II. BOB. MASHINA BILAN ISHLAGANDA XAFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI




Download 2.41 Mb.
bet14/50
Sana13.04.2021
Hajmi2.41 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
II. BOB. MASHINA BILAN ISHLAGANDA XAFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI.

TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARINI UMUMIY TUSHUNTIRISH
Xavfsizlik texnikasi mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora tadbirlar sistemasidan iborat.

Tikuvchilik darslaridan mashinalar, dazmollar va qo’l asboblarini ishlayotganda qo’lga igna kirib ketishi, qo’lni nimadir kesib olishi mumkin, mashinalarni aylanib turadigan qisimlari kiyim yoki sochni o’rab ketishi, dazmolda biror joy Ko’yib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib ko’zga tegishi va hokazo natijasida inson jarohatlanib qolishi mumkin.

Xavfsizlik texnikasi qoidalari shunday noxushliklar yoki hodisalarni oldini olishga xizmat qiladi. Tikuvchilikda talabalar uchun bu qoidalar asosan ikki guruhga bo’linadi:


  1. Qo’l va mashina operatsiyalarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak:

  • mashinalar, asbob va moslamalarning ishga yaroqligi tekshirib turiladi. Ish boshlashdan oldin ish o’rni saranjomlanib olinadi, mashinada barmoqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich,yuritgich tasma to’sig’i, mashinani ishga tushirish joylarida izolyatsiya giloflari bor – yo’qligini tekshiriladi va hoqazo;

  • elektr simlariga ip , latta,simchalar osmaslik lozim, aks holda qisqa to’tashuv yo’z berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektro-montyorga xabar berish ,ochilib qolgan simlarga qo’l tekkizmaslik kerak;

  • narsalarni ishlayotgan mashina ustidan o’zatish mumkin emas;

  • elektr dvigatelni o’chirmasdan mashinaga moy surish , uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi.

  • Ish o’rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo’ymaslik kerak;

  • Ish o’rinlari orasidagi yo’lni to’smaslik kerak.

2. Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilish kerak.

-elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shunur izolyatsiyasi tekshirilib ko’rilishi lozim;

- dazhmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning toq o’tkazuvchi qismlariga qo’l tekkizish mumkin emas;

- dazmolning to’g’ligiga ahamiyat berish zarur;

- ishlayotganda shunur dazmolga tegib turmasligi zarur;

- dazmolning o’ta qizib ketishiga yo’l qo’ymaslik lozim;



- dazmol, shtebsel rizetkasi,vilka bo’zuq bo’lsa, ishni to’xtatib, elektromontyorni chaqirish kerak.



Download 2.41 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Download 2.41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. BOB. MASHINA BILAN ISHLAGANDA XAFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

Download 2.41 Mb.