allam tinglab asta
Quloq solgin alla
Orom olgin alla. 
Milliy ruhini shakllantirishda ona allasi bilan ertaklaru rivoyatlarning o’rni buyuk 
ekanligini tasdiqlovchi yuzlab ertaklar, afsonayu rivoyatlar to’qilgan. Chaqaloqligida ona 
allasini eshitmagan, kichik yoshda ertak tinglamagan bolalar katta bo’lganlarida ularda 
milliylik oz bo’lishini azaldan xalqimiz sezgan. Bolalar dastlab dunyoni alla va ertak orqali 
anglaydi ertak xalq og’zaki asarlari bolani o’zi yashab turgan tor havlidan keng dunyoga 
olib chiqadi. Devlarni mardona yenggan qahramonlar, ko’p boshli ajdahoni o’ldirgan 


673 
pahlovonlaru turli yovuz kuchlarni mahv qilib, sehirgar va jodugorlarni bandi qilgan 
qo’rqmas, devkor yigitlar bilan tanishtiradi. Ko’rinadiki, alla, ertak, rivoyat, maqol, 
topishmoqlarimiz ming yillar davomida muallimu mudaris bo’lib, kattayu kichikka bir 
xilda ta’lim va tarbiya berib kelgan. 
Non isi (Rivoyat) 
Bir kuni Husayin bayqaro: dunyodagi eng xushbo’y narsani keltiring, - deb qolibdi. Unga 
quchoq-quchoq gul keltirishibdi. Sulton: yo’q, - debdi.
Vazirlar nima qilishni bilmay, o’ylayverib boshlari qotibdi. Oxiri topolmasdan Alisher 
Navoiyga murojat qilishibdi. Navoiy bir savat non bilan saroyga yetib boribdi. Bir zumda 
saroyni non isi tutibdi.
- Rahmat, do’stim, - debdi Husayin Bayqaro noni ko’rib, - yangi yopilgan non isini 
istayotgan edim, topib kelibsiz.
Maqol 
1.Yaxshilik qilsang – yaxshilik ko’rasan. 2.Halol mehnat – yaxshi odat, 
Berar senga saodat. 
3.Hunarli kishi xor bo’lmas. 
4.Vatani borning baxti bor. 
Ular ajdodlarimizning orzu-armonlarini, pandu nasihatlarini o’zida jamlab, bebaho 
qomusga aylangan. Shu narsa diqqatga sazovorki, bir tomondan u yoki bu janr orqali 
xalqimizning bola tarbiyasi borasidagi qarashlari, tarbiyaning turli-tuman tomonlari – 
jismoni, aqliy kamolot, axloqiy sifat, estetik did, maktablarda aks ettirilsa, boshqa 
tomondan yana o’sha janrda tarbi tarkibini oshirish yo’l – yo’riqlari va vositalarining ham 
ko’rsatilishidir. Bu xalqimizning qadim zamonlarda o’ziga xos milliy tarbiya tizimiga ega 
ekanligidan darak beradi. Har bir oilada, har bir xonadonda, har bir qavmda ota – ona, 
buvi-bobolar; allachi-yu, ertakchilar tarbiyada asosiy vosita hisoblangan. Xalq og’zaki 
ijodi – alla, qo’shiq, topishmoq, maqol, ertak aytgan. Xalq jamiki moddiy boyliklarni 
yaratuvchi kuchgina bo’lib qolmay, u ma’naviy boyliklarning ham birdan – bir yagona va 
bitmas tuganmas manbaidir. Xalq o’z ijodining go’zalligi va genialligi jihatidan birinchi 


674 
faylasuf hamda shoir bo’lib, u yer yuzidagi barcha alla, topishmoq, maqol, ertak, 
dostonlarning, shulardan yeng ulug’i jaxon madaniyati tarixining yaratuvchisidir. Ana shu 
yaratuvchining o’zi tarbiyali bo’lmog’i kerak. Tabiatning noyob in’om-ehsoni bo’lgan 
hayotni odam bolasiga buyuk zotlar – ota-ona baxshida yetadi. Har bir o’g’il va qiz yoshlik 
chog’idanoq oila a’zolari, qarindosh – urug’lari, qo’ni-qo’shnilari va o’z yaqinlariga 
yaxshilik qilishga intiladigan, ularga quvonch baxsh yetadigan inson qadr-qimmatini 
yuqori ko’rsatadigan sifatlarga yega bo’lishi ota-onalarining ularga bergan ta’lim – 
tarbiyasiga bog’liq. Bolalar yoshligida taqlidchan bo’lgani sababli ota-ona xarakteridan 
iborat bo’ladi. Bu g’oyani ming bor sinovdan o’tkazgan mehnatkash xalq o’z farzandlari 
aql-idrokli, faxim – farosatli, tadbirkor, jismoniy sog’lom, baquvvat, folklor vositasidan 
foydalani, chidamli, qo’rqmas va botir, mehnat sevar, mohir hunarmand, ma’naviy pok, 
chinakkam vatanparva, estetik didli kishilar qilib tarbiyalab kelgan. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy-ma’naviy qadriyatlarni o’rgatishda 
bolalarning aqli, idroki, tarbiyalanganlik darajasi, dunyoqarashi va boshqa qator omillarni 
hisobga olish zarur. Chunki shunday omillarga qarab o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida 
u yoki bu manbaga murojat qiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
Milliy qadriyatlar an’analari, jumladan uning ajralmas qismi-og’zaki ijod
namunalaridagi odob-axloq, ta’lim-tarbiya borasidagi pandnomalar bag’oyat hayotiy, 
xalqchil va ibratlidir. Хususan an’anaviy xalq dostonlari va ertaklari, qo’shiqlar va
maqollar-odobnoma darslari ekanligini, milliy va ma’naviy tadbirlarimizni
unutmasligimiz kerak.
Хulosa tariqasida shuni alohida ta’kidlab o’tishni istar edikki, Boshlang’ich sinf 
o’quvchilariga milliy qadryitatlar ruhini singdirish, inson ma’naviy ustivorligi, iymon-
e’tiqodining butunligi, vatanparvarlik, do’st-birodarlik, yaxshilik, ezgulik, ahillik, qadr-
qimmati va sha’nini ulug’lovchi sahifalari rang-barangdir. Bu sahifalarning har biri
Odobnoma, Ibratnoma deb baholanishga tamomila haqlidir.

Download 0.66 Mb.
1   2   3




Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



670 Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy qadryitatlar ruhini singdirishning samarali omillari

Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish